O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Burgalar.  Burga  rivojlanishi  4  bosqich:  tuxum,  qurtcha  (lichinka),  g’umbak 
va etilgan burga (imago)dan iborat. 
Ayrim  olingan  bosqichlarning  davomiyligi  tuxum,  qurtcha  va  g’umbaklar 
rivojlanayotgan  iqlim-sharoitlarga  bog’liqdir.  Odatda  issiq  sharoit  rivojlanish  va 
bosqichlarni  tezlashtirib,  sovuq  sharoit  sekinlatadi.  Burgalarning  rivojiga  havo 
harorati 20-25
0
S ga va nisbiy namlik 80-70% ga teng bo’lganda eng qulay sharoit 
hisoblanadi. 
Burgalar  infeksiyalarni  kemiruvchilardan  kemiruvchilarga,  kemiruvchilardan 
hayvonlarga  va  odamlarga  tarqatadilar.  O’zlari  kasallangan  kemiruvchi  qonini 
so’rganda  zararlanadilar.  O’lat  mikroblari  burga  qizilo’ngachining  me’da  oldi 
qismida  so’rilgan  qon  tarkibida  ko’payadi,  so’ngra  ular  bir-biriga  yopishib 
tugunsimon,  keyin  esa  yaxlit  yopishqoq  zichlikka  aylanib  butun  oshqozonga 
tiqinlanib  qoladi.  Hosil  bo’lgan  o’lat  tiqini  burgani  ichak  yo’lini  to’liq  berkitib 
qo’yadi.  Bu  burga  qaytadan  qon  so’rish  paytida  so’rish  natijasida  paydo  bo’lgan 
kichik jarohatga kekirish tufayli o’lat bakteriyasi o’tadi va Shu tarzda kemiruvchi 


 
70 
yoki odamga infeksiya yuqadi. 
Agar zikr etilgan o’lat tiqini bo’lmasa burgalar xavf tug’dirmaydi. O’lat tiqini 
hosil  qilishi,  ya’ni  o’latni  yuqtirishda  burgalarning  barcha  tur  va  oilalari 
vakillarining imkoniyatlari bir xil emas. 
Burga  oilasi  vakillari  ko’rsichqon,  kalamush  va  boshqa  kemiruvchilarda 
parazitlik  qilib  o’lat  infeksiyasini  tarqatishda  o’ta  faollik  ko’rsatadi.  Tabiiy 
o’choqlarda  o’lat  mikroblari  uni  tarqatuvchilari  va  manbalari  o’rtasida  ma’lum 
o’zaro bog’liqlik munosabati vujudga keladi. 
O’lat  mikrobi  kemiruvchi-manba  (tashuvchi)  hisobiga  tabiatda  saqlanib 
turadi. Tarqatuvchi (yuqtiruvchi) uchun ham kemiruvchi tanho manba hisoblanadi. 
O’lat enzootiyasi tabiiy o’choqlarda doim harakatda bo’lgan kemiruvchilar orasida 
uzluksiz  kechadigan  epizootiyalar  tufayli  mavjuddir.  Epidemiyalar  davrida 
qo’zg’atuvchilar burgalar organizmida ham jon saqlashi mumkin. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin