"№ _____ poezdni stansiyadan noto’g’ri yo’l bo’ylab jo’nating".
Noto’g’ri yo’l bo’ylab birin-ketin ikkita yoki undan ko’p poezd o’tkazilganda buyruq matni shunga muvofiq o’zgartiriladi. Peregonda yo’l postlari mavjud bo’lsa, zarur holatda ulardan noto’g’ri yo’l bo’ylab bir yo’nalishda harakatlanayotgan poezdlarni chegaralash uchun foydalanish mumkin, bu ham poezd dispetcherining buyrug’ida ko’rsatiladi.
Noto’g’ri yo’ldan poezdni o’tkazish xaqidagi buyruqni olganidan so’ng stansiyalar navbatchilari dispetcherning nazorati ostida ushbu Yo’riqnomaning 165-bandida ko’rsatilgan shakllar bo’yicha telefonogrammalar bilan almashadilar.
Yo’l postlari navbatchilari (bir yo’llik peregonlarda ikki yo’llik tutashma postlar va uzel oldi postlar bundan mustasno) noto’g’ri yo’l bo’ylab poezdlar harakati to’g’risidagi so’zlashuvlarda ishtirok etmaydilar, ammo poezdning jo’natilganligi xaqida telefon orqali xabardor qiladilar va uning o’tish vaqtini poezdlar harakati jurnalida qayd etadilar.
Yo’l postlarida chegaralash usuli bilan noto’g’ri yo’ldan birin-ketin bir nechta poezd jo’natilganda ushbu postlarning navbatchilari qo’shni stansiyalarga poezdlar o’tgani xaqida quyidagi shaklda xabar beradilar:
"№____ poezd noto’g’ri yo’l bo’ylab __ soat__ minutda o’tdi. Post DSP si ____ ".
Olib qo’yiladigan harakat birliklarini bir tomonlama to’siq qo’llanadigan, bir tomonlama blokirovkalik ikki yo’llik elektrlashtirilgan uchastkalarda regulirovka tartibida noto’g’ri yo’ldan poezd jo’natilishini poezd dispetcheri oldinroq energodispetcher bilan kelishishi shart. Bunday uchastkalarning ro’yxati DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
Ikki tomonlama blokirovka bilan, shuningdek, lokomotiv svetoforlari signallariga asosan noto’g’ri yo’ldan poezdlarning harakatini ta'minlaydigan qurilmalar bilan jihozlangan ikki yo’llik peregonlarda poezdlar noto’g’ri yo’ldan poezd dispetcherining og’zaki ko’rsatmasi va blokirovka tegishli yo’nalishga o’tkazilgandan so’ng jo’natiladi.
288. Faqat to’g’ri yo’l bo’ylab harakatlanayotgan poezdlar uchun avtomatik qurilmalari bo’lgan pereezdlar, shuningdek, tutuvchi berk yo’llarga ega bo’lgan peregonlarning ro’yxati DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi, bunda ushbu peregonlarga poezdlar noto’g’ri yo’ldan jo’natilganda harakat xavfsizligini ta'minlash uchun ko’riladigan zarur choralar ham ko’rsatiladi. Ushbu buyruqda har bir jo’natilgan poezd to’g’risida pereezd navbatchilarini xabardor qilish tartibi ko’zda tutilishi lozim. Poezd lokomotivlari, maxsus o’zi yurar harakat tarkibining mashinistlari va boshqa aloqador xodimlar buyruq bilan tanishtirilishlari kerak.
Regulirovka tartibida noto’g’ri yo’ldan jo’natilayotgan poezd mashinistlari bir tomonlama avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan pereezdlardan: bitta navbatchi xodim xizmat ko’rsatadiganlaridan - 40 km/soat dan ortiq bo’lmagan, navbatchi xodim xizmat ko’rsatmaydiganlaridan esa - 25 km/soat dan ortiq bo’lmagan tezlikda o’tishlari shart. Pereezddan yetakchi lokomotiv o’tganidan keyin, machinist harakat tezligini oshirish, hattoki ushbu peregon uchun belgilangan miqdorgacha oshirish xuquqiga ega.
289. Poezd noto’g’ri yo’ldan yetib kelganligi xaqida stansiyadan xabar olingandan so’ng poezd dispetcheri peregondagi normal harakatni quyidagi shaklda buyruq uzatib tiklaydi:
"____ sanadagi № _____ buyruq bekor qilinadi. Peregonning _____ yo’li bo’ylab __ soat __ minutdan boshlab ______ (juft yoki toqligi ko’rsatiladi) poezdlar harakati _________ (signalizatsiya va aloqa vositasi ko’rsatiladi) orqali tiklanadi".
290. Harakat grafigida ko’zda tutilmagan ravishda (odamlarni tushirish va chiqarish, yuklarni ortish va tushirish uchun) peregonda to’xtaydigan poezdni stansiyadan jo’natish zarurligida, ushbu poezd qo’shni stansiyaga boradigan yoki jo’natilgan stansiyasiga qaytadigan bo’lsa, poezd holatidan kelib chiqib poezd dispetcheri peregonni chegaralovchi stansiyalarga poezdning jo’nash va peregonni egallash vaqtini ko’rsatib, ruxsat beradi.
Bunday poezdlar jo’natilganda lokomotiv mashinistlariga, shuningdek, odamlarni chiqarish va tushirish, yuklarni ortish va tushirishga rahbarlik qilayotgan xodimlarga tegishli ogohlantirishlar taqdim etiladi. Peregonda to’xtagandan so’ng ushbu poezdlarning mashinistlari harakatni yuqorida ko’rsatilgan xodimlarning signallariga asosan davom ettiradilar.
Poezd dispetcheri yoki uning ko’rsatmasiga binoan stansiyalar navbatchilari, peregonga keyingi yo’ldosh poezdlar jo’natilganda, bu poezdlar mashinistlarini radio aloqa orqali poezdning grafikda belgilanmagan to’xtash joyi xaqida kilometr va piketni ko’rsatib xabarlashlari kerak.
Yopilgan peregonlar (yo’llar)ga xo’jalik poezdlari, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi ushbu Yo’riqnomaning 8-bobida belgilangan tartibda jo’natiladi.
291. Poezdlar harakatida u yoki bu peregon (yo’lda) signalizatsiya va aloqa vositalarining nosozligi to’g’risida xabar olgan poezd dispetcheri uni dispetcherlik farmoyishlari jurnaliga yozib qo’yadi va stansiyalar navbatchilari orqali peregon (yo’l)ning bo’shligini tekshirib, harakatni telefon aloqa vositalari orqali o’rnatilishi to’g’risida quyidagi shaklda buyruq beradi:
"Peregonda (yoki peregonning ________ yo’lida) falon aloqa vositalarining nosozligi tufayli __ soat __ minutdan boshlab poezdlar harakati _______ (bir yoki ikki yo’llik) harakat qoidalariga binoan telefon aloqa vositalariga o’tkaziladi, peregon poezdlardan bo’sh. DNS ______ imzo".
292. Peregonda yo’l postlari mavjud bo’lganda poezd dispetcherining aloqaning bir turidan ikkinchisiga o’tilishi xaqidagi buyrug’i postlar navbatchilariga ham uzatiladi, bunda sharoitdan kelib chiqib aloqaning boshqa turiga butun stansiyalararo peregonda yoki har bir bo’sh postlararo peregonda alohida o’tilishi mumkin.
293. Signalizatsiya va aloqa vositalarining faoliyati tiklanganligi to’g’risida xabarnoma olgan poezd dispetcheri uni dispetcherlik farmoyishlari jurnaliga yozib qo’yadi va stansiyalar navbatchilari orqali peregon (yo’l)ning bo’shligiga ishonch hosil qilganidan so’ng peregonni chegaralovchi stansiyalarga quyidagi shaklda buyruq beradi:
"№_____ buyruq bekor qilinadi. ___ soat ____ minutdan boshlab __________ peregonda (peregonning _____ yo’lida) poezdlar harakati ____________ (signalizatsiya va aloqa vositasi ko’rsatiladi) orqali tiklanadi".
Ko’rsatilgan vaqtdan boshlab stansiyalar poezd dispetcherining buyrug’ida ko’zda tutilgan aloqa turiga o’tadilar.
Bir yo’nalishda harakatlanish uchun avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo’llik peregonlarda avtoblokirovka faoliyatini tiklash xaqidagi buyruq peregon to’g’ri yo’nalishda jo’natilgan poezdlardan bo’shatilmasdan berilishi mumkin.
294. To’liq sutka davomida ishlamaydigan alohida punktlar yoki yordamchi postlarni ochilishi yoki yopilishi DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i tomonidan tasdiqlanadigan tartibga binoan amalga oshiriladi va peregonni chegaralovchi stansiyalarga uzatiladigan poezd dispetcherining quyidagi shakldagi buyrug’i bilan rasmiylashgiriladi:
Dostları ilə paylaş: |