O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Axborot uchun ma’lumot 
Uchastka terapevt vrachining asosiy vazifalari: 
1.  Uchastka  aholisiga  poliklinikada  yoki  uylarda  malakali  tibbiy  yordam 
ko’rsatish. 
2.  Biriktirilgan  uchastka  aholisi  o’rtasida  sanitariya-gigiyena  bilimlarini  targ’ibot 
qilish,  aholini  profilaktik  ko’rikdan  o’tkazish,  profilaktik  emlashni  olib  borish, 
dispanserizatsiya ishlarini takomillashtirish. 
3.  Biriktirilgan  uchastkadagi  aholi  o’rtasida  kasallanish  va  o’lim  hollarini 
kamaytirish. 
Amaldagi  rasmiy  hujjatlarga  binoan  uchastka  terapevt-vrachi  quyidagilarni 
bajarishi lozim: 
1.  Uchastka  vrachi  aholiga  o’z  vaqtida  poliklinikada  yoki  uyida  tibbiy  yordam 
ko’rsatish. 
2. Bemorlarga - ular zaharlanib qolganlarida yoki ahvollari yomonlashib qolganda, 
ularning qaerda yashashidan qat’iy nazar tibbiy yordam ko’rsatish. 
3.  Ichki  kasalliklar  bilan  og’rigan  bemorlarni  shifoxonalarga  yotqizish  uchun 
oldindan tekshirishni o’z vaqtida tashkil qilish. 
4.  Bemorlarni  lozim  bo’lib  qolganda  poliklinika  yoki  boshqa  tibbiyot 
muassasalarida vrach ko’rigidan o’tkazish. 


 
52 
5.  O’z  ishi  jarayonida  diagnostika,  profilaktika  va  bemorlarni  davolashda 
zamonaviy usullardan foydalanish. 
6.  Uchastkadagi  katta  yoshdagi  aholini  dispanserizatsiya  (aniqlash, hisobga  olish, 
ahvolini  kuzatish,  sog’lomlashtirish,  davolash  chora-tadbirlari)  qilish  tadbirlarini 
tashkil etish. 
7. Uchastkadagi chet elga ketuvchilarga tibbiy ko’rik natijalarini yozib berish. 
8.  Uchastkadagi  aholi  orasida  profilaktik  emlash  va  gijjalarga  qarshi  kurashish 
(degelmentizatsiya) ishlarini olib borish. 
9.  Yuqumli  kasallik  bilan  og’rigan  bemorlarni  o’z  vaqtida  aniqlash,  diagnoz 
qo’yish  va  davolash,  yuqumli  kasalliklarning  barcha  turlari  bo’yicha  va  bunday 
kasalliklarga  gumon  bo’lganda,  ovqat  bilan  zaharlanganda  kasbga  taalluqli 
zaharlanishda,  uyda  davolashga  qoldirilgan  yuqumli  kasalliklar  bilan  og’rigan 
bemorlar  tomonidan  epidemiyaga  qarshi  qoidalarni  bajarmaganligi  to’g’risida 
poliklinikadagi yuqumli kasalliklar kabineti vrachiga xabar yuborish. 
10.  Uchastka  aholisi  orasida  doimiy  ravishda  faollik  bilan  sanitariya  -  oqartuv 
ishlarini  olib  borish,  zararli  odatlar  bilan  kurash  olib  borish,  uchastka  jamoa 
faollarini tayyorlash. 
11. Uchastka vrachi faqat yuqumli bemorlarga diagnoz qo’yishgini emas, balki bu 
kasalliklar  epidemiologiyasini  ham  yaxshi  bilishi  kerak,  chunki  to’g’ri 
epidemiologik  anamnez  yig’ish  kasallikning  boshlanish  paytidayoq  aniqlash 
imkonini beradi. 
12.  Uchastka  vrachi  yuqumli  kasallikka  chalingan  kishi  bilan  muloqotda  bo’lgan 
kishilar salomatligini kasallikning yashirin davri davomida nazorat qilib turadi. 
Yuqumli kasalliklar kabinetining vazifalari: 
Talabalar poliklinika YUKK ning olib boradigan profilaktik va epidemiyaga qarshi 
ishlari  va  yuqumli  kasalliklar  kabineti  (YUKK)  vrachi  zimmasiga  yuklangan 
vazifalarni  amalda  qo’llay  bilishlari  lozim.  YUKK  yuqumli  kasalliklar  bo’yicha 
davolash-diagnostika, konsultativ-metodik markaz hisoblanadi. Bu kabinet bizning 
mamlakatimizda  yuqumli  kasalliklar  bilan  kasallangan  bemorlarga  maxsus  tibbiy 
yordam  ko’rsatish  bo’yicha  birlamchi  bosqich  hisoblanadi.  YUKK  quyidagilarni 
bajaradi: 
1.  Yuqumli  kasalliklarni  o’z  vaqtida  aniqlashni  ta’minlash.  Ambulatoriyalar  va 
poliklinikalarda  yuqumli  kasalliklarga  diagnoz  qo’yish  va  davolash  bo’yicha 
malakali konsultativ yordamni tashkil qilish. 
2.  Yuqumli  kasalliklarga  diagnoz  qo’yish,  davolash  va  oldini  olishning  sifatli 
bo’lishi  uchun  yuqumli  kasalliklar  va  o’lim  hodisalarining  ko’payishi  yoki 
kamayishini doimiy ravishda o’rganish va uni tahlil qilish. 
3.  Uchastka  vrachi  va  ambulatoriya  qabulini  olib  boruvchi  mutaxassislarning 
yuqumli  kasalliklarni  davolashda  va  o’z  vaqtida  aniqlanmagan  va  YUKK  ga 
yuborilmagan  hollarini  majlislarda  muhokama  qilish  yo’li  bilan  ularning  bu 
sohadagi bilimlarini oshirish. 
4. Uchastka terapevt-vrachlariga yuqumli kasalliklarni aniqlash va ularga diagnoz 
qo’yish yuzasidan maslahatlar berish. 
5.  Poliklinikada  va  uylarda  yuqumli  kasalliklar  diagnozini  aniqlash,  davolash-


 
53 
profilaktik  choralar  tayinlash  va  shifoxonaga  yotqizish  masalalarini  hal  qilishda 
yordam beradi. 
6.  Yuqumli  kasalliklar  bilan  og’rigan  bemorlarni  qo’shimcha  laboratoriya 
tekshiruvidan o’tkazish. 
7. Yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni va shifoxonadan tuzalib chikqan 
bakteriya tashuvchilarni poliklinika sharoitida davolash. 
8. Laboratoriyalarda va asbob-uskunalar yordamida bemorlarni tekshirib, ularning 
klinik va bakteriologik jihatdan to’liq tuzalganligini aniqlash. 
9. Katta yoshdagi aholi o’rtasida profilaktik emlash ishlarini tashkil qilish. 
10.  Surunkali  bemorlarni,  bakteriya  tashuvchi  kishilarni  hisobga  olish,  ularni 
sog’lomlashtirish va ular ustidan nazorat o’rnatish. 
11.  Tumanda  yuqumli  kasalliklar  bilan  kasallanish  va  o’lim  hollarini  o’rganish, 
diagnoz qo’yish va davolash tadbirlari sifati va samaradorligi, dispanserizatsiyasi 
ishlarini tahlil qilish. 
12.Yuqumli kasalliklarning oldini olish bo’yicha tibbiy bilimlarni tashviqot qilish. 
Poliklinika  asosiy  ish  yo’nalishi  hududiy  uchastka  xizmatidir,  ya’ni  aholiga 
o’zlari 
yashab 
turgan 
uchastkalar 
bo’yicha 
tibbiy 
xizmat 
ko’rsatishdir.Terapevtlarga  uchastkalarning  biriktirib  qo’yilishi,  uchastka  vrachi 
singari  ma’lum  hududlarga  biriktirib  qo’yilgan  boshqa  mutaxassislarning  brigada 
usuli  bo’yicha  ishlashi  aholi  salomatligi  haqida  to’liq  ma’lumot  olish  imkonini 
beradi. 
Sog’liqni saqlashni rejalashtirish iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning kelajak 
rejalari  bilan  bog’liq  holda  tuziladi.  Rejalashtirish  sog’liqni  saqlash  organlarining 
vazifalarini ko’rsatib beruvchi direktiv ko’rsatmalar asosida olib boriladi. 
Poliklinika  faoliyati  va  shtatlarini  rejalash  uchun  poliklinika  xizmat 
ko’rsatadigan aholi soni, yoshi va jins tarkibi, kasallanish ko’rsatkichi va boshqa 
ko’rsatkichlar  hisobga  olinadi.  Shu  maqsadlarni  amalga  oshirish  uchun  uchastka 
tibbiy hamshiralari ishtirokida uchastka aholisini doimiy ravishda ro’yxatga olish 
va uchastka vrachlari aholining kasallanishini o’rganishi kerak 
Bitta uchastka vrachi xizmati 1700 kishiga mo’ljallangan. Har bir uchastkaga 
shu  uchastkadagi  aholini  davolash-profilaktika  xizmatini  amalga  oshirish  uchun 
bitta terapevt-vrach  va  tibbiy  hamshira biriktiriladi. Har  bir  terapevtik uchastkaga 
jarrox,  nevropatolog,  otoloringolog  va  okulist  vrachlari  ajratiladi.  Bunday  ish 
uslubi  brigada  usuli  deb  nomlanadi.  Yuqorida  ko’rsatilgan  mutaxassislar  ma’lum 
bir uchastkada yashovchilarga poliklinikada va uyida xizmat ko’rsatadi. Uchastka 
vrachi  o’z  uchastkasida  davolash-profilaktika  ishlarini  tashkil  qilish  va  baholash 
uchun uchastka tibbiy pasporti yoki jurnalini tuzib chiqadi. 
Tibbiy pasport quyidagi axborotlarni o’z ichiga olishi mumkin: 
1.  Uylarning  qavati,  xonalar  soni,  maktablar  va  maktabgacha  bolalar 
muassasalarining joylanishini ko’rsatuvchi uchastka rejasi. 
2.  Har  xil  sanoat  va  boshqa  korxonalar  va  ularda  ishlovchi  ishchilarning  sonini 
ko’rsatuvchi ro’yxat. 
3.  Demografik  ma’lumotlar,  aholining  yoshi  va  jinsiy  tarkibi,  bolalar 
poliklinikasidan o’tkazilgan o’smirlar soni. 


 
54 
4. Sanitariya faollarining soni. 
5. Yuqumli kasalliklar bilan kasallanish to’g’risidagi ma’lumot. 
6. Sil kasalliklari dispanseri hisobida turuvchi bemorlarning ro’yxati. 
7. Aniq bir kasallik turiga qarshi emlash to’g’risidagi va boshqa ma’lumotlar. 
YUKK  birinchi  qavatda  joylashgan  bo’lib,  tashqariga  chiqadigan  alohida 
eshigi  bo’lishi  lozim,  dahliz  va  boshqa  kabinetlar  joylashgan  xonalarda  yuqumli 
kasallikka  gumon  qilingan  kishilar  o’tmasligi  kerak.  YUKK  quyidagi  xonalarga 
ega bo’lishi ko’zda tutiladi: 
Vrach qabulxonasi (12 m
2
) va hamshira xonasi (8 m
2
), hojatxona, xo’qnaxona 
(8m
:
), muolaja xonasi (10 m
2
) , sanitar uchun xona (8 m
:
). 
YUKK  vrachi  uchastka  terapevt  vrachlari  va  boshqa  mutaxassis  vrachlari, 
DSENM epidemiologiya bo’limi vrachlari bilan yaqin aloqada ish olib boradilar. 
YUKK  vrachlari  ishlarini  tegishli  hududdagi  yuqumli  kasalliklarni  davolash  va 
ularga  qarshi  kurashish  rejalariga  mos  ravishda  olib  boradilar.  YUKK  vrachi 
boshqa  mutaxassis  vrachlari  bilan  birgalikda  yuqumli  kasalliklarni  kamaytirish 
bo’yicha  umumiy  rejalarni  tuzishda  qatnashadi.  Kabinet  vrachi  DSENM 
epidemiologlari  bilan  birgalikda  yuqumli  kasalliklarni  tahlil  qiladi,  yuqumli 
bemorlarni shifoxonalarga o’z vaqtida va to’la-to’kis yotqizishni va shu bilan birga 
uchastka  vrachlarining  ishini  nazorat  qiladi.  YUKK  vrachi  yuqumli  kasalliklar 
bilan  og’riganlik  to’g’risida  zudlik  bilan  xabarnomani  DSENM  ga  yuboradi  va 
kasallik  o’chog’ida  epidemiyaga  qarshi  olib  boriladigan  ishlarni  kuzatib  boradi. 
Guruhiy  kasallanish  hollari  yuz  berganda  bu  kabinet  vrachi  epidemiolog  bilan 
birgalikda  bemorlarni  va  kasallikka  gumon  qilinayotgan  kishilarni  aniqlashni, 
kasallik  qo’zg’atuvchisi  manbasini  va  kasallikning  kelib  chiqish  sabablarini 
o’rganadi. Uning oldini olish uchun sanitariya-oqartuv ishlarini olib boradi. 
Yuqumli  kasalliklar  kabineti  vrachi  poliklinikada  epidemiyaga  qarshi  olib 
boriladigan  tadbirlarning  bajarilishini  nazorat  qiladi.  Yuqumli  kasallik  bilan 
og’rigan bemorlarni aniqlash va ularni o’z vaqtida shifoxonaga yotqizish yoki uy 
sharoitida  davolashni  tashkil  qiladi.  Yuqumli  kasalliklar  kabineti  vrachi 
isitmalovchi  bemorlarni  o’z  vaqtida  va  to’liq  hisobga  olish,  tekshirish  va  kerak 
bo’lgan  hollarda  shifoxonaga  yotqizish,  o’tkir  ichak  kasalligiga  gumon 
qilinayotgan  bemorlarni  konsultaciya  qilish  masalalari  bo’yicha  uchastka 
terapevtiga  va  boshqa  mutaxassislarga  maslahat  beradi,  kerak  bo’lib  qolganda 
kasalliklarni tekshiradi, kasallikni o’tkir va surunkali shakllarida bemorlarni uyda 
davolanishiga ruxsat beradi. 
Profilaktik  ko’rikda  ishtirok  eta  turib,  yuqumli  kasalliklar  bilan  og’rigan 
bemorlarni  va  ular  bilan  muloqotda  bo’lgan  kishilarni  tekshiradi  va  kasallarini 
aniqlaydi.  Muhim  profilaktik  tadbirlarga  bakteriya  tashuvchilarni  o’z  vaqtida 
aniqlash va ularni sog’lomlashtirish ham  kiradi. Bakteriya  tashuvchilarni kasallik 
o’chog’ida  va  sog’lom  aholi  orasida  aniqlash  va  ularni  sog’lomlashtirish  ishlari 
bilan Shug’ullanadi. 
Yuqumli  kasalliklar  bilan  og’rigan  bemorlarga  diagnoz  qo’yishda  YUKK 
vrachi  biokimyoviy,  bakteriologik,  serologik  laboratoriya  usullari  natijalariga 
asoslanadi. Isitmalovchi bemorlardan qon olinib, bakteriologiya laboratoriyalarida 


 
55 
qonni  maxsus  ozuqali  moddalarga  ekilib,  qonning  tarkibida  ich  terlama 
kasalligining  bakteriyalari  bor  yoki  yo’qligi  aniqlanadi,  RNGA  (teskari 
gemaglyutinatsiya  reaksiyasi)  usulida  salmonellyozlarga  tekshiriladi  va  RSK 
(komplement  bog’lanish  reaksiyasi)  yordamida  rikketsiyalarga  tekshiriladi. 
DSENM  bilan  birgalikda  YUKK  o’ta  xavfli  yuqumli  kasalliklar  keng  tarqalgan 
mamlakatlardan qaytgan fuqarolarni va chet el fuqarolarini nazorat qilib turadilar. 
Bemorlarning idish-tovoqlarini, buyumlarini dezinfeksiya qilishni tashkillashtiradi 
va  aholi  o’rtasida  sanitariya-gigiyena  qoidalarini  targ’ib  qilishga,  sanitariya 
madaniyatini ko’tarishga vaqt ajratadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin