O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

 
Kontagioz gelmintozlar 
 
1. Enterobioz. Bunda bolalarni va bolalar muassasasi xodimlari, boshlang’ich 
sinf  o’quvchilari  yiliga  1  marta  tekshiriladi.  Yotoqxona  xodimlari,  sport  guruhi 
a’zolari, basseynda suzuvchilar ishga kirishdan oldin tekshiriladi. Enterobioz bilan 
zararlanishga  tekshirish  3  marta  2-3  kun  oralab  o’tkaziladi.  Agar  birinchi 
tekshirishdayoq  bolalar  guruhlarida  15  %  dan  ortiq  ostrisali  bolalar  topilsa 
tekshirish to’xtatiladi va hamma bolalar davolanishi kerak. 
Tekshirish  usullari:  Enterobiozda  axlatni  mikroskopik  tekshirish,  so’rash, 
pereanal qirma (soskob) usuli. 
O’choq  va  mikroo’choqlar  sog’lomlashganligining  ishonchliligini  tekshirish. 
Kontagioz 
gelmintozlarda 
bolalar 
muassasasida, 
umumiy 
ovqatlanish 
korxonalarida  yiliga  2  marta  gijjalar  tuxumiga  tekshirish  o’tkaziladi. 
Sog’lomlashtirish chora-tadbirlarni o’tkazilishidan oldin zararlanish yuqori bo’lgan 
joylardagi  bolalar  muassasalari  va  boshlang’ich  maktabning  biror  guruhi  har  yili 
tekshirib  turilishi  kerak.  Sanitariya-gigiyenik  chora-tadbirlar  bilan  bir  vaqtda 
medikamentoz  davolash  ham  o’tkaziladi.  Xonalarning  pollari,  eshik  va  uning 
tutqichi, stullar, unitazning devorlari, bolalar gorshoklari har kuni yuvilishi kerak. 
Binoni tozalashda ishlatilgan cho’tkalar, supurgi va chelaklarni qaynoq suv bilan 
yuvib  tozalanadi,  lattalar  esa  qaynatiladi.  Davolashning  birinchi  va  oxirgi  kunlari 
binoni  yaxshilab  tozalash  kerak,  qaynatib  bo’lmaydigan  narsalar:  gilam,  jun 
buyumlar ko’rpa-yostiq kabilarni toza nam latta bilak artiladi, ustiga nam material 
qo’yib  dazmollanadi  va  changyutgich  bilan  tozalanadi.  O’yinchoqlarni  qaynoq 
suvda yoki sovun bilan yuviladi. 
Yotoq  anjomlarini  alohida  saqlash  kerak.  Tish  cho’tkalarini  yopiq  joylarda 
saqlash  kerak.  Bolalar  jamoalarida  enterobiozdan  zararlanishni  aniqlash  va 
sog’lomlashtiruvchi  profilaktik  chora-tadbirlarni  tashkil  etish  natijalari  haqida 
xizmatchi xodimlarga tuShuntirish ishlari o’tkaziladi. 
Ota-onalar  bilan  enterobiozning  oldini  olish,  oilada  sanitariya-gigiyenik 
tartibini  saqlash  haqida  suhbatlar  uyushtirilishi  kerak  va  oiladagi  enterobiozdan 
zararlangan  bolalarni  aniqlashni  tashkil  etish  lozim.  Bolalar  muassasalarining 
tibbiyot  xodimi  va  tarbiyachisi  bolalarni  shaxsiy  gigiyenaga  qanday  rioya 
qilayotganliklarini doimo kuzatishlari kerak. 
1.  Gijjalar  tuxumini  qalin  surtmali  Kato  uslubi  bilan  aniqlash.  Kato  uslubi 
qalin surtmaga glitserin tomchisi tomizib va uni yashil malaxitli kraska yordamida 
bo’yash  usuli  bilan  gijjalar  tuxumini  aniqlashga  asoslangan.  Kato  usuli  uchun 
kerak bo’ladigan reaktivlar: 
1. 2% yashil malaxit suvli eritmasi 
2. Glitserin 
3. 6% fenol eritmasi 
4. Kato selofanli qoplagich plastinkasi 
Kato aralashmasi: 6 ml 3% yashil malaxit suvli eritmasi 500ml glitserin,  300 


 
215 
ml 6% fenol eritmasi. 
Kato  plastinkasi:  suv  o’tkazmaydigan  selofandan  bo’lib  va  uni  20-40mm 
kattalikda  qirqish  lozim.  Qirqilgan  plastinkalarni  bir-birining  ustiga  qo’yib  Kato 
aralashmasiga solib qo’yiladi (3-5ml Kato aralashmasiga 100 ta plastinka). 
24 soat o’tgandan so’ng plastinkalarni laboratoriya ishi uchun ishlatsa bo’ladi. 
Tayyor plastinkalarni og’zi yopiladigan idishda xona haroratida 6 oygacha saqlash 
mumkin. 
Aniqlash  usuli:  100  g.  najasga  suv  qo’shmasdan  kerak  bo’lsa  predmet 
oynachasiga  boshqa  biror  bir  suyuqlik  tomizish  yo’li  bilan  va  har  bir  najasdan 
qo’yib  chiqiladi  va  uning  ustidan  esa  Kato  plastinkasi  bilan  qoplab  plastinka 
ustidan  yassi  rezinka  bilan  najas  oynachaning  hamma    joyiga  bir  xil  joylashishi 
uchun  bosiladi.  Tayyor  bo’lgan  preparatlar  xona  haroratida  tiniqlashgunga  qadar 
va undan so’ng mikroskop yordamida har bir preparat ko’zdan kechiriladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin