Kompleks obyektlar asosidagi integrativ kurslar.
Integrativ kurs yaratishga asos bo‘lgan kompleks obyektlarga Yer,
biosfera, odam va uning yashash muhiti misol bo‘la oladi. Bu kurslarning bir
xil mavzularida bir obyekt turli fan nuqtai nazaridan ko‘riladi.
Shu xildagi integratsiya o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida
maorif tizimida qo‘llanilgan. Keyinchalik u bekor qilingan, lekin bizning
davrimizda, aytish mumkinki qaytadan tug‘ildi. Bizning nazarimizda, ma’lum
hajmda u tabiiy fanlar ta’limiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |