O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 149,26 Kb.
səhifə7/13
tarix29.08.2022
ölçüsü149,26 Kb.
#117655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
121 27.04.2011

o‘quv-mashq yig‘inlari — sportchilarni sport musobaqalariga va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlariga tayyorlash va ularda ishtirok etish, shuningdek ushbu tadbirlardan keyin tiklash maqsadida sportchilarning sport mahoratini oshirishga yo‘naltirilgan, sport yo‘nalishidagi, pedagogik va tarbiyaviy yo‘sindagi tashkil etilgan tadbirlar;
sport kurslari, seminarlari va konferensiyalarisportchilarning, trenyerlar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar;
sportchi — tanlagan sport turi yoki sport turlari bilan muntazam shug‘ullanadigan, doimo o‘zining sport mahoratini oshirib boradigan va sport tadbirlarida qatnashadigan jismoniy shaxs;
trener — trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan hamda o‘quv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazishni, shuningdek sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
sport hakami — sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini ta’minlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxs;
O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari — xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish uchun turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenyerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqa mutaxassislar, tibbiyot mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislar jamoalari;
sport terma jamoalari — turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenyerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqa mutaxassislar, tibbiyot mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislardan iborat bo‘lgan, musobaqalarga hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlariga tayyorlanish va ularda O‘zbekiston Respublikasi hududida qatnashish maqsadida tashkil etiladigan turli tashkilotlarning jamoalari (shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari);

Yüklə 149,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin