O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə94/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

1-variant. Sug’urtalovchilarning fikricha, davomiyligi 8 kun, narxi 200
dollargacha bo’lgan safarlar eng ma’qul hisoblanadi. Sug’urta badali narxi esa eng
kam darajada: 1 kishi - $ 19, 2 kishi - $ 38, 3 kishi - $ 57. bu narxlar davomiyligi 8
kun bo’lgan safarlarga amal qiladi. 8 kundan ziyodiga yana har bir sayohat kuni
uchun qo’shimcha $ 3 dan to’lanadi. Bu variant quyidagi hollarda sug’urta qoplamasi
imkonini beradi: sayohatdan voz kechilganda, ijaraga olingan mashinani
ta’mirlaganda, a’zolar zararlanganda va o’lim hollarida. Turistni aybsiz sayohat
kechiktirilsa va bagaj ushlanib qolsa – eng past narxlarda to’lanadi.
2-variant. Qiymati 400 dollar, davomiyligi 13 kun bo’lgan safar turistlar uchun
ma’qul keladi. Sug’urta badali bahosi: 1 kishiga – 39 dollar, 2 kishiga – 78 dollar, 3
kishiga – 117 dollar. Agar sayohat 15 kundan oshsa, yana har bir kunga qo’shimcha 3
dollardan to’lanadi. Bu variant katta miqdorda sug’urta to’lovini kafolatlaydi.
3-variant. Sayohat va kema turizmi, qiymati 400 dollardan ziyod. Badal
summasi sayohat umumiy narxidan 8 % hisoblanadi. Bu variantda 1 va 2 variantlarda
ko’rsatilgan hamma hollarga qo’shimcha ravishda eng yuqori sug’urta to’lovi ko’zda
tutilgan: turistik kompaniya va aviayo’nalish (safarlarni bajarilmagani bo’yicha)
bankrotga uchraganda, sayohatda tibbiy yordam va shifoxonaga yotqizilganda, bagaj,
hujjatlar yo’qolganda, avia tez tibbiy yordamda. Kredit kartochkasi o’z moliyaviy
faoliyatini kengaytirgan holda sayohat sug’urtasini ham qo’shib oladi. “Ameriken
ekspress”, “Viza”, “Dayners”, “Yevrokard/master kard” kartochkalari ana shunda
sug’urta taqdim etadilar.
Ameriken ekspress ikki kartochka: “Yashil” va “Oltin” taklif qiladi.
Yashil” kartochka agar yo’l bileti kartochka bo’yicha sotib olingan bo’lsa,
nogironlik yoki o’lim hollarida 1 mln fransuz franki (FRF) summasi miqdorida
sug’urta to’laydi. Qo’shimcha ravishda tibbiy yordam ko’rsatishga ham
sug’urtalanish mumkin, bu sug’urta qiymati 450 FRF.
187



Oltin” kartochka sug’urtani 2 mln FRF ga baholaydi va fuqarolik


javobgarligini qo’shadi: sayohat kechikishi (samolyotlarni ushlanib qolishi, reyslarni
bekor qilinishi, tutashuv yo’qligi). Ushbu hollarda ma’naviy zarar yetkazilgani uchun
1 ming FRF to’lanadi. Bagaj (kartochka bo’yicha xarid qilish shaklida 5 ming FRF
to’lanadi), tibbiy va texnik yordam (vataniga olib borib qo’yish taklif qilinadi, chet
elda barcha tibbiy xarajatlar 25 ming FRF miqdorida qoplanadi), yuridik yordam,
jinoiy garov.
Dayners” ham “Ameriken ekspress”oltin kartochkasi singari sayohatni 2 mln
FRF ga sug’urtalaydi va o’sha xizmatlar turlarini taklif qiladi, ammo chet eldagi
tibbiy yordamni 50 ming FRF ga baholaydi. Bagaj ham suqurtalangan, ammo bir
shart bilan, uning uchun javobgarlikni aviakompaniya zimmasiga oladi. Bekor
qilinish bo’yicha sug’urta yo’q va sayohat uzilib qolganda ham yo’q. Sayohat
davomida sug’urtalangan bo’lish uchun transport bileti kartochka bo’yicha sotib
olinishi lozim.
Yevrokard/Masterkard”
kompaniyasi
ikki
kartochka:
“Yevrokard/Masterkard” va “Gold/mastergard”ni taklif qiladi. Birinchi kartochka
bo’yicha tibbiy yordam xarajatlari 70 ming FRF summasida baholanadi, sayohatda
barcha sug’urta 600 ming FRF summasida ko’zda tutilgan. Bekor qilinishi va sayohat
uzilib qolgani uchun sug’urtalash yo’q. “Gold/mastergard” kartochkasi mijoz chet
elda kasalxonaga yotqizilganida 1 mln FRF miqdorida, bagajni berishda ushlanib
qolgani uchun 1500-3500 FRF to’lanishini ta’minlaydi, agar yo’l bileti kartochka
bo’yicha sotib olingan bo’lsa, albatta.
Viza” 2 ta kartochka taklif qiladi: “Viza premyer” va “Zangori viza”
kartochkasi. Birinchisi mijozni 12 mln FRF ga sug’urtalaydi, chet eldagi tibbiy
xarajatlar uchun 20 ming FRF to’lanadi. Bekor qilinishlar va sayohat uzilib qolishlari
uchun yiliga odam boshiga 30 ming FRF to’lanadi.
“Zangori viza” kartochkasi barcha kapital sug’urta summasini 300 ming FRF
ga baholaydi. Chet eldagi tibbiy xarajatlar uchun 15-30 ming FRF to’lanadi.
Sug’urtani olish uchun “Viza” kartochkasi bo’yicha transport biletini sotib olish
188



kerak, “Viza premyer” kartochkasi bo’yicha esa joylashish ham kartochka bo’yicha


to’langan bo’lishi lozim.
Turlarni sotar ekan, turagent turistlarga sayohatni sug’urtalash kafolati keng
imkoniyatlar yaratishini faol targ’ib etadi. Bu turistni sayohat xavfsizligiga ishonchini
orttiradi, sotib olgan turiga hyech qanday shubha qoldirmaydi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin