O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Portfolioning uch xil shakli tavsiya etiladi: Rivojlantirish portfoliosi-



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə241/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   250
majmua

Portfolioning uch xil shakli tavsiya etiladi:

  • Rivojlantirish portfoliosi- developmental (rivojlanishning xususiy kompetensiyasi).

  • Erishgan yutuqlar portfolisi - assessment.

  • Namoyish portfolisi – showcase.

Rivojlantirish portfolisi (developmental) - shaxsiy yutuqlar va kamchiliklar refleksiyasi uchun qo‘llaniladi. Bu bosqichda talaba va o‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro aloqa, munosabat, ta’sir asosiy rol o‘ynaydi.
Erishgan yutuqlar portfolisi (assessment) - talabaning fan bo‘yicha erishgan yutuqlari va bilimini aniq va to‘g‘ri baholash uchun xizmat qiladi.
Namoyish portfolisi (showcase) - o‘quv kursini yakunida yaratiladi va talabaning olgan bilimlarini (tayyor kadr sifatida) potensial ish beruvchiga taqdim qilish yoki o‘qishni davom ettirishga tavsiya etish maqsadida tashkil etiladi. Bu turli ko‘rinishdagi Curriculum Vitae hisoblanadi.
e-Portfolio yuqorida keltirilgan uch variantning birgalikdagi ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Bunda multimedia axborotlardan ham foydalaniladi. e-Portfolio talabaning
o‘zlashtirishi va turli sohalardagi erishgan yutuqlari

monitoringini yuritishning prinsipial yangi, refleksiyaga asoslangan vositasi bo‘lib, talaba bilimi natijalarini ball tizimida emas, balki sifat jihatdan baholash imkonini beradi. ePortfolioni yaratish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan, masalan Angel qobig‘i.


«On-line-portfolio» turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Masalan:



  • kursning umumiy saytida buning uchun maxsus ajratilgan bir qancha hujjatlar va materiallarni yuklash orqali talaba tomonidan tuzilishi mumkin;

  • talabaning shaxsiy veb-varag‘ini yaratish orqali tuzilishi va unga o‘quv kursi bo‘yicha o‘z tushunchalari asosidagi hisobotlar kiritilishi mumkin.


Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin