67
№ Savollar
Yuqori
daraja
O‘rta daraja
Quyi daraja
Ta
jriba
sinfi
3
-A sinf
Na
zor
at si
nfi
3
-B
sinf
Ta
jriba
sinfi
3
-A sinf
Na
zor
at si
nfi
3
-B
sinf
Ta
jriba
sinfi
3
-A sinf
Na
zor
at si
nfi
3
-B
sinf
1.
Matematika fani
nimani o’rgatadi?
7/12
6/8
13/15
13/15
11/4
11/7
% foiz hisobida
22.5/38.7
20.0/26.6
41.9/48.4
43.3/50.0
35.4/12.9
36.6/23.3
2.
Matematika
darslarida yana
qaysi fanlarni
o’rganishimiz
mumkin?
4/8
4/5
11/16
12/16
16/7
14/9
% foiz hisobida
12.9/29.0
13.3/16.6
35.4/51.6
40.0/53.3
51.6/22.5
46.6/30.0
3.
Iqtisodiy bilimlar
deganda nimani
tushunasiz?
5/10
4/7
12/16
13/15
14/5
13/8
% foiz hisobida
16.1/32.2
13.3/23.3
38.7/51.6
43.3/50.0
45.1/16.1
43.3/26.6
4.
Insonda qanday
moddiy ehtiyojlar
mavjud?
3/6
3/4
10/14
9/11
17/11
18/15
% foiz hisobida
9.7/19.3
10.0/13.3
32.2/45.1
30.0/36.6
54.8/35.4
60.0/50.0
Izoh: 4/8 kasr ko’rinishidagi qiymatda suratdagi 4 – tajriba avvalidagi ko’rsatkich
bo’lsa, kasrning maxrajidagi 8 – tajribadan keying ko’rsatkich.
Keyingi bosqichda ilgari surilgan farazning hayotiyligi, yangiligi, ishlab
chiqilgan tavsiyalarning samaradorligini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tajriba-
sinov natijalari umumlashtirildi.
Tadqiqot natijasida aniqlangan nazariy yondashuvlar, qoidalar, qarashlar,
g‘oyalar ushbu bosqichda amaliy jihatdan o‘z tasdig‘ini oldi. O‘quvchilarning
bilim, tushuncha, ko‘nikma, malakalarining sifati va samaradorligini nazorat qilish
maqsadida tajriba-sinov jarayoniga o‘qitishning muayyan shakllari joriy etildi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilayotgan
bilimlarning puxtalik va mustahkamlik darajasi ularning boshlang‘ich sinflardagi
o‘quv fanlari bo‘yicha darslarda egallagan bilimlari va o‘zlashtirishga bo‘lgan
qiziqishlari asosida ko‘nikma hamda malakalarini rivojlantirish, nafaqat bitta o‘quv
predmeti, balki turli o‘quv fanlari bo‘yicha o‘zlashtirilayotgan bilimlarni
mujassamlashtirish imkonini beradi. Mazkur bosqichda o‘quv fanlariaro
68
aloqadorlikni ta’minlash va ta’lim jarayonida uni keng qo‘llashning usul va
vositalarini takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatishga erishildi. Qayta nazorat etishga
qaratilgan tajriba-sinov ishlari ham keng ko‘lamda tashkil etildi.
Tajriba guruhlarida ta’lim-tarbiya jarayonining yangi pedagogik
texnolgiyalar asosida tashkil etilishi va bu jarayonning o‘quvchilar bilimini
rivojlantirishga ko‘rsatadigan ta’sirini aniqlash maqsadida o‘xshashlik metodidan
foydalanildi. Mazkur metod o‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlash asosida bir
necha guruhlarda tajriba-sinov ishlarini tashkil etishga imkon berdi. Nazorat
guruhida ta’lim jarayoni amaldagi an’anaviy metodlar yordamida tashkil etildi.
Demak, mukammal, barqaror tajribaga tayanib tashkil etilgan ta’lim jarayonida
o‘quvchilarning soni, dastlabki tajribalarda aniqlangan bilim darajasi,
o‘rganilayotgan mavzu uchun ajratilgan soatning umumiy miqdoriga e’tibor
berildi. Ilmiy tushunchalarni shakllantirishda o‘quv fanlariga nisbatan integral
yondoshuv, ta’lim jarayonida maxsus tanlangan fanlararo aloqadorlikni
ta’minlashga xizmat qiladigan metod va vositalardan foydalanilgan holda tashkil
etildi.
Shunday qilib, o‘quv fanlariaro aloqadorlik - bu ilmiy integratsiya
zamonaviy sharoitlarida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan, o‘quv fani mazmuni va
tuzilishini shakllantiruvchi omildir
Tajriba-sinov davomida o‘quvchilarning ko‘rgazmali-obrazli idrok etish
imkoniyatlarini rivojlantirish va abstrakt fikrlashlarini ta’minlash maqsadida
foydalaniladigan turli o‘quv vositalarining samaradorliligi tekshirildi: asboblar,
turli o‘quv fanlari bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar, aralash o‘quv fanlari
darsliklaridan tanlab olingan maxsus matnlar, maketlar va modellar, o‘quv fanlari
to‘g‘risida ko‘rsatma va eslatmalar, turli darsliklarda uchraydigan bir xil
tushunchani ifodalovchi variantlardagi matnlar, biror belgisi bilan o‘xshash
bo‘lgan tushunchalarni turlarga ajratish uchun zarur bo‘lgan jadvallar, o‘quv
fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashga xizmat qiladigan ijodiy topshiriqlar.
Tajriba-sinov jarayonining dastlabki bosqichida o‘quvchilar turli o‘quv
fanlari bo‘yicha egallagan bilimlarini o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish
69
imkoniyatlarini o‘zlashtirmagan, tushunchalarni o‘zlashtirish bo‘yicha mantiqiy
operatsiyalarni bajarish umumiy qoidalari bilan hali tanish bo‘lmagan, har xil
o‘quv darsliklari bilan ishlash ko‘nikmasi tarkib topmagan davrda tajriba
guruhlarida o‘tiladigan darslarda fanlararo aloqadorlikka oid tushunchalarning
tanlab olingan bir qismini taqdim etish lozimligi haqida ko‘rsatmalar berildi.
Turli o‘quv fanlari bo‘yicha taqdim etilgan o‘quv materiallari qo‘shimcha
topshiriq sifatida qabul qilindi. O‘quvchilar birmuncha vaqt davomida o‘ziga xos
moslashish davridan o‘tdilar. Darslarda o‘quv fanlariaro aloqadorlikni
ta’minlashda turli xil usul va vositalardan foydalanish natijasida o‘quvchilarning
o‘quv fanlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib borganlari sari ilmiy
bilish tajribalari qizg‘in faoliyat tusini oldi.
Dostları ilə paylaş: