O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Qadimgi Sharqda falsafaning vujudga kelishi



Yüklə 419,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/45
tarix15.11.2022
ölçüsü419,42 Kb.
#119476
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
35) 5А120501 – Falsafa (sohalar boʼyicha)

Qadimgi Sharqda falsafaning vujudga kelishi 
Qadimgi Misr va Bobilda dunyo haqida dastlabki ilmiy tasavvurlar va ilk 
falsafaning paydo boʼlishi Мisr va Bobil koʼhna sivilizatsiyalarining paydo 
boʼlishi, ulardagi maʼnaviy ravnaq. Ilk dunyoqarashning shakllanishi, uning 


sotsioantropomorfik va sinkretik tabiati, unda badiiy, mifologik, diniy va ilmiy 
tasavurlarning oʼzaro munosabati. Old falsafaning sotsioantropomorfik 
dunyoqarash, ilmiy bilim kurtaklari va u bilan bogʼliq mantiqiy tafakkurning 
zidiyatli birligi sifatida vujudga kelishi.
Dunyoviy ilm kurtaklarining vujudga kelishi, uning borliq va inson 
toʼgʼrisidagi tasavvurlarning paydo boʼlishidagi ahamiyati. “Аrfist qoʼshigʼi”ning 
yaratilishi, unda hayot va oxirat masalalarining qoʼyilishi. Qadimgi Misr 
mifologiyasi, undagi old falsafa elementlari. 
Shumer mifologiyasi, uning dunyoqarash mazmuni. Аkkad-Bobil 
mifologiyasidagi old falsafa elementlari. Gilʼgamesh eposi, unda hayot va oʼlim 
masalasining muhokama etilishi. 
Qadimgi Misr va Bobildagi ilmiy bilim kurtaklari va mifologiyaning 
Qadimgi grek falsafasining shakllanishiga taʼsiri.
Qadimgi Hindistonda falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi. 
Qadimgi hind jamiyati iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining hususiyatlari, 
ularning Hindistonda old falsafa va falsafaning shakllanishiga taʼsiri. Hind 
falsafasining Gʼarb falsafasidan farqli jihatlari.
Vedalar, ularda badiiy-mifologik dunyoqarashning ifodalanishi. Vedalarga 
munosabat: astika va nastika. Vedalar eng qadimgi ariylik ifodasidir. 
Upanishadlardagi old falsafa, uning asosiy tushunchalari: braxman, atman, karma, 
sansara moksha va boshqalar. Upanishadlar veda dunyoqarashining tanqidiy 
jihatidan idrok etilishidir. Tugʼilish va oʼlimning adabiy “almashinuvi” gʼoyasi 
upanishadlarning markaziy mavzui sifatida. Hind falsafasida Reinkarnatsiya 
toʼgʼrisidagi taʼlimot va uning Gʼarbdagi talqinlari. Nitsshening Hind falsafasi 
toʼgʼrisidagi fikrlari. Braxmanizmning shakllanishi va mohiyati.
Hind tafakkurida epik davr. Maxobxarot, uning falsafiy-mifologik 
mazmuni. Buddizm diniy-falsafiy taʼlimot sifatida. Budda taʼlimotining “toʼrtta 
yaxshi haqiqat” deb nomlangan asosiy qoidalari. Buddizmda “oʼzlik” masalasi. 
Jaynizm, undagi atomistik qarashlar.
Qadimgi hind falsafiy maktablarining vujudga kelishi. Chorvoq falsafiy 
taʼlimoti. Sankxьya, undagi prakriti (materiya) va purusha (ruh) dualizmi. Yoga va 
yoginlar. “Bxagavadgita”dagi yogin obrazi. Haqiqiy tushunish, xohish va norozilik 
(nafrat) bilan malollikka uchramagan hatti-harakatlar uchun asos hisoblanadi 
gʼoyasi “Bxagavadgita”ning fundamental gʼoyasi ekanligi. Vaysheshika, unda 
borliq va noborliq masalalarining qoʼyilishi. Nьyayada bilish masalalari. Mimansa 
va vedanta taʼlimotlari. Qadimgi hind falsafasining falsafiy fikr rivojida tutgan 
oʼrni. 

Yüklə 419,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin