O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə224/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   356
Soliq kodeksi 2023

312-modda. Ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bo‘lim maqsadlarida yangi ilmiy yoki texnik bilimlar va g‘oyalarni olish maqsadida amalga oshirilgan original hamda rejali tadqiqotlar jumlasiga kiradigan xarajatlar ilmiy tadqiqotlarga doir xarajatlar deb e’tirof etiladi.
(312-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bo‘lim maqsadlarida yangi mahsulotni (tovarlarni, xizmatlarni) yaratish yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni (tovarlarni, xizmatlarni) takomillashtirishga, ishlab chiqarishni va boshqaruvni tashkil etishning yangi texnologiyalarini, usullarini yaratish yoki qo‘llanilayotganlarini takomillashtirish jumlasiga kiradigan xarajatlar tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlar deb e’tirof etiladi.
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlarga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yoki asoslantirilgan tarzda ushbu konstruktorlik faoliyati turlari jumlasiga kiritilishi mumkin bo‘lgan barcha xarajatlar kiritiladi.
(312-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchining ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlari, amortizatsiya qilinadigan aktivlarni olishga oid xarajatlardan tashqari, tegishli ilmiy tadqiqotlar va (yoki) tajriba konstruktorlik ishlanmalarining natijasidan qat’i nazar, ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda bunday tadqiqotlar va ishlanmalar (xizmatlarning alohida bosqichlari) tugallangan va (yoki) qabul qilish-topshirish dalolatnomasini taraflar imzolaganidan keyin 2-koeffitsiyent qo‘llanilgan holda chegirib tashlanadi.
(312-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-722-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son)
Agar soliq to‘lovchi ilmiy tadqiqotlar va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalari yuzasidan amalga oshirilgan xarajatlar natijasida intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mutlaq huquqlarni olsa, mazkur huquqlar nomoddiy aktivlar deb e’tirof etiladi. Bunday holda ko‘rsatilgan xarajatlar ushbu Kodeksning 307-moddasida nazarda tutilgan tartibda chegirib tashlanadi.
Ushbu moddaning qoidalari shartnoma bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini ijrochi (pudratchi yoki subpudratchi) sifatida bajaruvchi soliq to‘lovchilarning xarajatlarini soliq solish maqsadlarida e’tirof etishga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 307-moddasi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin