O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə192/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   356
Soliq kodeksi 2023

2661-modda. Soliq summalarini hisobga olishning ayrim o‘ziga xos xususiyatlari
Guvohnomasining amal qilishi to‘xtatib turilgan yoki tugatilgan yoxud bekor qilingan soliq to‘lovchi tomonidan haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasi hisobga olinmaydi. Mazkur hodisalar yuzaga kelganda, bunday soliq to‘lovchiga undan haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasi uning xaridorlarida ham hisobga olinmaydi.
Guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi munosabati bilan hisobga olish uchun qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasi guvohnomaning amal qilishi qayta tiklangan taqdirda, guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilgan sanadan e’tiboran soliq to‘lovchida va uning xaridorlarida hisobga olinadi (tuzatiladi).
(2661-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
267-modda. Hisobga olinmaydigan soliq summasi
Tovarlarni (xizmatlarni) olish (olib kirish) chog‘ida soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq summasi ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq quyidagi hollarda hisobga olinmaydi:
1) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalari ushbu bo‘limga muvofiq soliq solishdan ozod etilgan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun mo‘ljallangan asosiy vositalar, ko‘chmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar sotib olinganda (olib kirilganda);
2) tovarlar (xizmatlar) ushbu qismning 1-bandida ko‘rsatilgan asosiy vositalarni, ko‘chmas mulk obyektlarini qurish, modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va ta’mirlash uchun sotib olinganda;
3) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalari soliqdan ozod etilgan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun sotib olinganda;
4) tovarlar (xizmatlar) soliq to‘lovchi bo‘lmagan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sotib olinganda;
5) vakillik xarajatlari;
6) tovarlar (xizmatlar) bepul olinganda, bundan oluvchi ular bo‘yicha soliq to‘lagan hollar mustasno;
7) soliq to‘lovchining shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanishga mo‘ljallangan, ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda xarajatlar chegirib tashlanmaydigan tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 317-moddasi.
Soliq to‘lovchi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish chog‘ida to‘lagan soliq summalari quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish yoki olib kirish chog‘ida ham, agar bu tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmasa, hisobga olinmaydi:
1) yengil avtomobillarni, mototsikllarni, vertolyotlarni, motorli qayiqlarni, samolyotlarni, shuningdek motorli vositalarning boshqa turlarini va ular uchun yoqilg‘ini;
2) alkogol va tamaki mahsulotlarini.
Ushbu Kodeksning 268 — 270-moddalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, hisobga olinmaydigan soliq summasi sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 268 — 270-moddalari.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin