O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


 Sug’urtadan foydalanish qoidalari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə95/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

12.3. Sug’urtadan foydalanish qoidalari
Xavfsizlik qoidalari mamlakatdan tashqariga jo’nab ketayotgan turistlardan
sug’urtadan oqilona foydalanishni bilishini talab qiladi. Turfirmalardan sug’urta
polisi blankasini to’ldirib olgan ularning ko’pchiligi o’zlarini xotirjam his qiladilar.
Vaholanki, bezovta bo’lishga sabab bor. Birinchidan, turist kasal bo’lib qolganda
sug’urta rasmiylashtirilayotganda aytilgan hamma xizmat ham ko’rsatilmaydi.
Ikkinchidan, ko’pchilik fuqarolar chet elda kasal bo’lib qolishganida o’zlarini qanday
tutishni bilishmaydi: qayerga yugirish, qayerga qo’ng’iroq qilish, qanday chora
ko’rish kerak. Bunday ko’ngilsiz vaziyatlar, mushkul muammolardan o’zini saqlash
uchun bir qator xavfsizlik qoidalari mavjud.
Biirnchi qoida. Turist oldindan sug’urta polisidan qanday naf ko’rishi
mumkinligini bilib qo’yishi kerak.
Bu qoida universal bo’lib, turistga qanday hajmda tibbiy xizmat olishga haqi
borligini aniqlash imkonini beradi. Faqat bu ma’lumotni xorijga jo’nab ketguncha
aniqlash kerak. Odatda, sug’urta xizmatlar paketiga kiradi, qaysikim turfirma
qo’shimcha haq olib taklif qiladi. Safar kalkulyasiyasida tibbiy sug’urta o’rtacha 2
%dan 6 %gachani tashkil etadi. Agar Misrga bir haftalik safar uchun 700 dollar
olinsa, sug’urtaga taxminan $ 10-15 ketadi. AQShga safar uchun turist 2,0 ming
dollar to’lasa, bilishi kerak, 40 dollarini u sug’urta uchun to’layapti. Bunda hisobga
olish kerak, tibbiy sug’urtada faqat tibbiy xizmatlarning o’zigina ko’zda tutilgan:
davolash, qarash, dori-darmonlar. $10-15 badal to’langanda tabiiyki, ushbu sug’urta
ma’naviy zarar kompensasiyasiga huquq bermaydi.
189



Agar turist bu masalada maxsus kelishib $30-40 va ziyodroq to’lagan bo’lsa,


boshqa gap. Bu holda, masalan, agar turistni motosikl urib ketsa, ishonaverish kerak,
u nafaqat shifoxonaga yotqizilgani uchun, balki dam olishi barbod bo’lgani uchun
ham $5 ming dan $100,0 mingacha qoplama olishi mumkin.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin