O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


O’latning tabiiy o’choqlarida o’tkaziladigan choralar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

O’latning tabiiy o’choqlarida o’tkaziladigan choralar 
 
O’latning  tabiiy  o’choqlari  mavjud  ekan,  ushbu  hududlarga  kelib-ketib 
turuvchi odamlarga yuqish xavfi yo’qolmaydi. 
O’latning  profilaktikasi  infeksiyaning  tabiiy  o’choqlardan  chiqishiga  qarshi 
chora-tadbirlar  ko’rish  va  ushbu  hududni  muntazam  nazorat  qilishdan  iborat 
bo’lmog’i kerak. 
Shu  bilan  birga  epizootiya  o’choqlari  ustidan  nazorat  ham  o’lat 
profilaktikasida  alohida  o’rin  tutadi.  Bu  ish  faqat  o’latga  qarshi  muassasalar 
ishigina bo’lib qolmay, sog’liqni saqlash sohasining barcha xodimlari bilan amalga 
oshiriladi.  Birinchi  kasallanish  va  epizootiyalarni  o’z  vaqtida  aniqlash,  nazorat 
qilish  bilan  bajariladi.  Bunda  amalga  oshiriladigan  profilaktik  chora  va 
tadbirlarning  tavsifi,  hajmi,  infeksiya  manbai  sinantrop  yoki  yovvoyi  kemiruvchi 
ekanligiga  bog’liqdir.  Ayrim  joylarda  o’lat  bilan  og’rigan  tuyalar  ham  bo’lishi 
ehtimolini e’tibordan chiqarmaslik kerak. Bu hollarda o’tkir infeksiya (o’lat) bilan 
kasallangan  va  qirg’inga  uchrayotgan  tuyalar  ustidan  qattiq  veterinariya  nazorati 
o’rnatilishi kerak. 
O’lat profilaktikasining muhim choralaridan biri hisoblangan kemiruvchilarni 
qirg’in  qilinishi  ular  zich  yashashi  orqali  paydo  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  o’lat 
epizootiyasining  oldini  olish,  paydo  bo’lgan  epizootiyani  to’xtatish  yo’li  bilan 
odamlarni  yuqishdan  himoya  qilish  hamda  ayrim  olingan  joylarda  tabiiy 
o’choqlarni butunlay yo’qotish maqsadlarida amalga oshiriladi. 
Tabiiy  o’choqlarda  ish  olib  borayotgan  xodim  emlangan  bo’lishi  hamda 
maxsus himoya libos (o’latga qarshi libos) bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. 
Respublikamizning o’latga qarshi muassasalarining ko’p yillik tajribasi Shuni 
ko’rsatdiki,  kemiruvchilar  orasida  epizootiyalar  shiddat  bilan    ketayotgan  paytda 
ham odamlarni o’lat yuqishidan saqlash mumkin. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin