O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

 
Axborot uchun ma’lumot 
 
Bakterial ichburug’ epidemik tarqalishga moyil, asosan yo’g’on ichak shilliq 
pardasining yallig’lanishi, ich ketishi, axlatda shilliq  modda va qon aralashmalari 
ajralib chiquvchi yuqumli kasallik hisoblanadi. 


 
143 
Ichburug’  qo’zg’atuvchilari  shigella  turkumiga  mansub  mikroblar  guruhi 
hisoblanadi.  Ichburug’  qo’zg’atuvchilarini  birinchi  marta  1891  yilda  rus  olimi 
Grigorev,  7  yil  o’tgandan  so’ng  (yapon  olimi),  keyinchalik  esa  boshqa  turlarini 
Shmitc-Shtucer, Boyd, Novgorodskiy va boshqalar topgan. 
Dizenteriya  qo’zg’atuvchilari  odam  organizmidan  tashqarida  yashay  olishi 
tashqi muhitning har xil sharoitlariga bog’liq: tik tushadigan quyosh nuri ostida 30 
minutda, 60 daraja haroratda 10-120 minut o’tgach o’ladi. Ular 40 kungacha muz 
orasida  tirik  yashashi  mumkin.  Suvda  esa  2  oygacha  tirik  yashashi  mumkin. 
Axlatda 10-15 kun, nam tuproqda esa 1 oydan ko’proq tirik qolishi mumkin. 
Dizenteriya  kasalligida  infeksiya  manbai  asosan  o’tkir  va  surunkali  shakl 
bilan  kasallangan  odamlardir.  Dizenteriyaning  surunkali  shakli  vaqti-vaqti  bilan 
xuruj berishi mumkin. Bundan tashqari tranzitor tashuvchilar mavjud. 
Ba’zi  bemorlarda  o’tkir  jarayon  surunkali  shaklga  o’tishi  mumkin,  bunda 
bemor  4-6  oy  davomida  va  undan  ko’p  epidemiologik  xavfli  hisoblanadi. 
Ichburug’  tipik  ichak  infeksiyasi  bo’lib  unga  og’iz-najas  mexanizmi  xosdir  va 
yuqish  birlamchi,  oraliq,  oxirgi  omillar  yordamida  amalga  oshadi.  Birlamchi  va 
oraliq  omillarga  tuproq,  pashshalar,  ifloslangan  qo’llar,  shigellalar  bilan 
ifloslangan buyumlar va suv mansub. Ba’zi bir hollarda esa faqatgina oxirgi omil 
bo’lishi  mumkin,  ya’ni  bolalar  o’yinchoqlari,  uy-ro’zg’or  buyumlari, 
mikrozarrachalar bilan ifloslangan qo’llar Shular jumlasidandir. 
Zonne  hamda  Fleksner  shigellalari  suvda  ko’payib  o’sishi  mumkin,  lekin 
Zonne  shigellasi  suvda  o’zining  virulentligini  susayishi  bilan  farqlanadi. 
Ichburug’da  kasallanishning  o’sishiga  katta  yordam  beruvchi  omillardan  biri 
ijtimoiy  omildir.  Bugungi  kunda  shaharlarda  aholining  zich  joylashuvi,  umumiy 
ovqatlanish  korxonalarning  ko’pligi  va  sanitariya  -  epidemiologiya  qonun  - 
qoidalarini qo’pol ravishda buzilishi ichburug’ kasalligining epidemik avj olishiga 
sabab bo’lmoqda. Ichburug’ kasalligining tarqalishida omil bo’lib sut mahsulotlari 
ham  xizmat  qiladi.  Sut  va  sut  mahsulotlarida  shigellalar  yaxshi  rivojlanib 
ko’payadi. Yuqorida aytilganidek, sut va sut mahsulotlari yordamida epidemik avj 
olishlar Zonne shigellasiga xosdir. Ba’zi mualliflarning ma’lumotlariga qaraganda 
Zonne  shigellasi  epidemik  avj  olishlarining  80%  i  sut  va  sut  mahsulotlari  omili 
yordamida  yuzaga  chiqqan.  Zonne  shigellasining  biokimyoviy  xususiyatlaridan 
biri  laktozani  parchalash  qobiliyatidir.  Bu  xususiyat  sutga  tushgan  Zonne 
shigellasining  yaxshi  rivojlanib  ko’payishiga  olib  keladi.  Zonie  shigellasiga 
xarakterli  bo’lgan  belgilardan  biri  organizmdan  tashqarida  uzoq  yashay  olishi 
bo’lib, bu qobiliyat katta epidemiologik ahamiyatga ega. 
Fleksner  shigellasi  suv  omili  yordamida  ko’proq  kasallanishlarni  yuzaga 
chiqaradi.  O’zbekiston  sharoitida  ko’proq  Fleksner  shigellasi  uchraydi,  bunda 
ijtimoiy  omilning  epidemik  jarayonga  salbiy  ta’siri  namoyon  bo’ladi,  ya’ni 
ichimlik  suvi  bilan  aholi  yashaydigan  joylar  to’la  ta’minlamaganligidir.  Fleksner 
va  Zonne shigellalari  bir-biridan  kasallik keltirib chiqaruvchi omillardan  tashqari, 
klinik  kechishi  bilan  hamda  kasallikdan  keyin  qoldiradigan  asoratlari  bilan  ham 
farq qilinadi. 
Fleksner  shigellasida  Zonne  shigellasiga  qaraganda  yaqqol  bo’lmagan  va 


 
144 
subklinik shakllari ko’proq uchraydi. 
Bakteriya  tashuvchilik  subklinik  ko’rinishda  yoki  tranzitor  tashuvchilik 
ko’rinishida  namoyon  bo’ladi.  Ular  tashqi  muhitga  qisqa  vaqt  oralig’ida 
bakteriyalarni  ajratishi  mumkin.  Dizenteriyaning  tarqalish  yo’llari  boshqa  ichak 
infeksiyalaridagidek  turli-tuman.  Bevosita  bemorning  yaqinida  bo’lishning 
ahamiyati katta, chunki bemor ajratgan najas zarrachalari bilan ifloslangan qo’llari, 
dizenteriya mikroblari tushgan buyumlar orqali dizenteriya qo’zg’atuvchilari jadal 
tarqaladi.  Dizenteriya  sanitariya  madaniyat  saviyasi  past  hamda  sanitariya  - 
ozodalik qoidalariga rioya qilmaydigan oilalar va xonadonlarda, yaslilar va bolalar 
bog’chalarida  rejim  buzilgan  hollarida  Shu  yo’l  bilan  tarqaladi.  Shu  yo’l  bilan 
tarqaladigan  kasallanish  hollari  yil  bo’yi  kuzatiladi.  Bugungacha  shigellalarning 
halqaro tasnifi va sobiq ittifoqda qabul qilingan tasnif mavjud: 
 
                                                     serovarlar               Kichik serovarlar  
Dizenteriya shigellasi                    12                                   - 
Fleksner shigellasi                         8                                 10 
 Boyd shigellasi                               18                                   - 
Zonne shigellasi                                -                                    - 
 
Sobiq  ittifoq  olimlari  shigellalarning  biokimyoviy  va  antigen  tuzilishi 
xususiyatiga qarab 3 ta guruh va mayda guruhchalarga bo’linadi: 
I.       Mannit manfiylar yoki mannit parchalamovchilar. 
1)  Grigorev — Shig. 
2)  Shtucer - Shmitc. 
3) Larj - Saks. 
4)  Provizor shigellalar. 
II.       Mannit musbatlar yoki mannit parchalovchilar. 
1)    Fleksner serovarlari 1a, 16, 2a, 2v va x.k. 
2)    Boyd - Novgorodskiy. 
3)    Nyukastl. 
III.    Laktozani sekin parchalovchilar.  
1)      Zonne. 
Ichburug’  kasalligini  klinik  kechishi  o’zining  polimorfligi  bilan,  ya’ni  turli 
xilligi bilan farqlanadi. Ichburug’da kasallikning og’ir yoki engil kechishi qaysi bir 
shigella  chaqirganligi,  uning  virulentligi  va  makroorganizmning  individual 
xususiyatlariga bog’liqdir. 
O’tkir  ichburug’  kasalligining  yaqqol  belgilaridan  biri  tez-tez  ich  ketishidir. 
Tez-tez ich ketishi o’choqda epidemik holatni yomonlashuviga olib keladi, chunki 
tashqi  muhitda  shigellalar  ko’plab  tarqalishiga  sabab  bo’ladi.  Ichburug’  bilan 
og’rigan odam kasallikni birinchi belgilari yuzaga chiqqan paytdan boshlab xavfli 
hisoblanadi,  o’tkir  ichburug’da  yuqumlilik  jarayonining  davri  3-5  kunni  tashkil 
qiladi. 
Ko’p yillik kasallanish darajasini tahlil qilgan paytimizda Zonne shigellyozida 
epidemik jarayonning siklik yuzaga chiqishi har 3 yilda, Fleksner shigellyozida esa 


 
145 
har 5-9 yilda qaytarilishini ko’rishimiz mumkin. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin