O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Operativ epidemiologik tahlil



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Operativ epidemiologik tahlil 
Butun  yil  davomida  o’tkaziladigan  operativ  epidemiologik  tahlil  emlash 
chora-tadbirlari  sifatini  dinamik  baholash,  rejali  laboratoriya  tekshiruvlari, 
bemorlarni tezda aniqlash va o’z vaqtida davolashni ko’zda tutadi hamda epidemik 
o’choqlarda  kasallanishning  paydo  bo’lish  sabablari  va  sharoitini  aniqlashga 
yordam  beradi.  Epidemiolog  davolash-profilaktika  muassasalarida  emlash  sifatini 
baholash va tekshirish ishlarini nazorat qiladi: 
- emlashning oylik rejalari bajarilishi va o’z vaqtida emlash o’tkazish; 
-  emlash  o’tkazishga  nisbiy  va  mutloq  tibbiy  qarshi  ko’rsatmalarning 
asoslanganligi; 
- emlash kartotekalarining olib borish va hisob kartalarida emlashni ro’yxatga 
olib borish va bolalarning rivojlanish tarixida emlashning sanasi, nomi, uning doza 
va seriya raqamlarining to’g’riligi; 
-  bolalarni  tibbiy  ko’rikdan  o’tkazilganligi  haqida  va  emlashdan  oldin 
termometriya o’tkazilganligi haqidagi yozish ishlari; 
-  tekshirilayotgan  davolash  profilaktika  muassasalaridan  ushbu  poliklinika 
hududida yashovchi, bolalar muassasalariga qatnamaydigan, boshqa poliklinikalar 
nazorati ostida bo’lganlar to’g’risidagi ma’lumotlarni olish; 
- emlash asoratlar bergan paytida bolaga shoshilinch yordam ko’rsatish uchun 
ishlatiladigan dori-darmonlarning borligi; 
- emlash ishlari bo’yicha qo’llanmalarning bo’lishi; 
- maxsus profilaktika masalalari bo’yicha mashg’ulotlar tashkil qilish. 
Hududda  difteriyani  yo’qotish  kerak  bo’lib  qolgan  hollarda  barcha 
ahamiyatga  ega  bo’lgan  kasallik  o’choqlarini  o’z  vaqtida  aniqlash  va  o’choqda 
qo’zg’atuvchini yo’qotish bo’yicha chora-tadbirlarni o’tkazish. 
O’choqni  yo’qotish  uchun  o’sha  epidemik  o’choq  hisoblangan  uyushgan 
jamoaning o’zidagina emas, balki butun aholi punkti, uning bir qismi yoki mumkin 
bo’lgan o’choq chegaralari hududiga bog’liq ravishda, qo’zg’atuvchining tarqalish 
omili aniqlanadi. Vaksinatsiya va revaksinatsiya muddatlari yetgan bolalar hamda 
emlanmagan  bolalar  va  o’smirlarga  vaksinatsiya  qilinadi.  Hamma  yuqish  xavfi 
bo’lgan 16 yoshdagi va undan kattalar oxirgi 10 yil ichida emlanmagan va emlash 
ishlarini  o’tkazishga  qarshi  ko’rsatmalari  bor  shaxslar  ADM  yoki  ADS-M 
anatoksini  bilan  emlanadi.  Ana  shunday  immunizatsiyani  yuqish  xavfi  yuqori 
bo’lgan  katta  yoshdagilarga  ham  qilish  mumkii,  bunda  emlash  ishlari  birinchi 
navbatda quyidagalarga o’tkaziladi: 
-  yotoqxonada yashovchi shaxslarga; 
-  aholiga xizmat ko’rsatish sohalariga; 
-  o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari talabalariga va xodimlariga; 
-  maktab xodimlariga, bolalar va tibbiyot jamoasi xodimlariga. 


 
185 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin