O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə233/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   250
majmua

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI

Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar O‘quv portfoliosi


Hozirgi kunda oliy ta’limda foydalanilayotgan talabalar bilimini baholash test reyting
tizimiga asoslangan bo‘lib, talaba bilimini baholashda asosiy hal qiluvchi shaxs fan o‘qituvchisi hisoblanadi. Albatta reyting tizimining o‘ziga xos ijobiy tomonlari ko‘p. Lekin, shu bilan bir qatorda kamchiliklardan ham xolis emas. Ushbu kamchiliklarga asosan quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

    • talaba bilimi, uquvi va malakasi bir tomonlama, ya’ni faqat fan o‘qituvchisi tomonidan baholanadi;

    • baholashda talabaning faqat muayyan fan bo‘yicha bilimi hisobga olinadi;

    • talabaning umumiy va kasbiy nutq madaniyatini shakllanishiga to‘sqinlik qiladi;

    • bo‘lajak kadrda kasbiy kompetentlikni shakllanganlik darajasini to‘liq aniqlash imkoniyati cheklangan;

    • oliy o‘quv yurtidagi o‘quv davri yakuni bo‘yicha aniqlangan umumiy ball ish beruvchilarga tayyorlangan kadrning sifati to‘g‘risida to‘liq xulosa bermaydi;

    • talabaning umumiy reyting balini aniqlashda uning boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini hisobga olish imkoniyati kam;

    • bitiruvchiga tayyor kadr sifatida o‘z-o‘ziga ishonch, o‘z imkoniyatlari, qobiliyatlari va kasbiy kompetentlikga tayyorligi to‘g‘risida o‘zi xulosa chiqarishiga asos yaratmaydi;

    • talabada refleksiya qobiliyatini hosil bo‘lishiga to‘liq sharoit yaratmaydi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, xalqaro ta’lim tizimidagi innovatsion o‘zgarishlar,

rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi ijobiy, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga tayangan holda talabalarda umummadaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetentlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv, o‘quv- uslubiy, ilmiy va o‘qishdan tashqari faoliyat natijalarini to‘g‘ri baholashga yo‘naltirilgan nazorat qilish va baholashning innovatsion shakllaridan foydalanish
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadiga muvofiq hisoblanadi.
Talabaning oliy o‘quv yurtidagi barcha turdagi faoliyatlarini nazorat qilish va baholashning innovatsion texnologiyalaridan biri sifatida «Talaba portfoliosi» etakchi o‘rin egallaydi. Ushbu

texnologiya ayniqsa rivojlangan g‘arb davlatlari oliy ta’lim tizimida keyingi yillarda keng qo‘llanilmoqda. Rossiyada esa 2003 yildan e’tiboran ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, jumladan boshlang‘ich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasbiy ta’lim va oliy ta’limda joriy etilgan.


«Portfolio» faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha talabaning shaxsiy yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar majmuidir. Portfolioni yaratish talabaning ijodiy faoliyati hisoblanib, unga turli xil soha (o‘quv, ilmiy—izlanish, sport, ijodiy, ijtimoiy va b.) bo‘yicha faoliyat natijalari oliy o‘quv yurtida o‘qish jarayoni davrida talaba tomonidan kiritiladi.
Portfolioni yaratishdan asosiy maqsad talabaning oliy o‘quv yurtidagi o‘qish jarayoni davrida erishgan yutuqlari to‘g‘risidagi daliliy hujjatlarni to‘plash va saqlashdan iborat. Portfolio nafaqat talabaning ta’lim sohasidagi faoliyati natijalarini o‘zi tomonidan baholashning samarali shakli bo‘lib qolmasdan, quyidagilarga imkoniyat tug‘diradi:

    • ta’lim sohasidagi yutuqlarni dalillashtiradi;

    • ish raqobati bo‘yicha tajriba ortdiradi;

    • kasbiy kompetentlikni rivojlantirish uchun mustaqil ta’limni amalga oshiradi;

    • o‘zining kasbiy kompetentlik darajasini ob’ektiv baholash

    • malakasini rivojlantiradi;

    • bo‘lajak mutaxassisning raqobatbardoshligini oshiradi.

Respublikamiz oliy ta’lim tizimida ushbu texnologiyaning qo‘llanilishi amaldagi talaba bilimini baholashning test reyting tizimini inkor etmaydi, aksincha uni to‘ldiradi. Rivojlan- tiruvchi ta’limga, insonparvar pedagogika nuqtai nazaridan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga o‘tishga, talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish bo‘yicha refleksiya hosil qilishga sharoit yaratadi.
Portfolio talabaning turli sohalardagi faoliyati, jumladan o‘quv-tarbiyaviy, ijodiy, ijtimoiy, kommunikativ va boshqalar bo‘yicha erishgan natijalari sifatini baholash imkonini beradi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin