O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə144/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   250
majmua

Sillogizm aksiomasi. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, ikki mushohada asosida sillogizm xulosasi hosil qilinadi. Shu o’rinda qanday qilib ikki fikr, ikki asosdan yangi fikr — xulosa hosil qilish mumkin? - degan savol paydo bo’lishi tabiiy. Ma’lumki, deduktsiya (ya’ni, fikrning umumiylikdan yakkalikka qarab borishi) olamdagi narsa va hodisalar orasida mavjud bo’lgan oddiy aloqa va munosabatlarga, asoslanadi. Bu aloqa va munosabatlar ichida jins va tur, umumiylik bilan yakkalik orasidagi munosabatlar alohida o’rin tutadi. Biz o’zimizni o’rab olgan ob’ektiv olamni o’rganar ekanmiz, undagi narsa va hodisalar umumiylikka egaligini; bu umumiylik alohida predmet va hodisalar tarzida namoyon bo’lishini ko’p bor kuzatganmiz va bunda umumga xos bo’lgan xususiyatlar alohidalikda ham namoyon bo’lishini anglaganmiz. Vaqt o’tishi bilan umumiylik va yakkalik, jins va tur orasidagi munosabatlarning ongimizda takror- takror aks etishi sillogizmning ichki qonuniyatini tushunishga imkon bergan. Sillogizmning mohiyatini ifodalaydigan bu qonuniyat mantiqda sillogizm aksiomasi deb yuritiladi. Sillogizm aksiomasida buyumlarga xos yakkalik, maxsuslik va umumiylik orasidagi munosabatlar


ifodalanadi. Unga ko’ra, sinfga, turkumga xos tasdiqlangan yoki inkor etilgan belgi, xususiyatlar shu turkumga kiruvchi har bir predmetga, har bir hodisaga xos bo’lib hisoblanadi.


Sillogizm aksiomasi deganda sillogizm xulosasining isbot, dalil talab qilmaydigan qoidasi nazarda tutiladi. Sillogizm aksiomasi uning terminlari R, M, S orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bunda R umumiylikni ifodalaydi, M uning belgisi. M R ga (ya’ni umumga) xos bo’lgani uchun ham u o’z navbatida alohidalik (S) ning ham belgisi bo’lib hisoblanadi.
Sillogizm aksiomasini quyidagi sxemada ifodalash mumkin:
Sxemaning o’qilish tartibi:
S M ning belgisi, M R ning belgisi.
Sillogizm aksiomasining 2 xil ifodasi mavjud:

  1. Belgining belgisi narsaning o’z belgisidir. Boshqacha qilib aytganda, jinsga mansub belgi turga ham xosdir.

  2. Belgining belgisi bo’lmagan narsa narsaning o’z belgisi emasdir. Ma’nosi: agar belgi turkumga xos bo’lmasa, narsaga ham xos emasdir. Bunday holatda sillogizm terminlari (R, M, S,) ni quyidagicha ifodalash mumkin:

R — jins M- tur
S — alohida predmet
Sillogizm vositasida chiqarilgan xulosalarning chinligini ta’minlash sillogizm qoidalariga rioya etishni talab qiladi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin