O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"____" __________ 20___ y. soat ____ min ____. Navbatchilikni qabul qildim. DSP _____ (imzo)



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə4/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
ИДП лотинча графикада

"____" __________ 20___ y. soat ____ min ____. Navbatchilikni qabul qildim. DSP _____ (imzo).


"____"___________20___ y. soat ___ min ____. Navbatchilikni topshirdim. DSP ______ (imzo).

Navbatchilikni qabul qilish va topshirish to’g’risidagi matndan avval, hisoblagichlarning (poezdlar kelishini nazorat qiluvchi, taklif signallari yoki marshrutni sun'iy bo’lish qurilmalarini sun'iy ishlab ketishining hisoblagichlari mavjud holatda) ko’rsatmalari, shuningdek, stansiya navbatchisi postidagi qat’iy nazorat ro’yxatiga kiruvchi anjomlar mavjudligi yoziladi.




15. Navbatchilikni qabul qilgandan keyin stansiya navbatchisi quyidagilarni bajarishi shart:
a) poezd tuzuvchilari, stansiya markazlashtirish posti navbatchilari, markazlashtirish posti operatorlari, strelkali postlar navbatchilari, signalchilar va boshqalarni ishga chiqqanliklarini tekshirish;
b) ushbu xodimlar orqali ular xizmat ko’rsatayotgan ish joylarining ahvolini, ayniqsa, stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktiga muvofiq harakat tarkibi to’g’ri mahkamlanganligini tekshirish;
v) kamchiliklar mavjud bo’lsa, normal ishni va harakat xavfsizligini ta'minlash uchun zarur choralarni ko’rishi, zarurat hollarida bu xususda stansiya boshlig’iga xabar berishi.


16. DATK boshqaruvi raisi tomonidan ayrim alohida punktlarda tashishlarni tashkil qilish boshqarmasining navbatchi xodimlari shtati tugatilganda, SSB qurilmalarining mavjud tizimiga bog’liq holda bunday alohida punktlarda poezdlarni qabul qilish, jo’natish va manyovrlar bajarishning belgilangan tartibi o’rnatilishi lozim.


2-BO’LIM


POEZDLAR HARAKATI
VA MANYOVR ISHLARI


1-bob. POEZDLARNING AVTOMATIK
BLOKIROVKADA HARAKATI


17. Ikki yo’nalishda harakatlanish uchun avtoblokirovka bilan jihozlangan bir yo’llik peregonlarda, poezdlarning harakati ikkala yo’nalishda ham amalga oshiriladi.
Har bir yo’l bo’ylab hoh bir tomonlama, hoh ikki tomonlama avtoblokirovka o’rnatilgan ikki yo’llik peregonlarda, juft poezdlarning harakati bir yo’ldan, toqlariniki esa boshqa asosiy yo’ldan amalga oshirilib, ularning har biri shu yo’nalishdagi poezdlar uchun to’g’ri yo’l hisoblanadi.
Ikki tomonlama avtoblokirovka o’rnatilgan ikki yo’llik peregonlarda, agar yo’llarning har biri asosan bir yo’nalishda harakatlanadigan poezdlarni o’tkazishga mo’ljallanmagan bo’lsa, ushbu yo’llarning har biri bo’ylab bir yo’llik harakat qoidalariga rioya etgan holda, ikki tomonga ham harakat amalga oshirilishi mumkin.
Bunday va ko’p yo’llik peregonlarda har bir asosiy yo’l bo’ylab harakat tartibi temir yo’l hududida DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin