1. Ushbu Yuriqnomaning 11-bobida bayon etilgan talablarga muvofiq vagonlar stansiya yo’llarida mahkamlanganida quyidagi eng kam me'yorlarga tayanish zarur:
1.1. Gorizontal va nishabligi 0,0005 gacha bo’lgan yo’llarda istalgan sondagi vagonlarni (harakat tarkibi, vagonlar guruhi yoki yakka vagonni) ikki tomondan mahkamlash uchun bittadan tormoz boshmog’i;
1.2. Nishabligi 0,0005 dan katta bo’lgan yo’llarda mahkamlanish me'yorlari quyidagi hisob formulalari bo’yicha aniqlanadi:
1.2.1.yakka vagonlar, shuningdek, og’irligi (brutto) bo’yicha bir turdagi harakat tarkibidan tashkil topgan tarkib yoki guruhlar: ularning turidan qat’iy nazar yuklangan yoki bo’sh yuk vagonlar, motorvagon harakat takribini o’z ichiga oluvchi yo’lovchi park vagonlari; refrijerator vagonlar, guruhda (seksiyada) barcha vagonlar ortilgan yoki bo’sh (shu jumladan mashina bo’limi bilan bo’sh seksiya) bo’lish sharti bilan; ish faoliyatida bo’lmagan lokomotivlar yig’masi;
1.2.2. aralash (og’irligi bo’yicha har turli) yuklangan va bo’sh vagonlardan yoki turli og’irlikdagi yuklangan vagonlardan (tormoz boshmoqlari o’qlarga yuklamasi 15 t (brutto) dan kam bo’lmagan vagonlar ostiga qo’yillishi, bunday vagonlar bo’lmagan taqdirda – o’qlar yuklamasi kamroq bo’lgan, lekin mahkamlanayotgan guruh uchun eng maksimal bo’lgan vagonlar ostiga qo’yillishi sharti bilan) tashkil topgan tarkib va guruhlar mahkamlanganda.
U
n К = (1,5i + 1) (1) 200 shbu ilovaning 1.2.1 va 1.2.2 bandlarida ko’rsatilgan shartlar bajarilganda (1) formula qo’llaniladi:
n - tarkibdagi (guruhdagi) o’qlar soni;
i - yo’l yoki yo’l bo’lagi nishabligining mingliklardagi o’rtacha kattaligi;
(1,5 i +1) - har 200 o’qqa tormoz boshmoqlari miqdori;