O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


-bob. SEMAFORLARNI QO’LLASH TARTIBI



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə79/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100
ИДП лотинча графикада

15-bob. SEMAFORLARNI QO’LLASH TARTIBI


411. Kirish, chiqish, o’tish va to’sish semaforlarini doimiy signallar sifatida faqat avtomatik blokirovka bilan jihozlanmagan va strelkalari elektr markazlashtirilmagan stansiyalarda qo’llash ruxsat etiladi.
Texnikaviy Foydalanish Qoidalarida doimiy signallar uchun ko’zda tutilgan umumiy talablar asosida semaforlarni o’rnatish joyi aniqlanadi.


412. Semafor machtadan va o’tish yuqori qismida o’rnatilgan, machtaga nisbatan gorizontal yoki yuqoriga 1350 burchak ostida ko’tarilgan holatni egallashi mumkin bo’lgan qanotdan iborat. Qanotning gorizontal holati semaforni taqiq ko’rsatmasiga, yuqoriga ko’tarilgani esa - ruxsat ko’rsatmasiga mos keladi.
Kechasi semafor qanotining holati (gorizontal yoki ko’tarilgani) tegishli signal chiroqlari bilan ko’rsatiladi.


413. Zarur holatlarda ikki qanotli semaforlar qo’llanilishi mumkin. Semaforning ikkinchi qanoti machtaga nisbatan normal o’rnatiladi.
414. Bir qanotli semaforlar bilan quyidagi signallar beriladi:
a) "Yo’l ochiq" - kunduzi oq rangda 1350 ga ko’tarilgan qanot, kechasi esa - bitta yashil chiroq (1-rasm).
Bu taxlit stansiyada to’xtashga tayyor poezd asosiy yo’lga qabul qilinganda kirish semaforlari, shuningdek, chiqish, o’tish va to’sish semaforlari signal beradi;
b) "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi" - kunduzi semafor qanotining gorizontal holati, kechasi - qizil chiroq (2-rasm).


1- rasm 2-rasm


415. Ikki qanotli semaforlar bilan quyidagi signallar beriladi:
"Poezdga tutash yo’lga Jo’nashga ruxsat beriladi" - chiqish semaforlarida kunduzi ikki qanoti yuqoriga 1350 ga ko’tarilgan holda, kechasi - yashil va sariq chiroqlar (3-rasm).


416. Tunda kirish semaforlari qanotlari holatini stansiya tomonidan nazorat qilish uchun nazorat chiroqlari xizmat qiladi. Semaforning yopiq holatida, unda stansiya tomonidan qanotlar soniga mos shaffof-oq nazorat chiroqlari, ochiq holatida - ochiq qanotlar soniga mos yashil chiroqlari bo’lishi kerak. Chiqish va o’tish semaforlari, qoidaga ko’ra nazorat chiroqlariga ega emaslar. Semaforni boshqarish punkti harakat Yo’nalishi bo’yicha uning orqasida joylashgan bo’lsa, semaforda yopiq holatdagi shaffof-oq nazorat chirog’i bo’lmog’i lozim. Ushbu semaforlarning ochiq holati nazorat chiroqlariga ega emas.


417. Kirish va o’tish semaforlari hamda to’sish semaforlari ko’rsatkichlari kunu-tun yaqinlashib kelayotgan poezd lokomotivi boshqarish kabinasidan ushbu joy uchun maksimal tezlikdagi to’la xizmat tormozlanishida zarur tormoz yo’lidan kam bo’lmagan masofadan, lekin 1000 m dan kam bo’lmagan masofadan aniq va ravshan ko’rinib turishi kerak.
Chiqish semaforlari ko’rsatkichlari: asosiy yo’llarda 400 m, yon yo’llardan 200 m dan kam bo’lmagan masofada aniq va ravshan ko’rinib turishi kerak.


418. Ishlamayotgan semaforlar yopiq holatga o’tkazilishi ikki planka bilan belgilanishi kerak (4-rasm).
Ishlamayotgan semaforlarning signal chiroqlari yoqilmaydi.




3- rasm 4-rasm
Amalda bo’lmagan semaforlar oldida turuvchi xabarlovchi shitlar ham ikki planka bilan belgilanishi yoki olib qo’yillishi kerak.


419. Kirish va o’tish semaforlari oldida oq rangdagi qora tasmali va nur qaytargichli xabarlovchi shitlar o’rnatiladi.
Ularning o’rnatilishi 5-rasmda ko’rsatilgan sxema bo’yicha amalga oshriladi.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin