O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 22,41 Kb.
səhifə2/2
tarix04.06.2022
ölçüsü22,41 Kb.
#116623
1   2
807 23.12.2020

messenjer — foydalanuvchilarning onlayn rejimda Internet jahon axborot tarmog‘i orqali matn, audio, audiovizual va boshqa xabarlar va materiallar, boshqa ma’lumotlar orqali darhol almashish, tarqatish va uzatish, shuningdek ular o‘rtasidagi masofadan muloqot uchun mo‘ljallangan dastur, mobil ilova yoki veb-xizmat;
veb-sayt va (yoki) messenjerning sahifasi — veb-sayt va (yoki) messenjerning Internet jahon axborot tarmog‘idagi bir qismi (guruhlar, kanallar va boshqalar), unga kirish domen nomi va belgilaridan tashkil topgan ko‘rsatkich bo‘yicha, shuningdek nomi orqali amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan axborot resurslarida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlar aniqlanganda Markaz tomonidan 24 soatdan kechiktirmasdan axborot resurslari egasi, shuningdek blogerga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlarni olib tashlash to‘g‘risida xabarnoma (keyingi o‘rinlarda xabarnoma deb ataladi) yuboriladi.
5. Xabarnoma Markazning rasmiy axborot resurslari (elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjyerlardagi rasmiy sahifa) orqali elektron shaklda yuboriladi.
6. Xabarnomada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot joylashtirilgan axborot resursining nomi, axborot joylashtirilgan sana ko‘rsatiladi, taqiqlangan axborotga havola va uning ekrandagi tasviri nusxasi ilova qilinadi, shuningdek qo‘shimcha ravishda ushbu axborotni tarqatish uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilishi mumkin.
7. Axborot resursi egasi, shuningdek bloger xabarnomani olgan vaqtdan boshlab 24 soatdan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotni olib tashlashi, shuningdek bu to‘g‘rida Markazni uning rasmiy axborot resurslari orqali elektron shaklda yoki qog‘oz shaklida xabardor qilishi lozim.
8. Agar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot ushbu Tartibning 6-bandida ko‘rsatilgan muddatda axborot resursi egasi, shuningdek bloger tomonidan olib tashlanmasa, u holda O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki Markaz tomonidan ushbu axborotni olib tashlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot joylashtirilgan ijtimoiy tarmoq yoki messenjer ma’muriga yoki da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilinishi mumkin”.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/807/1665-son)

Yüklə 22,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin