O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"___peregonning___yo’lidagi avtoblokirovkaning nosozligi bartaraf etildi. Avtomatik blokirovka bo’yicha poezdlar harakati tiklandi. DSP___"



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə11/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
ИДП лотинча графикада

"___peregonning___yo’lidagi avtoblokirovkaning nosozligi bartaraf etildi. Avtomatik blokirovka bo’yicha poezdlar harakati tiklandi. DSP___".


46. Agar ikki yo’llik peregon har bir yo’l bo’ylab ikki yo’nalishda harakat uchun avtoblokirovka bilan jihozlanmagan bo’lsa, shu jumladan lokomotiv svetoforlari signallari bilan ham boshqarilmasa, poezdlarni noto’g’ri yo’l bo’ylab jo’natishdan avval ushbu yo’ldagi avtoblokirovkaning amal qilishi to’xtatiladi va mashinistlarga yo’l xatlari (qog’ozlari) berilib, poezdlar harakati telefon aloqasi vositasida o’rnatiladi.


MUSTAQIL SIGNALIZATSIYA VA ALOQA VOSITASI SIFATIDA
QO’LLANADIGAN AVTOMATIK LOKOMOTIV SIGNALIZATSIYASIDA
POEZDLARNING HARAKATLANISH TARTIBI


47. Texnikaviy foydalanish qoidalarining 257-bandiga binoan, ayrim uchastkalarda mustaqil signalizatsiya va aloqa vositasi sifatida avtomatik lokomotiv signalizatsiya qo’llanishi mumkin.
Temir yo’llarning mustaqil signalizatsiya va aloqa vositasi sifatida avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan uchastkalarida poezdlarning ikki yo’nalishda harakati (shu jumladan, ikki yo’llik peregonning har bir yo’li bo’ylab) lokomotiv svetoforlarining signallariga binoan amalga oshiriladi.
Peregonlarda blok-uchastkalarning chegaralari sifatida yorug’lik qaytargichli va blok-uchastka nomeri aks etgan raqamli, literli ko’rsatkichi bo’lgan "Blok-uchastka chegarasi" yozuvli belgilar xizmat qiladi.
Bunday uchastkalarda harakatni tashkil qilish prinsipi avtomatik blokirovkadagi harakat singaridir.


48. Poezd uchun lokomotiv svetoforida tegishli ko’rsatma mavjud bo’lganda chiqish svetoforining ruxsat ko’rsatmasi birinchi blok-uchastkani band etishga, lokomotiv svetoforning ruxsat ko’rsatmasi esa keyingi blok-uchastkalarni band etishga ruxsat bo’lib xizmat qiladi.


49. Poezdni peregonda yuritish tartibi ushbu Yo’riqnomaning 21-bandida belgilangan singari amalga oshiriladi. Chiroqlari o’chgan ogohlantirish (kirish oldi) svetoforidan lokomotiv svetoforining ko’rsatmalariga binoan to’xtamasdan o’tishga ruxsat etiladi.


50. Stansiyalar bo’yicha poezdlarni qabul qilish, jo’natish va o’tkazish ushbu bobda bayon etilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunda quyidagi qo’shimcha shartlar bajarilishi lozim:
a) bir yo’llik peregonda va ikki yo’llik peregonning har bir yo’li bo’ylab harakat yo’nalishini o’zgartirish asosiy rejimda poezd dispetcherining og’zaki ko’rsatmasi, yordamchi rejimda esa poezd dispetcherining har ikkala stansiya navbatchilariga beradigan qayd etiluvchi buyrug’i asosida amalga oshiriladi;
b) chiqish guruh svetoforlarining marshrut ko’rsatkichlari yoki takrorlovchilari nosozligida, yohud poezdning oldi takrorlovchi svetofordan tashqarida bo’lsa, chiqish guruh svetofori ochiq hollarda poezdni jo’nashiga ruxsat lokomotiv mashinistiga radio aloqa orqali quyidagi shaklda qayd etiluvchi buyruq bilan uzatiladi:



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin