O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


  "Tasodif-nazorat"  tekshiruv  usuli



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

1.  "Tasodif-nazorat"  tekshiruv  usuli,  bu  usul  tekshirilayotgan  kasallik 
o’chog’idagi  kasallangan  yoki  kasallanmagan  (nazoratdagi  guruh)  kishilarni 
so’rab-surishtirish  natijasida  to’plangan  ma’lumotlarga  asoslanadi  va  keyinchalik 
bu  ma’lumotlarni  bir-biriga  solishtirib  ko’rish  tufayli  tekshirilayotgan  omilning 
qaysi guruhga ko’proq ta’sir etganligi  aniqlanadi. 
2.  Kogort  tekshiruv  usuli  -  bu  usul  bilan  tekshirilganda  o’rganiladigan 
omilning ta’siri uzoq yoki qisqa davom etishiga qarab aholini guruhlarga (kogort, 
jamoa) ajratilib, Shu guruhlarda kasallikning qanday tarqalganligiga baho beriladi. 
Masalan,  yoshi  50-69  da  bo’lgan  kishilarni  44  oy  davomida  tekshirib  turilganda, 
tamaki  chekuvchilar  guruhida  o’pka  raki  kasalligi  ko’rsatkichi  100  000  kishiga 
127,2 bo’lgan, chekmaydiganlar guruhida bu ko’rsatkich 12,8 ni tashkil etgan. Bu 
o’rinda tamaki chekish o’pka rakini keltirib chiqarishdagi sababiy omil deb qarash 
mumkin,  ammo  shu  ikkala  guruh  ham  boshqa  barcha  shart-sharoitlari  bilan  bir-
biridan  farq  qilmaydigan  bo’lsagina,  bu  omil  asosiy  sababiy  omil  deb  qaralishi 
mumkin. 
Bitta  epidemiologik  tekshiruvda  bir  nechta  tekshiruv  usullari,  jumladan, 
"tasodif-nazorat",  kogort  va  boshqa  usullar  qo’llanilishi  mumkin,  bu  usullarning 
biri ikkinchisini to’ldiradi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin