Pedagogika va psixologiya



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/40
tarix01.01.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#106488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Integratsiya

o’rganilganlik 

darajasi: 

Fanlararo 

aloqadorlik 

muammolari  yuzasidan  R.Safarova,  A.Musurmonov,  P.Musayev,  A.Ch.Choriyev, 

A.A.Salomov,  B.Abdullayeva    kabi  o‘zbek  olimlari  ham  ilmiy-tadqiqot  ishlarini 

olib  borganlar.  Bu  va  boshqa  tadqiqot  ishlarida  fanlararo  aloqadorlikning  turli 

yo‘nalishlari  va  tamoyillari,  ularning  o‘quv  jarayonida  muayyan  fanlarni 

o‘zlashtirishda qo‘llanilishi, o‘quv fanlariaro aloqadorlik asosida tanlangan ta’lim 

mazmuniga qo‘yiladigan talablar ilmiy-amaliy jihatdan hal etilgan.  

V.N.  Fedorova  o‘z  tadqiqotlarida  fanlararo  aloqadorlikning  o‘quv  jarayoni 

samaradorligini  oshirishning  didaktik  imkoniyatlarini  ko‘rsatib,  o‘quv  fanlariaro 

aloqadorlik  tabiiy  fanlar  bilan  atrof-muhit  hodisalarini  o‘zaro  aloqadorlikda  va 

izchillikda ifodalashning didaktik sharti sifatida namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi. 



 

O‘quvchilarda 



matematik 

bilim, 


ko‘nikma 

va 


malakalarni 

shakllantirish asosida uning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tadqiqotchi olimlar 

turli  yo‘nalishlarda  tahlil  qilganlar.  Chunonchi,  I.Ya.Lerner,  M.N.Skatkinlar 

matematik  bilimlar  asosida  o‘quv  jarayonini  faollashtirish;  M.K.Ashirova 

matematikaning  boshqa  fanlar  bilan  fanlararo  aloqadorligi  xususiyatlari; 

A.M.Matyushkin,  V.T.Kudryavtseva,  L.S.Vigotskiy,  B.G.Ananev,  G.F.Fedores 

matematik  ko‘nikma  va  malakalarni  fanlararo  aloqadorlikda  shakllantirishning 

psixologik 

shart-sharoitlari, 

o‘quvchilarda 

bilishni 

takomillashtirishning 

qonuniyatlarini o‘z tadqiqotlarida ochib berganlar.  

N.S.Fayzullayeva o‘z tadqiqotlarida fanlararo aloqadorlikni didaktik jarayon 

ekanligini,  metodologik  va  amaliy  jihatlari  bo‘lajak  o‘qituvchilar  bilim  va 

ko‘nikmalarini  oshirish  uchun  fanlarni  aloqadorlikda  o‘rganish  tizimi 

pedagogikada  hozirgi  kungacha  ishlab  chiqilmaganligini,  umumiy  o‘rta  ta’lim 

o‘quv 


predmetlarini 

o‘zaro 


aloqadorlikda 

o‘quvchilarga 

o‘rgatishda 

o‘qituvchilarning  kasbiy  tayyorgarligi  yetishmasligini,  oliy  o‘quv  yurtlarida  bu 

muammoga e’tibor berilmayotganligini ta’kidlaydi.  

A.Ch.Choriyev  badiiy  adabiyot  ma’naviy  tarbiyaning  imkoniyati  ekanligini 

asoslab bergan. 

Fanlararo  aloqadorlik  didaktik  hodisa  sifatida  bir  qator  tadqiqotlarning 

obyekti bo‘lgan: uning tarkibiy tuzilishi, vazifalari, didaktikadagi o‘rniga nisbatan 

o‘quv fanlarining aloqadorligini ta’minlash nazarda tutilgan. 

Boshlang‘ich  maktab  ta’lim  va  tarbiyasini  integratsiyalash  muammosi 

nazariya  uchun  ham,  amaliyot  uchun  ham  muhim  va  dolzarbdir.  Boshlang‘ich 

talimni 

integratsiyalash 

masalasiga 

keyingi 


paytda 

bir 


qancha 

yondoshishlar  paydo  bo‘ldi:  darsni  ikki  fan  o‘qituvchisi  olib  borishi  yoki  ikki 

fanni  bir  darsga  birlashtirib,  uni  bir  o‘qituvchi  tomonidan  o‘tilishidan  to 

integratsiyalangan kurslar tashkil etish, boshlang‘ich ta’lim mazmunini  tubdan 

o‘zgartirishgacha.  

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib  aytishimiz  mumkinki,  boshlang’ich  sinf 

o’quvchilarida  iqtisodiy  bilimlarni  rivojlantirish  muhim  pedagogik  muammo 



 

hisoblanib,  mazkur  jarayonda  har  bir  o’qituvchidan  integratsion  darslarni  tashkil 



etish  tamoyillari  va  yo’llaridan  xabardor  bo’lishi  lozim.  Boshlang‘ich  ta’limni 

takomillashtirish  sohasidagi  bunday  muammolar  fanlararo  integratsiyani  o‘rganish  va 

tadqiq  etishni  taqozo  etadi.  Shu  sababli  bitiruv  malakaviy  ishimiz  mavzusini 


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin