O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Karantin infeksiyaga gumon qilinayotgan hollar haqida navbatdan



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Karantin infeksiyaga gumon qilinayotgan hollar haqida navbatdan 
tashqari ma’lumotnoma berish tartibi 
 
Karantin  infeksiyalarga  gumon  qilinganda  hamma  malumotlar  O’zbekiston 
Respublikasi  Sog’liqni  saqlash  vazirligining  1999  y.  18.02.  96-sonli  buyrug’iga 
asosan  ma’lumotlar  yuqori  turgan  muassasalarga  yetkaziladi.  Quyidagi 
ma’lumotlar  xabar  qilinadi:  bemorlar  ismi  sharifi,  yoshi,  yashash  joyi, 
O’zbekistonga  kelgan  vaqti,  kasallangan  kuni,  kasallik  aniqlangan  kun,  asosiy 
belgilari,  taxminiy  diagnoz,  muloqotda  bo’lganlar  soni,  epidemiyaga  qarshi 
profilaktik chora-tadbirlar o’tkazilganligi, tibbiyot muassasalarining mutaxassislari 
bilan,  dori-darmonlar  bilan  ta’minlanganligi.  Vabo  vibrioni  suv  o’tkazish 
tarmog’idan ajratib olingan hollarda, suv tarmog’i manzili, uning vazifasi, ajratib 


 
159 
olingan kultura soni va ajratib olingan kuni, uning asosiy xususiyatlari, ko’rilgan 
chora-tadbirlar haqida beriladi. Navbatdan tashqari axborot quyidagi tashkilotlarga 
yuboriladi: 
1.  116024  "Plazma"  teletaypi  orqali  O’zbekiston  Respublikasi  Sog’liqni 
saqlash vazirligiga; 
3.  Sanitariya-epidemiologiya  nazorati Departamentiga; 
 
Masala №1. 
 
Keyingi  yillarda  sizning  yurtingizda  vabo  uchramas  edi.  Siz  bu  kasallik 
to’g’risida  hech  eshitmagan  edingiz.  Oxirgi  hafta  ichida  shifoxonaga  30  nafar 
bemorlar  kuchli  suvsimon  suyuq  ich  ketish  bilan  yotqizilgan  va  ularning  5  nafari 
vafot  etdi.  16  nafar  bemorni  siz  markaziy  shifoxonaga  jo’natasiz.  Najasni 
bakteriologik  tekshirishda  Ogava  serotipining  El-Tor  vibrioni  ajratib  olindi. 
Bajariladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishingiz kerak: 
1. Siz kim bilan uchrashishingiz kerak va favqulodda majlisda kimlar bo’lishi 
kerak? 
2.      Epidemiya haqida kimga xabar qilish lozim? 
3.      O’choqqa boradigan brigada a’zolari qanday bo’lishi lozim? 
4.  Epidemiya  o’chog’ida  klinitsistlar  harakati  nimalardan  iborat  bo’lishi 
kerak? Ularning harakati qo’shni tumanlarda qanday bo’lishi kerak? 
5.  O’choqqa  qancha  miqdorda,  qanday  dori-darmonlar,  dezinfektantlar  va 
boshqa moslamalar yuborilishi kerak? 
6. Siz ommaviy axborot xodimlariga nimalar deyishingiz lozim? 
7.  Vaboning  oldini  olish  maqsadida  antibiotiklar  va  vaksinalar  tarqatish 
yuzasidan siz nimalar qilishingiz kerak? 
8. Epidemiyani nazorat qilishda va tugatishda sizga yordam talab qilinadigan 
bo’lsa, siz kimga va qayerga murojaat qilishingiz kerak? 
9. O’choqqa keluvchi va ketuvchilar bilan siz qanday ishlar olib borishingiz 
kerak? 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin