O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə93/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   250
majmua

Baholash. Aksiologiyaning asosiy kategoriyalari qatoriga qadriyat bilan bir qatorda hajman juda keng tushuncha – «baholash» ham kiradi. Baholash – buyumning inson faoliyati, uning ehtiyojlarini qondirish uchun ahamiyatini anglab etish vositasi. Baholash sub’ektning o‘z hayoti va faoliyati uchun hodisalarning ijtimoiy ahamiyatini aniqlashidir. U insonga hodisalar dunyosida mo‘ljal olish imkonini beradi, uning faoliyatini yo‘lga soladi. Baholash universaldir: u sezgilar va aql-idrok darajasida, emotsiyalar va tuyg‘ular, tasavvurlar, idroklar, mulohazalar, mayllar, istaklar, intilishlar, afzalliklar va albatta, faoliyat ko‘rinishida ro‘yobga chiqib, inson hayot faoliyatining barcha turlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Baholashning mohiyatini teranroq anglab etish uchun uni «qadriyat» bilan solishtirish o‘rinli bo‘ladi. Baholash va qadriyat – bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tushunchalar, lekin ularning o‘rtasida jiddiy farq ham mavjud. Xo‘sh, bu farq nimalarda ko‘rinadi?
Birinchidan, qadriyat biz baho berayotgan narsa, ya’ni baholash predmeti bo‘lsa, baholash – bu baho berish jarayoni, ya’ni aqliy faoliyat bo‘lib, uning natijasi o‘laroq borliqning muayyan predmeti biz uchun qanday qimmatga ega ekanligi aniqlanadi. Predmetni yoki uning xossasini foydali, yoqimli, yaxshi, chiroyli deb topib, biz baholashni amalga oshiramiz.
Ikkinchidan, faqat ijobiy ahamiyat kasb etuvchi qadriyatlardan farqli o‘laroq («salbiy qadriyatlar» bo‘lishi mumkin emas), berilgan baho ijobiy bo‘lishi ham, salbiy bo‘lishi ham mumkin. Biz muayyan predmetni yoki uning xossasini foydali emas, balki zararli deb, topishimiz, muayyan xatti-harakatni yomon, axloqqa zid deb, baholashimiz, ko‘rilgan filmni mantiqsiz deb, qoralashimiz mumkin. Bunday fikrlarning barchasi baholash hisoblanadi.
Uchinchidan, qadriyat amaliy munosabat mahsuli sifatida ob’ektiv hisoblanadi. Baholash esa, sub’ektivdir. U ob’ektiv qadriyatning sifatigagina emas, balki baholovchi sub’ektning ijtimoiy va individual fazilatlariga ham bog‘liqdir. Ayni shu sababli, ayni bir hodisa ayni bir davrda yashayotgan odamlar tomonidan turlicha baholanishi mumkin.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin