O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"№ ... poezd ... soat .... minutda jo’nab ketdi (o’tdi)"



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə2/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
ИДП лотинча графикада

"№ ... poezd ... soat .... minutda jo’nab ketdi (o’tdi)".

Poezdda temir yo’llar bo’ylab xavfli yuklarni tashish qoidalarida sanab o’tilgan 1 klassli xavfli yuk (portlovchi moddalar) (keyinchalik - 1 klassli (VM) xavfli yuklar) ortilgan vagonlar bo’lsa, xabar qilishda uning nomeriga "VM" harfi qo’shib aytiladi (masalan, "2783VM"). Shuningdek, quyidagi turdagi poezdlar jo’naganida (o’tganida) ham uning nomeriga tegishli harflar qo’shib xabar qilinadi: bir mashinist xizmat ko’rsatadigan yo’lovchi poezdlarga "M", og’ir yukliga "T", uzun tarkibliga "D", og’irligi oshirilganiga "PV", uzunligi oshirilganiga "PD", birlashtirilganiga "SP". Nogabaritli yuk ortilgan poezdlar jo’natilganida poezdning nomeriga "N" harfi va "-" belgisidan so’ng, temir yo’l iz eni 1520 mm bo’lgan temir yo’llar bo’ylab nogabarit yuklarni tashish bo’yicha Yo’riqnomada belgilangan, yukning nogabaritligi zonasi va darajasini tavsiflovchi raqamli indeks qo’shib xabar qilinadi (masalan, 2785N-0430).


Poezdning kelgani (qaytgani) to’g’risida quyidagi shaklda xabar qilinadi:


"№ ... poezd ... soat ... minutda keldi (qaytdi)".

Poezd suruvchi lokomotiv bilan harakatlanayotgan bo’lsa, jo’nashi va yetib kelishi to’g’risidagi xabarlarga "suruvchi bilan" so’zlari qo’shib aytiladi.


Avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo’llik uchastkalarda to’g’ri yo’ldan harakatlangan poezdning qo’shni (ortda qolgan) stansiyaga kelgan vaqtini xabar qilmasa ham bo’ladi. Bu holda poezdlar harakati jurnalida qo’shni oldinda joylashgan stansiyaga poezdning kelishi vaqti ko’rsatilmaydi.
Avtoblokirovka bilan jihozlangan jadal harakatli ikki yo’llik uchastkalarda faqatgina grafikdan chetga chiqib harakatlanayotgan poezdlarning yetib kelishi, jo’nashi va o’tishi xaqida stansiyadan stansiyaga xabar qilinishi, poezd dispetcheriga esa, bundan tashqari, uchastkada joylashgan har bir stansiyadan emas, faqat ayrimlaridan xabar berilishi belgilanishi mumkin. Ushbu tartib odamlarni tashish uchun mo’ljallangan (keyinchalik - odamli poezdlar) yuk poezdlari va nomerlariga tegishli harf va raqamli indeks qo’hiladigan poezdlarga taaluqli emas.
Ijro etilgan harakat grafigini avtomatik yozish qurilmalari bilan jihozlangan ikki yo’llik va bir yo’llik uchastkalarda ham poezdlarni kelishi, jo’nashi va o’tishi to’g’risida poezd dispetcheriga xabar berishning yuqoridagi kabi tartibi joriy qilinishi mumkin. Bunday uchastkalarning ro’yxati va poezdlarni kelishi, jo’nashi va o’tishi xaqida xabar berish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
Har bir poezdning xaqiqatda jo’nagan, kelgan yoki o’tgan vaqtini stansiya navbatchisi (stansiya navbatchisi huzuridagi operator) poezdlar harakati jurnalida qayd etishi shart, bunda tegishli harf yoki indekslar qo’shilgan poezdlarning nomerlari, jurnalda ham shu harf va indekslar bilan yoziladi.


12. Yo’llar, strelkali o’tkazgichlar, SSB, aloqa va kontakt tarmog’i qurilmalarini nosozligini (shaxsan yoki xodimlar bergan ma'lumotlarga asosan) aniqlagan stansiya navbatchisi bu to’g’rida yo’llar, strelkali o’tkazgichlar, SSB, aloqa va kontakt tarmog’i qurilmalarini ko’rikdan o’tkazish jurnali (keyinchalik - ko’rik jurnali)ga yozuv kiritishi va tegishli yo’l, signalizatsiya va aloqa distansiyasining ushbu qurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi xodimiga (yo’l ustasi, elektromexanik va h.z.) va navbatchi muhandisiga (dispetcheriga) xabar berishi lozim.
Bundan tashqari, harakat xavfsizligiga tahdid solishi yoki poezdlar harakatini to’xtatib qolishi mumkin bo’lgan texnik qurilmalarning har qanday nosozligi xaqida stansiya navbatchisi poezd dispetcheriga ham xabar qilishi lozim.
Nosozlik tegishli xodim tomonidan bartaraf etilgani xususida ko’rik jurnalida ushbu xodim va stansiya navbatchisining imzosi bilan tasdiqlangan yozuv kiritiladi.
Poezd radio aloqasining nosozligi yuzaga kelgan holda lokomotiv (motorvagon poezdi), maxsus o’zi yurar harakat tarkibi mashinisti bu xaqda poezd dispetcheri yoki stansiya navbatchisiga eng yaqin joylashgan alohida punkt yoki pereezddan (mashinist yordamchisi, konduktor, yo’lovchi poezd boshlig’i (mexanik-brigadari) va boshqalar orqali) xabar berishi va peregonni chegaralovchi stansiya navbatchilari tomonidan uzatiladigan poezd dispetcheri buyrug’i bo’yicha, lokomotiv ajratilmasdan poezd radio aloqasi qurilmalari almashtirilishi (ta'miri) yoki lokomotiv almashtirilishi yoki yo’lovchi poezdi lokomotivi bir mashinist bilan boshqarilganda yordamchi lokomotiv talab etilishi amalga oshiriluvchi eng yaqin joylashgan stansiyagacha harakatlanishi kerak.
Agar SSB qurilmalarining nosozligi taklif signali knopkasidan plombani uzish bilan bog’liq bo’lsa, ko’rik jurnaliga kiritiladigan yozuvda taklif signalining plombasi uzilgani ham ko’rsatiladi, masalan:



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin