O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə91/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   100
ИДП лотинча графикада

1
n
K = (4i +1) (2)
200
.2.3.
og’irligi bo’yicha har turli vagonlardan tashkil topgan tarkiblar yoki guruhlarning mahkamlanishida, agar tormoz boshmoqlari bo’sh vagonlar ostiga, o’qlarga yuklamasi 15 t (brutto) dan kam bo’lgan vagonlar (guruhdagi eng og’ir bo’lmagan vagonlar) ostiga yoki o’qlarga yuklamasi noma'lum bo’lgan vagonlar ostiga qo’yilganda, (2) formula qo’llaniladi:
bunda: (4 i+1) - har 200 o’qqa tormoz boshmoqlari miqdori;
1.2.4. ushbu formulalar bo’yicha hisoblangan mahkamlanish me'yorlari stansiya texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi.
Tormoz boshmoqlarining zaruriy miqdori DATK tomonidan tasdiqlangan mahkamlanish me'yorlarini hisoblashning avtomatik tizimlaridan foydalanib aniqlanishi mumkin.


2. Kasr qiymat hosil bo’lsa, tormoz boshmoqlari soni kattaroq butun songacha yaxlitlanadi.
Misollar:
a) 80 ta o’qli vagonlar guruhini 0,0025 nishablikda, boshmoqlarni bo’sh (yoki o’qiga yuklamasi noma'lum) vagonlar ostiga qo’yilib mahkamlaganda:

80 (2,5х4+1)
= 4,4 ~ 5 tormoz boshmoqlari;
200

xuddi o’sha vagonlar guruhini o’qiga yuklamasi kamida 15 tonna (agar guruhda bunday vagonlar bo’lmasa, ushbu guruh uchun o’qiga eng katta yuklama) bo’lgan vagonlar ostiga tormoz boshmoqlarini qo’yilib mahkamlaganda:



80 (2,5х1,5+1)
= 1,9 ~ 2 tormoz boshmoqlari;
200

b


240(1,5х1,5+1)
= 3,9 ~ 4 tormoz boshmoqlari;
200
) 240 ta o’qli ko’mir marshrutini yoki bo’sh vagonlar tarkibini 0,0015 nishablikda mahkamlash uchun kerak bo’ladi:

v) 72 ta o’qli (18 ta vagon) yo’lovchi poezdi tarkibini 0,003 nishablikda mahkamlash uchun kerak bo’ladi:



72 (3 х 1,5 +1)
= 1,98 ~ 2 tormoz boshmoqlari;
200




3. Relslarning sathini moy kuchli qoplagan stansiya yo’llarida (suyuq yuklarni ortish, sisternalarni tozalash va yuvish va h.z. yo’llarida) ushbu ilovaning 1 bandida ko’rsatilgan mahkamlash me'yorlari 1,5 marta oshiriladi.


4. Profili siniq yo’llarda yo’lning to’liq uzunligi chegarasida joylashgan poezdlar tarkibi yoki vagonlar guruhini mahkamlash me'yorlari profilning o’rta qiymati bo’yicha hisoblanadi. Yo’llarning alohida qismlarida qoldirilayotgan vagonlar tormoz boshmoqlari bilan ushbu qismning xaqiqiy nishablik qiymatiga mos me'yorlar bo’yicha mahkamlanishi lozim.


5. Yuk tushirish uchun qo’yilgan vagonlar guruhini tormoz boshmoqlarini eng oxirida yuki tushirilishi lozim bo’lgan vagonlar ostiga qo’yib mahkamlanadi yoki ularni mahkamlash me'yori ushbu ilovaning 1.2.3 bandiga muvofiq hisoblanishi kerak.


6. Tormoz boshmoqlari soz bo’lib, tarkibning turli o’qlari ostiga boshmoq tagligining uchi g’ildirak gardishiga tegadigan qilib qo’yillishi lozim. Muntazam ravishda tormoz boshmoqlari qo’yiladigan joylarda qirov tushganda, muz qoplaganda va shu kabi holatlarda ishlatiladigan qumli qutilar o’rnatilishi lozim. Mahkamlashda ikkita yoki ko’proq boshmoq qiyo’lsa, ularni vagonning bitta o’qi ostiga qo’yish mumkin emas.
Tagligini muz yoki moy qoplagan boshmoqlarni vagonlarni mahkamlash uchun ishlatish taqiqlalanadi.


7. Qiya yo’llarda boshmoqlar nishab tomondan qo’yiladi. Qiyaligi 0,0005 dan 0,001 gacha bo’lgan nishablarda bo’sh vagonlar qo’shimcha ravishda nishabga qarama-qarshi tomondan qo’yiladigan yana bitta tormoz boshmog’i bilan mahkamlanadi.


8. Tormoz boshmog’i mahkamlanayotgan guruh ketib qolish ehtimoli bo’lgan tomondan eng chetgi bo’lmagan vagon ostiga qo’yiladigan bo’lsa, qo’shimcha ravishda ushbu vagon bilan guruhdagi boshqa vagonlarning ulanish ishonchliligi tekshirib ko’rilishi kerak.


9. Vagonlarning eshtimoldagi ketib qolish yo’nalishi tomonga esayotgan kuchli shamolda (15 m/s dan ortiq), ushbu ilovaning 1 bandiga muvofiq hisoblab topilgan mahkamlash me'yori (mahkamlanayotgan guruhning har 200 o’qiga mos) vagonlar g’ildiragi ostiga qo’shimcha 3 ta, o’ta kuchli shamol (dovul) da esa, ettita tormoz boshmog’ini qo’yish bilan orttiriladi.


10. Motorvagon poezdlari, foydalanilmaydigan holatdagi lokomotivlar, favqulodda hollarda esa boshqa harakat tarkibini mahkamlashda tormoz boshmoqlari yetarli bo’lmaganda, tarkibning qo’l tormozlari quyidagi hisobda qo’llanishi mumkin: 5 ta tormoz o’qi 1 dona boshmoqni o’rnini bosadi.
Gorizontal yoki nishabligi 0,0005 dan kam yo’llarda tirkalgan harakat tarkibining istalgan qismida bitta vagon (lokomtiv)ning qo’l tormozini ikkala tomondan qo’yiladigan tormoz boshmoqlari o’rniga ishlatish ruxsat etiladi.


O’zbekiston Repsublikasi temir yo’llarida poezdlar
harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomaga


3-ilova



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin