O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Ixtiyoriy ravishda soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə296/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   356
Soliq kodeksi 2023

409-modda. Ixtiyoriy ravishda soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar soliqni jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, soliqni ixtiyoriy ravishda to‘lash haqida jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy asosda to‘laydi.
(409-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan soliqni to‘lash jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya ma’lumotlari bo‘yicha soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash muddatlarida amalga oshiriladi.
XV BO‘LIM.
MOL-MULK SOLIG‘I

59-bob. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
410-modda. Soliq to‘lovchilar
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar e’tirof etiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksning 411-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti hisoblanuvchi mol-mulkka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2) O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar.
Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, ushbu mulkka egalik qiluvchi va (yoki) undan foydalanuvchi shaxs soliq to‘lovchi hisoblanadi.
Agar yuridik shaxs ko‘chmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizing) olgan bo‘lsa, u ham soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 411-moddasi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin