O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-bob. Bolalarni qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarga qabul qilish



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/99
tarix20.09.2022
ölçüsü1,58 Mb.
#117883
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99
UMK ILK QADAM 19.01.2020

3-bob. Bolalarni qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarga qabul qilish 
9. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan qo‘shimcha xizmat 
ko‘rsatuvchi guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinishi 
mumkin. 
10. Farzandi qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarda tarbiyalanishini 
istagan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tegishli maktabgacha 
ta’lim tashkilotiga ariza bilan murojaat qiladi. 
11. Maktabgacha ta’lim tashkilotining direktori hamda bolaning ota-onasi 
yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan biri bilan shartnoma tuziladi. 
12. Qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarga bolani qabul qilish uchun 
tegishli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining buyrug‘i qabul qilinadi. 
Buyruqda bolaning F.I.O., tug‘ilgan yili, qabul qilinayotgan qo‘shimcha 
xizmat turi va guruhi ko‘rsatilishi lozim. 
13. Qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarda bolalarning soni 25 
nafardan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
14. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini ularning asosiy ish vaqtidan 
tashqari vaqtlarda kelishuv asosida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarga jalb 
qilish mumkin. 
15. Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan 
shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarning qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarda 
faoliyat yuritishi taqiqlanadi. 
4-bob. Yakuniy qoidalar 
16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik 
hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 
17. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan 
kelishilgan. 


121 
2018-yil 13-dekabr. Moliya vaziri D. KUCHKAROV 
Nazorat savollari: 
1.Davlat standarti qachon qabul qilingan. 
2. Davlat standarti nechta ilovaga muvofiq amalga oshiriladi. 
3. Davlat standartini 1-chi ilovasi nima haqida? 
4. Davlat standartini 2-chi ilovasi nima haqida? 
5. Davlat standartini 3-chi ilovasi nima haqida? 

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin