O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Epixeyrema – shunday murakkab qisqartma sillogizmki, uning asoslari entimemalardan iborat bo’ladi. Masalan



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə147/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   250
majmua

Epixeyrema – shunday murakkab qisqartma sillogizmki, uning asoslari entimemalardan iborat bo’ladi. Masalan:


Yolg’on nafratga loyiq, Chunki u axloqsizlik.
Yolg’ondaka maqtov - yolg’on, Chunki unda haqiqat buzib ko’rsatiladi.
Yolg’ondaka maqtov - nafratga loyiq
  1. Sorit - qisqartma sillogizmlar yig’indisi.


Uch - toq son
Hamma toq sonlar – natural son Hamma natural sonlar – ratsional sonlar.
Uch – ratsional son.
3. Induktiv xulosa chiqarish. Induktiv xulosa chiqarish jarayonida inson fikri yakkalikdan umumiylikka qarab boradi. Induktiv lotincha «induktiv» co’zidan olingan bo’lib, «chiqarish»,
«hosil qilish» ma’nolarini anglatadi. Induktiv xulosa chiqarish insoniyat amaliy va aqliy faoliyatining o’ziga xos natijasi hisoblanadi. Insoniyat ko’p asrlik ijtimoiy – tarixiy amaliyoti tufayli yakka predmet va hodisalarga xos ayrim belgi - xislatlarning boshqalarida takrorlanishini bilib olgan. Bu takrorlanish oqibatda inson fikrini yakkadan umumiylikka qarab yo’naltirgan. Yakka predmet va hodisalarni takror va Yana takror o’rganish ularning umumiy xususiyatlarini payqashga olib kelgan. Kishilar amaliy faoliyat jarayonida ko’pdan ko’p alohida fikrlardan umumiy qoidalar hosil qilganlar, olamni bilishda yakkalik, alohidalikdan umumiylikka qarab borganlar, alohida faktlar, hodisalarni umumiylashtirganlar.
Insonning har qanday bilimi asosida alohidalikdan umumiylikka qarab borish yotadi. Dmitriy Mendeleev alohida elementlarni o’rganish orqali ximiyaviy elementlarning davriy sistemasini kashf etdi. Umuman olganda, har qanday kashfiyotning mohiyatida ma’lum ma’noda yakkalikni umumlashtirish yotadi. Induktiv xulosa chiqarish tafakkurning o’ziga xos uslubi hisoblanadi. Fikrlashning induktiv uslubi haqidagi dastlabki ma’lumot qadimgi yunon falsafasiga borib taqaladi. Buyuk yunon faylasufi Suqrot (e.a.469-399) har qanday bilim umumiylik haqidagi tushunchadir. Umumiylik esa alohida hodisalarni o’rganish va solishtirish natijasida yuzaga keladi, deb bilgan. Induktiv xulosa chiqarish mantiqiy usuliga Suqrot asos solganligini Arastu o’zining «Metafizika» asarida ko’rsatib o’tgan edi. U ikki narsa Suqrotga taalluqli: biri induktiv muhokama, ikkinchisi esa umumiy ta’riflardir, deb ko’rsatgan.
Induktiv xulosa chiqarish to’g’risidagi ta’limot Arastu qarashlarida rivojlantirildi. U, jumladan,
«Oddiy sanash induksiyasi» va noto’liq induksiya to’g’risida ma’lumot bergan. XVII-XVIII asrlarda tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishi induktiv logikaga qiziqishni kuchaytirdi. Ingliz faylasufi Frensis Bekon o’zining «Yangi organon» asarida oddiy sanash yo’li bilan hosil bo’ladigan ommabop induksiya har doim ham ishonarli bo’lavermaydi;
Induksiyaning shunday nomlarini topmoq kerakki, ular hodisalarning muhim, asosli tomonlarini o’zida umumlashtirsin, deb ko’rsatgan edi. Bekon bunday shakllarni muayyan sxemaga (tartibga) solib o’rganishni taklif etdi. Uning fikricha, barcha xilma-xil hodisalarni muayyan sanoqli shakllarga solish mumkin. Bu qarash cheklangan bo’lsada, o’rta asr sxolastikasiga qarama-qarshi o’laroq o’rganishni faktlardan, olamni o’rganishdan boshlash talabini ilgari surganligi bilan ahamiyatli.
Induksiya tushunchasi fanda 3 ma’noda qo’llanadi:

  1. Induktiv xulosa chiqarish ma’nosida

  2. Olamni bilish metodi ma’nosida

  3. Muhokama yuritish uslubi ma’nosida

Induktiv xulosa chiqarish shunday mantiqiy uslubki, muayyan turkumga mansub ayrim predmetlar haqidagi bilimlardan butun turkum haqidagi umumiy fikrlar hosil qilinadi.


Induktiv xulosa chiqarish ma’lum ma’noda haqiqatga yaqin xulosa chiqarishdir. Induktiv xulosaning chinligi quyidagi qoidalarga bog’liq bo’ladi:



  1. Asoslarning chinligi; 2) Ular orasidagi aloqadorlikning real mavjudligi. Lekin bundan har qanday chin asoslardan chin xulosa chiqarish mumkinligi kelib chiqmaydi.

Bu xatolar mantiqning yetarli asos qonunini buzib talqin etishdan kelib chiqadi. Induktiv xulosa chiqarish 2 yo’l bilan amalga oshiriladi:

    1. To’liq induksiya

    2. Noto’liq induksiya a) To’liq induksiya shunday induktiv xulosa chiqarish uslubiki, bunda muayyan turkumga mansub predmetlar haqidagi fikr unga mansub barcha predmetlarni beistisno qamrab oladi va ularni chuqur o’rganish orqali chiqariladi. To’liq induksiyada asoslar yig’indisi xulosaga teng bo’ladi. Buni quyidagi sxemada ifodalash mumkin: S1 – R dir

S2 – R dir S3 – R dir S4 – R dir
Demak, S – R dir
Aristotel to’liq induksiyani induktiv sillogizm deb atagan. To’liq induksiya qonunlari Karinskiy tomonidan o’rganildi. U o’zining «Hodisalar klassifikatsiyasi» asarida «Biz to’liq induksiya yangi bilim bermaydi, undagi bilim ma’lum predmetlar doirasidan chetga chiqmaydi, degan fikrga qo’shila olamiz. Bunda yangilik, yangi fikr shundan iborat bo’ladiki, u predmetlar turkumini o’zicha xarakterlaydi» - deb ko’rsatadi.
To’liq induksiya xulosasining chinligi quydagi talablarning bajarilishini taqozo etadi:

  1. O’rganilayotgan turkumga mansub predmetlar doirasini aniq bilish;

  2. U yoki bu xususiyatning shu sinfdagi har bir predmetga taalluqli ekanligini aniqlash;

  3. Sinfga, turkumga mansub predmetlar chegarasining aniq bo’lmog’i.

To’liq induksiya xulosasi muayyan turkumga mansub ayrim xulosalarni chuqur o’rganish imkoniyatini yaratib beradi. Odatda to’liq induksiyadan isbot talab etiladigan muhokama jarayonida foydalaniladi. Masalan: har qanday uchburchak ichki burchaklarining yig’indisi 180* ga teng. Bunda o’tkir, o’tmas, to’g’ri burchakli uchburchak nazarda tutiladi.


b) Noto’liq induksiya shunday mantiqiy uslubki, unda turkumga mansub pedmetlar haqida chiqarilgan xulosa uning tarkibiga kiruvchi barcha predmetlarni qamrab olishi shart emas. Masalan: suv (N2 O)2 vodorod atomi va 1 kislorod atomidan iborat.
Noto’liq induksiya ehtimollik, haqiqatga yaqinlik xarakteriga ega bo’ladi. Masalan: Isitilganda azot, kislorod, vodorodlarning kengayishi kuzatiladi. Shu asosda gazlar isitilganda, kengayadi, degan xulosaga kelish mumkin. Noto’liq induktiv xulosa chiqarish 3 ko’rinishda uchraydi:

  1. Oddiy sanash orqali induktiv xulosa chiqarish. Bu ommabop induksiya , deb ataladi.

  2. Faktlarni tanlash va tahlil etish orqali xulosa chiqarish.

  3. Salbiy aloqadorlikni aniqlashga qaratilgan ilmiy induksiya.


  1. Yüklə 6,03 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin