O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
50 
YUQUMLI KASALLIKLARNI DAVOLASH, DIAGNOZ  QO’YISH, 
BEMORLARNI AJRATIB QO’YISH VA ATROFDAGILAR BILAN 
ARALASHISHNI CHEKLASH CHORA-TADBIRLARI VA ULARNI 
TASHKIL QILISH. POLIKLINIKALARDA EPIDEMIYAGA QARSHI 
KURASHISH ISHLARINI UYUSHTIRISH 
 
1.  Maqsad:  Talabalarni  yuqumli  kasallarni  davolash,  bemorlarga  diagnoz 
qo’yish va atrofdagi kishilar bilan aloqalarni cheklovchi tadbirlarini tashkil qilish 
bilan va poliklinikada epidemiyaga qarshi olib boriladigan ishlar bilan tanishtirish, 
poliklinikada 
yuqumli 
kasalliklar 
kabinetining 
ishi 
bilan 
tanishtirish. 
Poliklinikalardagi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlarini tashkil 
etish,  ijrosini  baholashda  va  nazorat  qilishda  davlat  sanitariya-epidemiologiya 
nazorati markazining vazifalarini talabalarga o’rgatish. 
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt  - 4 soat amaliy mashg’ulot. Mashg’ulot 
katta  yoshdagi  kishilarga  xizmat  qiladigan  poliklinikaning  yuqumli  kasalliklar 
kabinetida olib boriladi. 
3.     Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
3.1. Talabalarning davomatini tekshirish. 
3.2. O’qituvchining kirish so’zi. 
3.3. Mashg’ulot mavzusini shakllantirish. 
3.4. Mashg’ulot maqsadini shakllantirish. 
3.5. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning bilim darajasini tekshirish. 
3.6. Mashg’ulotning asosiy mazmuni. 
3.7.  Talabalarning mustaqil ishlari: 
a)  yuqumli  kasalliklarning  oldini  olish  bo’yicha  poliklinikada  tuzilgan 
umumiy rejani o’rganish; 
b) hisob-kitob hujjatlarini o’rganish; 
v) emlashga tegishli hujjatlarni o’rganish; 
g) dispanser kuzatishlari natijalarini o’rganish; 
d)  epidemiya  o’chog’ida  kasallik  manbai  bilan  aloqador  kishilarni 
observatsiya (tibbiyot nazorati) qilinishiga doir hujjatlar bilan tanishish; 
e)  karantin  qilingan  va  tibbiy  nazorat  ostida  bo’lgan  joylardan  kelgan 
kishilarni hisobga olish ishlari bilan tanishish; 
j)  bemorlar  bilan  muloqotda  bo’lgan  kishilarni  observatsiya  qilish  ishlarini 
o’rganish; 
z)  pedikulez  (bitlash)  aniqlangan  paytda  olib  boriladigan  chora-tadbirlarni 
o’rganish; 
k) yuqumli kasallarni qabul qilishda ishtirok etish. 
3.8. Mashg’ulotni yakunlash va ertangi mashg’ulot bo’yicha vazifalar berish. 
4. Mashg’ulotda o’rganiladigan savollar: 
4.1.  Poliklinika ishini tashkil qilishning asosiy qoidasi. 
4.2.  Vrachlik  uchastkasida  birlamchi-profilaktik  va  epidemiyaga  qarshi  olib 
boriladigan ishlar. 
4.3.  Yuqumli kasalliklar kabinetining vazifalari. 


 
51 
4.4.  Yuqumli kasalliklar kabineti vrachining vazifalari. 
4.5.  Yuqumli  kasalliklar  kabinetida  bo’lishi  lozim  bo’lgan  hisob-kitob 
hujjatlari. 
4.6.  Davlat  sanitariya-epidemiologiya  nazorati  markazi  xodimlari  va 
poliklinika yuqumli kasalliklar kabineti xodimlari o’rtasidagi aloqalar. 
4.7. O’ta xavfli kasalliklarning oldini olishda yuqumli kasalliklar kabinetining 
roli. 
4.8.  Ich  terlama,  vabo,  ichburug’,  virusli  gepatit  va  salmonellyoz  bilan 
og’rigan bemorlarni dispanserizaciya qilish qoidalari. 
5.   Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishlari shart: 
5.1.  Talabalar  uchastka  terapevt  -  vrachining  yuqumli  kasalliklarga  qarshi 
qiladigan ishlarini yaxshilab o’rganib olishlari kerak. 
5.2.  Yuqumli  kasalliklar  kabinetining  asosiy  vazifalari  va  uning  yuqumli 
kasalliklarni kamaytirishdagi ahamiyati. 
6.   Talabalar o’rganishlari lozim bo’lgan amaliy malakalar: 
6.1.  Uchastka  vrachining  profilaktika  ishlari  bo’yicha  faoliyatini  tahlil  qila 
bilish. 
6.2.  Poliklinika  va  yuqumli  kasalliklar  kabinetining  profilaktika  va 
epidemiyaga qarshi olib boriladigan faoliyatini tahlil qila bilish. 
6.3.  Profilaktika  va  epidemiyaga  qarshi  olib  boriladigan  ishlardagi 
kamchiliklar  to’g’risida  qaydnomalar  tuzish,  ularni  bartaraf  qilishlari  bo’yicha 
ko’rsatmalar bera olish. 
6.4. Profilaktika va epidemiyaga qarshi kurashda yuqumli kasalliklar kabineti 
vrachi va uchastka terapevt vrachlari qo’llaydigan hujjatlar to’ldirishni o’rganish. 
6.5.  Yuqumli kasalliklarni tahlil qilishni bilish. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin