41
Almashtirish usullari sifatida quyidagi usullar-ni keltirish mumkin:
- Sezar usuli;
- Affin tizimidagi Sezar usuli;
- Tayanch so‘zli Sezar usuli va boshqalar.
1. Sezar usulida almashtiruvchi harflar k ta siljish bilan aniklanadi. Yuliy Sezar bevosita k=3
bulganda ushbu usuldan foydalangan.
k=3 bo‘lganda va alifbodagi harflar m=26 ta bo‘lganda quyidagi jadval hosil qilinadi:
Misol.
Matn sifatida SAMARQAND so‘zini oladigan bo‘lsak, Sezar usuli natijasida quyidagi
shifrlangan yozuv hosil bo‘ladi: VDPDUTDQG.
2. Sezar usulining kamchiligi bu bir xil harflarning, o‘z navbatida, bir xil harflarga
almashishidir.
3. Affin tizimidagi Sezar usulida har bir harfga almashtiriluvchi harflar maxsus formula
bo‘yicha aniqlanadi: at+b (mod m), bu yerda a,b — butun sonlar, 0< a, b
Hozirgi vaqgda kompyuter tarmoqlarida tijorat axborotlari bilan almashishda uchta
asosiy algoritm-lar, ya’ni DES, CLIPPER va PGP algoritmlari qo‘llanilmoqda. DES va
CLIPPER algoritmlari integral sxemalarda amalga oshiriladi. DES algoritmining
kriptomustahkamligini quyidagi misol orqali ham baholash mumkin: 10 mln. AQSh dollari
xarajat qilinganda DES shifrini ochish uchun 21 minut, 100 mln. AQSh dollari xarajat
qilinganda esa 2 minut sarflanadi. CLIPPER tizimi SKIPJACK shifrlash algoritmini uz
ichiga oladi va bu algoritm DES algoritmidan 16 mln. marta kuchliroqtsir. PGP algoritmi
esa 1991 yilda Filipp Simmer-man (AQSh) tomonidan yozilgan va elektron pochta orqali
uzatiladigan xabarlarni shifrlash uchun ishlatiladigan PGP dasturlar paketi yordamida
amalga oshiriladi. PGP dasturiy vositalari Internet tarmog‘ida elektron pochta orqali axborot
jo‘natuvchi foydalanuvchilar tomonidan shifrlash maqsadida keng foydalanilmoqda.
PGP (Pretty Good Privacy) kriptografiya dasturining algoritmi kalitli, ochiq va yopiq
bo‘ladi.Ochiq kalit quyidagicha ko‘rinishni olishi mumkin:
EDF21pI4
BEGIN PGP PUBLIC KEY BLOCK
Version: 2.6.31
mQCNAzFHgwAAAEEANOvroJEWEq6npGLZTqssS5EScVUPV
aRu4ePLiDjUz6U7aQr
42
Wk45dIxg0797PFNvPcMRzQZeTxY10ftyMHL/6ZF9wcx64jy
LH40tE2DOG9yqwKAn
yUDFpgRmoL3pbxXZx91OOuuzlkAz+xU6OwGx/EBKYOKPTTt
DzSLOAQxLTyGZAAUR
tClCb2IgU3dhbnNvbiA8cmpzd2FuQHNlYXRObGUtd2Vid29ya
3MuY29tPokAlQMF
h53aEsqJyQEB6JcD/RPxg6g7tfHFiOQiaf5yaHOYGEVoxcd-
FyZXr/ITz
rgztNXRUiOqU2MDEmh2RoEcDs!fGVZHSRpkCg8iS+35sAz
9c2S+q5vQxOsZJz72B
LZl :FT7?fhC3fZZD9X91MsJH+xxX9CDx92xmllglMT25SOX
2o/uBA
END PGP PUBLIC KEY BLOCK—
Ushbu ochiq kalit bevosita Web sahifalarda yoki elektron pochta orqali ochiqchasiga
yuborilishi mumkin. Ochiq kalitdan foydalangan jo‘natilgan shifrli axborotni axborot
yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qiy olmaydi. PGP orqali shifrlangan axborotlarni
ochish uchun, superkompyuterlar ishlatilganda bir asr ham kamlik qilishi mumkin.Bulardan
tashqari, axborotlarni tasvirlarda va tovushlarda yashirish dasturlari ham mavjud. Masalan,
S-tools dasturi axborotlarni BMP, GIF, WAV kengaytmali fayllarda saklash uchun
qo‘llaniladi.Ba’zi hollarda yashirilgan axborotning hajmi rasmning hajmidan ko‘p bo‘lishi
ham mumkin, ya’ni olingan natija faqatgina tanlangan rasmga bog‘liq bo‘ladi.Kundalik
jarayonda foydalanuvchilar ofis dasturlari va arxivatorlarni qo‘llab kelishadi. Arxivatorlar,
masalan PkZip dasturida ma’lumotlarni parol yordamida shifrlash mumkin. Ushbu fayllarni
ochishda ikkita, ya’ni lug‘atli va to‘g‘ridan-to‘g‘ri usuldan foy dalanishadi. Lug‘atli usulda
bevosita maxsus fayldan so‘zlar parol o‘rniga qo‘yib tekshiriladi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri usulda
esa bevosita belgilar kombinatsiyasi tuzilib, parol o‘rniga qo‘yib tekshiriladi.
Ofis dasturlari (Word, Excel, Access) orqali himoyalash umuman taklif etilmaydi. Bu borada
mavjud dasturlar Internet da to‘siqsiz tarqatiladi.
Dostları ilə paylaş: