Psixologiya nazariyasi tarixi fanidan tayyorlagan mavzu: tafakkur va uning turlari, shakllari



Yüklə 77,84 Kb.
səhifə8/9
tarix01.01.2022
ölçüsü77,84 Kb.
#107117
1   2   3   4   5   6   7   8   9
psixologiya nazariyasi tarixi

Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz'iy hukm keltirib chiqariladi.

Analogiya - narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshash bo’lgan ba'zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakli.

Intuisiya- mantiqiy tafakkur yordamida ko’p vaqtlar davomida hal qilinmagan aqliy vazifalarning to’satdan, kutilmaganda hal qilinib qolishi jarayoni.

Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va so’zlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir.

Nazariy tafakkur - hodisalarni izohlashga, faraz qilishga qaratilgan tafakkur.

Ijodiy tafakkur - murakkab bilish faoliyatidan biri bo’lib, tadrijiy ravishda izchil o’zaro bog’langan jarayonlardan tashkil topadi, dastavval savollar tug’iladi, vazifa aniqlanadi, masalani echish va savollarga javob qidirish jarayoni vujudga keladi.

Realistik tafakkur -qurshab olgan atrof-muhitni o’rganishga, aks ettirishga qaratilgan fikr yuritish bo’lib, u mantiqiy qonun va qoidalar yordami bilan voqelikni in'ikos qiladi.


Yüklə 77,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin