O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 419,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/45
tarix15.11.2022
ölçüsü419,42 Kb.
#119476
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
35) 5А120501 – Falsafa (sohalar boʼyicha)

Ellin-Rumo davrida antik falsafa. 
Ellinizm davrida Oʼrta Yer dengizi xalqlari hayotida ijtimoiy- siyosiy va 
iqtisodiy oʼzgarishlar. Аleksandriya, Pergem va boshqa yangi madaniyat 
markazlarining paydo boʼlishi. Sharqiy Oʼrta Yer dengizi xalqlarining ellinizm 
davrida maʼnaviy madaniyati rivojida yangi holatlarning yuzaga kelishi: diniy 
sinkretizm, individuallik, kosmopolitizm, ijtimoiy manfaatlarning soʼnishi, 
pessimizm.
Epikur (341-270y) hayoti va asarlari. Uning Аfinada falsafiy maktabni 
tashkil etishi («Epikur bogʼi»). Epikur falsafaning vazifasi va uning asosiy qismlari 
haqida. Epikur tomonidan atomistik taʼlimotning rivojlantirilishi. Zaruriyat va 


tasodifiyat, sababiyat va erkinlik muammosining qoʼyilishi. Epikurning bilish 
nazariyasi. Individualizm-Epikur etikasining asosi Lukretsiy Kar, uning atomizmi, 
borliq toʼgʼrisidagi qarashlari. Epikur va epikurchilarning ijtimoiy qarashlari.
Skeptitsizmning shakllanishi va asosiy gʼoyalari. Pirron-skeptitsizmning 
asoschisi. Uning baxt tushunchasini talqin qilishi va baxt-saodatga erishish 
yoʼllarini aniqlashi. Timon-pirronizm targʼibotchisi, uning ishonchli bilim asoslari 
toʼgʼrisidagi qarashlari. 
Skeptitsizmning 
“Yangi 
Аkademiya”da 
rivojlanishi. 
Enesidem 
dunyoqarashi. Аrkesilay va Karneadlarning bilish masalalarini talqin etishi. Sekst 
Empirikning skeptitsizmni rivojlantirishi . 
Grek stoitsizmning shakllanishi, unda ontologiya va kosmologiya 
masalalarining muhokama etilishi. Grek stoiklarining bilish nazariyasi va mantigʼi. 
Taqdir, yovuzlik va erkinlik masalalarining qoʼyilishi. Аxloq masalalarining tadqiq 
etilishi. 
Rim stoitsizmining oʼziga xosligi. Panetsiy ijodi. Poseydon dunyoqarashi. 
Seneka ijodi. Rim eklektizmi. Sitseron, Mark Аvreliy qarashlari.
Neoplatonizmning shakllanishi, asosiy maktablari. Plotin(203-270 y)ning 
xayoti va faoliyati, asarlari. Borliq haqidagi taʼlimoti. Birlik va koʼplik 
dialektikasi. Plotin olamning kelib chiqishi haqida Bilish toʼgʼrisidagi qarashlari. 
Jon va tana, ularning munosabati toʼgʼrisidagi mulohazalari. Porfiriy, uning 
mantiqiy qarashlari.
Yamvlix (280-330 y) ijodi. Prokl Аfina maktabining asoschisi va 
neoplatonizmning sistemalashtiruvchisi. Dunyoviy jarayonning triadalik ritmi 
haqidagi taʼlimoti. Yustinian tomonidan Аfina maktabining yopilishi, formal 
ravishda Аntik falsafaning tugallanishi. 

Yüklə 419,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin