O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Salmonellyozlar  antropurgik  o’choqli  infeksiya  bo’lib,  shartli  patogen 
salmonellalar  qo’zg’atuvchi  qator  o’tkir  ichak  yuqumli  kasalligidir. 
Salmonellyozlar  ichak  faoliyatining  buzilishi,  umumiy  intoksikatsiya,  isitma  va 
bakteriemiya  bilan  kechadigan  yakka,  guruhiy  hamda  epidemiya  holda 
uchraydigan kasallikdir. 
Infeksiya  manbai  bo’lib,  turli  hayvonlar,  bemor  odam  va  sog’lom  bakteriya 
tashuvchilar  hisoblanadi.  Hayvonlar  o’rtasida  qoramollar,  so’ngra  cho’chqalar, 
mayda  shoxli  hayvonlar,  otlar,  parrandalar  ayniqsa  suv  parrandasi  (o’rdak,  g’oz, 
dengiz  qushi)  katta  ahamiyatga  ega,  tustovuq,  tovuqlar  va  kemiruvchilar  ham  rol 
o’ynaydi. 
Ayniqsa inson tomonidan go’shti va boshqa mahsulotlari iste’mol qilinadigan 
hayvonlar  katta  xavf  tug’diradi.  Hayvonlar  o’rtasida  salmonellalarni  sog’lom 


 
66 
tashuvchilik  ko’proq  uchraydi.  Tekshiruv  o’tkazilgan  hayvonlarda  (cho’chqalarda 
24%,  muShuklarda  va  ayniqsa  itlarda  37%  va  hatto  70%  gacha)  sog’lom 
tashuvchilik qayd qilingan. Salmonellalar asosan ovqatlanish yo’li bilan go’sht va 
go’sht mahsulotlari, baliq, sut va sut mahsulotlari, tuxum orqali yuqadi. 
Salmonellyozlarda profilaktika choralari quyidagi yo’nalishlarda o’tkaziladi: 
1. So’yiladigan mollar ustidan veterinariya-sanitariya nazorati o’rnatish. 
2.  Mollarni  so’yish,  go’sht  va  boshqa  mahsulotlarni  saqlash  va  tashish 
jarayonida ozodalik qoidalariga rioya qilish. 
3.  Ayniqsa  tez  buzuluvchan  mahsulotlar  va  tayyor  taomlarni  tarqatishda 
pazandalik qoidalariga rioya qilish. 
4.  Ovqatlanish  sohasi,  bolalar  muassasalari  xodimlari  tomonidan  hamda 
ro’zg’orda ozodalik qoidalariga rioya qilinishi kerak. 
Zoonozlar  guruhiga  ornitozlar  ham  kiradi.  ORNITOZLAR  bu  virusli 
infeksiyalar  bo’lib,  yakka,  guruhiy  hamda  epidemiya  shaklida,  ko’proq  qushlar 
bilan  muloqotda  bo’ladigan  odamlar  o’rtasida  uchraydigan  isitma  va  zotiljam 
ko’rinishida o’tadigan kasallikdir. 
Infeksiya  manbai  bo’lib  har  xil  qushlar  xizmat  qiladi.  Ornitozning  odamga 
yuqishi  sinantrop  (uy)  parrandalari  va  qafasda  saqlanadigan  parrandalar  bilan 
muloqotda sodir bo’ladi (tovuq, o’rdak, kaptar, to’ti, kanareyka). 
Insonga  ornitoz  qushlardan  turli  yo’llar  bilan  infeksiya  qo’zg’atuvchisining 
og’izga,  konyuktivaga  tushishi  natijasida,  qushning  tuxumini  pishirmasdan 
iste’mol  qilganda,  qushlar  yumdalaganda  yoki  ifloslangan  havodan  nafas  olgan 
hollarda yuqishi mumkin. 
Ornitozning  profilaktikasi  -  veterinariya-sanitariya  va  tibbiyot-sanitariyasi 
tadbirlarning majmuasini amalga oshirishga asoslanadi. 
Muddati  6  oydan  kam  bo’lmagan  karantin  o’rnatiladi.  Karantin  mobaynida 
har xil vaqtda keltirilgan qushlar alohida saqlanishi kerak. 
Parrandachilik va qushlar parvarish qilinadigan xo’jaliklar va binolarda uy va 
yovvoyi qushlarning muloqoti cheklanmog’i lozim. 
Chorvachilikning  rivojlanishi,  cho’llarning  o’zlashtirilishining  kengayishi 
epidemik  nazoratni  kuchaytirish,  zoonozlarni  odamlarga  yuqishining  oldini 
oladigan  choralarning  samaradorligini  oshirish,  chorvachilik  xo’jaliklarida 
epizootik  vaziyatni  yaxshilashga  qaratilgan  tadbirlarni  amalga  oshirishni  taqozo 
etadi. Bularning barchasi epidemiologik nazoratni qo’llash bilan bajariladi. 
Epidemiologik 
nazorat 
zoonozlarda 
kasalliklarning 
dinamikasi, 
qo’zg’atuvchining  biologiyasi,  etiologiyasi,  geografiyasini,  hayvon-xo’jayin 
sifatida  kasallik  manbaini  tarqatuvchi  hashoratlarni  hamda  hayvonlar  va  odamlar 
orasida  tarqalgan  infeksiyaning  hududlarini  aniqlash  kabi  epidemik  jarayonning 
qismlarini o’z ichiga qamrab olgan holda o’tkazilishi lozim. 
 
 
 
 
 


 
67 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin