O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


DSP __________ (stansiya nomi va imzo)"



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə38/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100
ИДП лотинча графикада

DSP __________ (stansiya nomi va imzo)".


178. Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamay qolgunga qadar aloqa to’xtashi bilan poezdlarni jo’natishga ustunlik xuquqini qo’lga kirituvchi stansiya navbatchisi tomonidan o’rtalaridagi aloqa uzilgan stansiyalar chegaralovchi peregonga ustun bo’lmagan (juft) yo’nalishdagi poezdni jo’natishga rozilik berilgan bo’lsa, peregon ushbu poezdning yetib kelishi yoki qo’shni stansiya (post)dan poezdning jo’natilmasligi to’g’risida xabar olinmaguncha peregon band hisoblanadi.
Rozilik juft yo’nalishdagi poezdni tutashuv postiga jo’natish uchun berilgan bo’lsa, peregon poezdning yetib borganligi va tutash yo’lga o’tkazilganligi to’g’risida xabar kelguncha band hisoblanadi.


179. Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamay qolgunga qadar yordamchi post navbatchisiga tutash yo’ldan toq yo’nalishdagi poezdni jo’natishga ruxsat berilgan bo’lib, navbatchidan ushbu poezd jo’natilganligi to’g’risida xabar olingan bo’lsa, aloqa uzilganidan so’ng, peregonga ustun yo’nalishda poezdlarni jo’natadigan stansiya navbatchisi peregonning postdan stansiyagacha bo’lgan qismini jo’natilgan poezd bosib o’tishi uchun zarur bo’lgan vaqtga uch minut qo’shib hisoblangan vaqt oralig’idan so’ng, qo’shni stansiyaga shu yo’nalishda birinchi poezdni yuborishga ruxsat etiladi.
Tutashuv postidan toq yo’nalishda poezd jo’natilgani to’g’risida xabar olinmagan bo’lsa, peregon post navbatchisidan poezd jo’natilganligi va tutashuv strelkasi asosiy yo’l bo’ylab o’rnatilganligi yoki poezdning jo’natilishi kechiktirilganligi to’g’risida xabar olingunga qadar band hisoblanadi.
Aloqa uzilgunga qadar tutashuv postidan yana tutashuvga qaytadigan poezdning jo’natilishi kelihilgan holatlarda ham, postdan tegishli xabar olingunga qadar, peregonga poezdlarni jo’natish taqiqlanadi.


180. Aloqa uzilishi bilan ustun yo’nalishda birinchi poezdni jo’natish xuquqini oladigan stansiya navbatchisiga aloqa uzilgunga qadar poezdni jo’natishga ruxsat berilgan bo’lsa, ushbu yo’nalishda poezdni jo’natish bilan bir paytning o’zida u qo’shni stansiya navbatchisi bilan yozma aloqa o’rnatishi shart.


181. Signalizatsiya va aloqani tegishli vositalarining amal qilishi tiklangandan so’ng, ushbu aloqa turlari bo’yicha poezdlarning harakati avvaldan peregonning bo’shligini tekshirib ko’rishi lozim bo’lgan poezd dispetcherining buyrug’i bilan amalga oshiriladi.


182. Signalizatsiya va aloqa vositalarining faoliyati dispetcherlik aloqasidan oldin tiklansa, ustun yo’nalishda poezdlarni jo’natish xuquqiga ega stansiya navbatchisi qo’shni stansiyaga quyidagi shaklda telefonogramma uzatadi:



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin