O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə247/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   356
Soliq kodeksi 2023

Qarang: mazkur Kodeksning 59-moddasi.
Ushbu modda birinchi qismining 8-bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar, agar ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 90 foizini tashkil etsa, 7,5 foiz miqdoridagi soliq stavkasini qo‘llashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘shimcha manbalardan daromad oluvchi budjet tashkilotlari, basharti bo‘shatilayotgan mablag‘lardan qonunchilikda belgilangan tartibda budjet tashkilotlarining moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlash, o‘z xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun maqsadli tarzda foydalansa, 2024-yilning 1-yanvariga qadar 0 foiz miqdoridagi soliq stavkasini qo‘llaydi.
(337-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zida ishlovchilarning umumiy o‘rtacha yillik sonining 3 foizidan ko‘prog‘i nogironligi bo‘lgan shaxslarni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi ushbu moddada belgilangan normadan ortiqcha ishga joylashtirilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning har bir foiziga soliq stavkasining bir foizi hisobidan kamaytiriladi.
(337-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 6-bandida nazarda tutilgan 0 darajali foiz miqdoridagi soliq stavkasini soliq to‘lovchilar tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olinadigan daromadlar qismida qo‘llaydi, bundan faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi norezidentlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar mustasno.
(337-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2022-yil 1-noyabrdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Tovarlar eksport qilinganda, shu jumladan tovar vositachi (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilinganda, 0 darajali foiz miqdoridagi soliq stavkasi soliq to‘lovchilar tomonidan, ushbu Kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tovarlarning eksportini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda, qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 261-moddasi.
Tovarlar eksport qilinganda, 0 darajali foiz miqdoridagi soliq stavkasi soliq to‘lovchilar tomonidan, tovarlarni chet el valyutasida eksport qilish yuzasidan daromadlar tovarlar (xizmatlar) eksportga chiqarilgan kundan e’tiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida kelib tushmagan taqdirda, qo‘llanilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagilar ushbu modda birinchi qismining 12-bandida belgilangan soliq stavkasini 50 foizga pasaytirishga haqli:
2022-yil 1-sentabrdan keyin ilk marotaba soliq to‘lashga o‘tgan aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar — soliq to‘lovchi soliq to‘lashga o‘tgan yildan keyingi bir soliq davri mobaynida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladigan soliq davrida soliq to‘lovchining jami daromadi o‘n milliard so‘mdan oshmasa;
2022-yil 1-sentabrdan keyin jami daromadi joriy soliq davri mobaynida ilk marta o‘n milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar — joriy soliq davri va keyingi soliq davri mobaynida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladigan soliq davrlarida jami daromadi yuz milliard so‘mdan oshmasa.
Bunda ushbu modda o‘n birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar soliq bazasini jami daromadning 25 foizi miqdorida soddalashtirilgan tartibda aniqlashga haqli.
Ushbu moddaning o‘n birinchi qismida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni va aksiz solig‘ini to‘lovchilarga nisbatan, shuningdek soliq to‘lovchi tugatilgan hollarda va (yoki) berilgan pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyekti o‘rtasida soliq to‘lovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (bo‘lish) faktlari aniqlangan taqdirda, tatbiq etilmaydi.
(337-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi — o‘n uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 6-bandi qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
(337-moddaning o‘n to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
1) ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan xomashyo tovarlar eksportiga;
2) xalqaro tashishlar xizmatlariga, bundan avtotransportda tashishlar mustasno;
3) tovarlarni quvurlar orqali va gaz quvurlari orqali tashish bo‘yicha xizmatlarga.
Foydali qazilmalarni qazib olish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan ayrim soliq to‘lovchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan oshirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin