O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Portfolioning asosiy maqsadi



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə234/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   250
majmua

Portfolioning asosiy maqsadi - talabaning ta’lim jarayonidagi faoliyati bo‘yicha hisobot taqdim etish, uning alohida erishgan ta’lim natijalarini yaqqol tasavvur qilish, ta’lim tizimida o‘z-o‘zini rivojlantirishini ta’minlash, qobiliyatlarini namoyish etish hamda bilim va malakalarini amalda qo‘llashga o‘rgatishdan iborat.
Portfolio asosida talaba erishgan yutuqlar va bilim olish jarayoni natijalarini sifat jihatidan va soniy baholash mumkin.
Portfolio nafaqat baholashning zamonaviy samarali shakli, balki quyidagi muhim pedagogik vazifalarni echishda foydalanuvchi texnologiya hamdir:



      • talabaning yuqori o‘quv mazmunini qo‘llab-quvvatlash;

      • talabaning faolligi va mustaqilligini rag‘batlantirish, ta’lim olish va mustaqil ta’lim olishni kengaytirish;

      • refleksiv bilim va o‘z-o‘zini ob’ektiv baholash faoliyatini rivojlantirish;

      • mustaqil o‘qish malakasini, shaxsiy o‘quv faoliyati maqsadini belgilash, rejalashtirish va tashkil etish qobiliyatini shakllantirish;

      • talabaning individual ta’limiga ko‘mak berish;  bilimlarni ijobiy umumlashtirish uchun qo‘shimcha  sharoitlar va imkoniyatlar yaratish.

Portfolioni yuritilishi talabaning bilim olish faolligini, o‘zining maqsad va imkoniyatlarini bilish darajasini oshiradi. Talabada o‘z bilim va imkoniyatlarini, iqtidorini baholash va u asosida maqsadni to‘g‘ri va aniq belgilash, kelajakni o‘ziga ishonib rejalashtirish, olgan bilimlarini hayotda amalda qo‘llashga ishonish hissi paydo bo‘ladi.
Talaba portfoliosini yaratishdan maqsad portfolio talabaning ma’lum fan bo‘yicha barcha ishlarini to‘liq yoritishi kerak. U o‘z ichiga fan bo‘yicha barcha turdagi topshiriqlar,
loyihalar, ma’ruzalar, yozma ishlarni qamrab olishi, talabaning ushbu fan bo‘yicha muvaffaqiyatlarini, fanga munosabatini, fanni o‘zlashtirishi va tushunishini, muammoli topshiriqlarni bajarish va kommunikativ qobiliyatini, uning kelajakda ushbu fan bo‘yicha intilishlari va o‘zlashtirishini, o‘zlashtirish usullarini ko‘rsatib berishi zarur. Aniqlilik va nutq, fikrni bayon qilish madaniyati «portfolio» sifatini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Portfolioni yaratishda asosan quyidagilarga ahamiyat berish talab etiladi:
-talabaning mustaqil fikrlashi;
-«portfolio» yaratishning vaqt oralig‘ini belgilash ( semestr, o‘quv yili yoki butun o‘quv jarayoni bo‘yicha);
-fan bo‘yicha erishilgan bilimlarning o‘zaro bog‘liqligi va asoslanganligi;
-taklif etilgan ishlar (loyihalar, mustaqil ishlar, referatlar va b.) bo‘yicha talabaning o‘z bahosi;
-muammollarni hal etish jarayoni, yo‘llari.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin