O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Falsafaning asosiy funksiyalari



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə12/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   250
majmua

Falsafaning asosiy funksiyalari. Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, muayyan tamoyillarni ta’riflar yoki gipotezalar, g‘oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni vaqtda (ba’zan, shu tariqa), har xil funksiyalarni bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bu funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi va xususiyati bilan belgilanadi.
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi insonning o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek, turli voqealar, hodisalarni va o‘z burchini qanday talqin qilishida namoyon bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, inson dunyoqarashida e’tiqodlar va bilimlar, tuyg‘ular va emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar chambarchas bog‘lanadi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasi tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish mumkin bo‘lmagan, ya’ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo‘lmagan narsalar va hodisalarni oqilona yo‘l bilan tushuntirishga harakat qilishdir. Falsafa u yoki bu mohiyati aniqlanmagan yoki kam o‘rganilgan hodisalarni tushuntirishga nisbatan o‘z yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bo‘lgan qondirilmagan qiziqish o‘rnini muayyan darajada to‘ldiradi, shu tariqa mifologik va diniy fantaziyalarga kamroq o‘rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan boshqa bir muhim vazifa «Haqiqat nima?» «Uning mezonlari qanday?» degan masalalar bilan bog‘liq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda haqiqatning tagiga etishga qarab mo‘ljal oladi, bu esa eng muhim masaladir.
Metodologik funksiyasi u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek, borliqni nazariy va amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi (bu tushuncha yunoncha «methodos» – «yo‘l»,«tadqiqot», «tekshirish» so‘zidan kelib chiqqan). Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o‘zi o‘rganayotgan predmetning tadqiqot yo‘lidir. Falsafaning integrativ funksiyasi real borliqning yangi ob’ektlari va hodisalari insonning nazariy tadqiqotlari sohasidan o‘rin olishi, shuningdek, ilgari ma’lum darajada anglab etilgan narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o‘rganish uchun birlashishga ehtiyoj.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin