1 Sherimbetova Z.Sh.Boshlang‘ich sinflardagi o'zlashtirmovchi o ‘quvchilaming
psixologik xususiyatlari. Ps.f.n....avtopef..—Т.2007.-17 c.
299
masalalar yechimlarining umumiy yollarini mustaqil ravish
da topish ko‘nikmalari;
o‘quv vazifalarini ajrata olish, topish va o‘zlashtirish;
o‘zini va o‘z faoliyatini adekvat baholay olish va nazorat qi
la olish;
faoliyatda o‘zini-o‘zi boshqara olish;
mantiqiy fikrlash qoidalaridan foydalana olish;
umumlashtirishning turli shakllarini egallash va ulardan foy
dalana olish;
jamoaviy faoliyatlarda ishtirok eta olish;
yuqori darajada mustaqil ijodiy faollikka ega bo‘lish.
Lekin aksariyat hollarda kichik maktab yoshidagi o‘quvchi-
larning o‘quv faoliyati maktab amaliyotida birinchi o‘ringa bola
larni amaliy ko‘nikmalarga, o‘qish, yozish, sanash malakalariga
o‘rgatish muammosi turadi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf o‘quv
faoliyatining asosiy vazifasi — bu o‘quvchilarni «o‘qish»ga, bilim
olishga o‘rgatishdir. Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik
rivojlanishida ta’limning ta’sirida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi.
Bu o‘zgarishlar ularni hayotlarining mas’uliyatli davri bo‘lmish
o‘smirlik davriga o‘tish uchun tayyorlaydi.
15.4. Kichik maktab yoshida asosiy psixologik yangilik
Kichik maktab yoshida bolada ko‘pgina o‘zgarishlar ro‘y be
radi. Bu o‘quv faoliyati ko‘nikmalarining shakllanishi, o‘z-o‘zini
boshqarish, dunyoni bilish munosabati shakllanishi uchun senzi-
tiv davr hisoblanadi.
Intellektual refleksiya (o‘z harakatlari va ularning asoslari
mazmunini anglash qobiliyati) kichik maktab yoshida nazariy ta
fakkur shakllanishidan darak beruvchi asosiy yangi psixologik tu-
zilmadir. Nazariy tafakkur nafaqat qoidalarni, balki ularni ochish
va qayta qurish vaziyatida namoyon bo‘ladi.
Bu yosh davrida o‘zini bilish va shaxsiy refleksiya o‘z im-
koniyatlari chegarasini mustaqil bilish qobiliyati sifatida shakl-
300
lanadi («Bu topshiriqni yecha olamanmi, yoki yo‘qmi?», «uni
yechish uchun menga nima halaqit beradi?», harakatning ichki
rejasi (ma’lum natijaga erishishni rejalashtirish va uni oldindan
ko‘ra olish ko‘nikmasi), ixtiyoriylik o‘z-o‘zini nazorat qilish ham
rivojlanadi. Bola o‘z xulq-atvorini boshqara boshlaydi. Uyda va
jamoat joylarida o‘zini qanday tutish kerakligi haqida xulq-atvor
normalarini aniq tushunadi, kattalar va tengdoshlari bilan shaxs
lararo munosabatda o‘z emotsiyalarini boshqara oladi. Xulq-atvor
normalari o‘zining ichki talabiga aylanadi, unda uyatchanlik his-
lari paydo boladi. Oliy hislar shakllanadi: estetik, ma’naviy, ax
loqiy (o‘rtoqlik, hamdardlik, adolatsizlikka chiday olmaslik). Le
kin shunga qaramay kichik maktab yoshidagi bola uchun axloqiy
jihatdan barqaror emaslik, munosabatlar va kechinmalarning do
imiy emasligi xosdir.
Kichik maktab yoshi davrida yetakchi bolgan o‘quv faoliyati-
ni tashkil etish va mazmuniga bogliq ravishda yangi psixologik
tuzilmalarning darajasida farqlar kuzatilishi mumkin. Yuqorida
ta’kidlaganimizdek, tafakkur nazariy va empirik bolishi, reflek-
siya mazmunan va shakliy, rejalashtirish esa muhim belgilariga
k o la va xususiy asoslarga k o la namoyon bolishi mumkin.
0
‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchi uchun nafaqat
bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxs xu
susiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. Kichik
maktab yoshi davrida bola shaxsining shakllanishi davom etadi.
0
‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivo-
ji va shaxsining shakllanishida toliq ijobiy asos boladi. Buning
natijasida bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, o‘qiyotgan sinfl va boshqa
jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin.
Yangi faoliyatga olish o‘quvchi bolaning o‘z asosiy faoliyatiga
yangi munosabatni paydo qiladi. Unda burch hissi o‘sa boshlaydi.
U o‘qish shart ekanligini va u uning burchi ekanligini, belgilab
qo‘yilgan qoida va talablar bajarilishi shartligini anglaydi. 0 ‘zini
haqiqiy o‘quvchidek his qilgan holda unda yaxshi o‘qishga ehti
yoj paydo boladi.
301
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning axloqiy onglari I
va IV sinfdagi o‘qish mobaynida muhim o'zgarishlarga uchraydi
va axloqiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiy-
di va bola o‘zini o‘zi anglay boshlaydi. U o‘ziga xos bolgan yax-
shi-yomon xususiyatlarni bilmasa ham, lekin u o‘zining «Men»ini
his qiladi. 0 ‘zining vazifasi, maqsadi, uni bajarish lozimligi, uy-
ga berilgan vazifalarni bajarish, takrorlash uning burchi ekan-
ligi kabilarni anglab yetadi. Bu yoshdagi bolalarni maktab das-
turiga kiritilmagan juda ko‘p atrof-muhit hodisalari haqidagi
bilimlar qiziqtiradi. Bu qiziqishlar bolaning ko‘pincha e’tibor-
ga olinmaydigan ijodiy o‘yinlarga nisbatan qiziqishlarida ham
namoyon boladi. Bunday o‘yinlarda uning ijtimoiy qiziqishlari,
emotsiyalari, jamoa uchun tashvishlanish kabi hislari aks etadi.
Qiziquvchanlik kichik maktab yoshidagi bolalarning keng aqliy
faolligini namoyon etilish shakli hisoblanadi. Vatanga kerakli in
son bolish uchun o‘qishning muhimligi va ahamiyatini bilishi
uchun ochiqlik, ishonuvchanlik, ustozining barcha topshiriqlarini
bajarishga tayyorlik xususiyatlari keng ijtimoiy burch motivlari,
mas’uliyatlilik samarali shartlar hisoblanadi. Maktab ta’limining
dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilim egallashga nisbatan
qiziqishlar, intellektual qiziqishlar sezilarli darajada rivojlanadi.
Psixologlarning ta’kidlashicha, dastavval ayrim faktlarga, boshqa
narsalardan ajratib olingan yolglz hodisalarga nisbatan qiziqish
lar hosil boladi. I ll—IV sinflarda esa sabablarni, qonuniyatlarni,
hodisalar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bogliqliklarni bilib olish
uchun bolgan qiziqishlar rivojlanadi.
Ill sinfdan boshlab o‘qishga qiziqish differensiallasha boshlay
di. 0 ‘quvchilardagi bunday qiziqishlar o‘zini anglash va o‘z xat-
ti-harakatiga baho berishi kabi xususiyatlarni shakllantiradi. Ki
chik maktab yoshidagi bolalarning qiziqishlarida samarali o‘qish
uchun halaqit beruvchi qator salbiy xarakteristikalari ham mav
jud. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning qiziqishlari:
yetarlicha amaliy natija bera olmaydi;
qat’iy emas, vaziyatli;
302
tez qondiriladi va ustozning qo'llab-quvvatlashisiz tez so‘nadi;
o‘quv materiali va topshiriqlar o‘quvchining joniga tez tegadi
va charchashni yuzaga keltiradi;
kam anglanilgan, o‘quvchining ma’lum bir predmetdagi nima
yoqishini va nima uchun yoqishini aytib bera olmasligida ko‘ri-
nadi;
umumlashtirishning pastligi, bir yoki bir nechta predmetlar
ning tashqi belgilarigagina qarab umumlashtirish;
o‘quvchini o‘qishning o‘quv faoliyatining usullariga emas,
balki natijalariga yo‘nalganligi.
Kichik maktab davrining so‘ngiga qadar o‘quv ishlarida-
gi qiyinchiliklarni yengishga nisbatan qiziqish yuzaga kelmaydi
(bu holat ko‘pincha o‘qituvchilarning o‘zlari tomonidan amalga
oshiriladi, ya’ni aksariyat hollarda o‘quvchining qiyinchiliklarni
yengishga harakati emas, balki natija baholanadi). Bularning
barchasi kichik maktab yoshida qiziqishlarning yetarli daraja
da rivojlanmaganligi bo‘lib, ba’zan o‘qishga nisbatan yuzaki mu-
nosabatni keltirib chiqarishi mumkin. Kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilardagi motivlarning umumiy dinamikasiga nazar tash-
lansa, quyidagilarni ko‘rish mumkin: kichik maktab davrining
boshida maktabda bo‘lishning tashqi jihatlariga (partada o‘ti-
rish, forma kiyish portfel ko‘tarish va h.k.), so‘ngra birinchi o‘quv
mehnati natijalariga (birinchi bor harf va sonlarni yoza olish-
lariga, o‘qituvchining bahosiga), keyinchalik, jarayonning o‘zi-
ga, o‘qishning mazmuniga va shundan so‘nggina bilimlarni olish
yo'llariga qiziqish kuchli bo‘ladi. 0 ‘qishning ijtimoiy ahamiyatini
tushunish (2—3-sinflarda) o‘qish mazmunini va bilimlarni egal
lash yollariga qiziqish bilan mustahkamlanishi zarur. Bunday
holda kichik maktab davrining oxirlariga borib, o‘qishga nisbatan
motivatsiyaning pasayishi ko‘zga tashlanmaydi.
Bilish motivlari quyidagicha o‘zgarib boradi: kichik mak
tab yoshidagi o‘quvchilarning qiziqishlari alohida bir faktlarga
qiziqishdan, qonuniyat va prinsiplarga qiziqishga aylanib boradi.
Oxirgi yillarda o‘tkazilgan psixologik tadqiqotlar kichik mak-
303
tab yoshining o‘rtalariga borib bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llariga
qiziqish yuzaga kelishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Kichik mak
tab davrida mustaqil ta’lim motivlari ham yuzaga kelib, lekin ular
eng oddiy shaklda — bilimlarni olish qo‘shimcha manbalariga va
qo‘shimcha kitoblarni vaqti-vaqti bilan o‘qishga qiziqish bilan yu
zaga keladi. Ijtimoiy motivlar birinchi sinfga kelganida differensial
bo‘lmagan umumiy tushunishdan o‘qish va o‘rganishning zarurli-
gi sabablarini chuqur anglashga, «o‘zi uchun» o‘qish mazmunini
anglab yetishga tomon o‘zgarib, ijtimoiy motivlarni amaliy xarakter
kasb etishiga sababchi bo'ladi. Bu yoshdagi vaziyatli ijtimoiy mo
tivlar o‘qituvchining qo‘llab-quwatlashini olishga nisbatan bo'lgan
ehtiyoji hisoblanadi. Bolaning ustoziga bo‘lgan munosabati yomon
baho olib xafa bo‘lgan taqdirda ham ijobiy va unga ishonch bildiri-
shi saqlanib qolaveradi. Unda o‘rtoqlari va sinfdoshlari o‘rtasida
mavqeli bir o‘rinni egallashga harakat yuzaga kelib, asta-sekinlik
bilan o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo bo'ladi.
0
‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o‘qishda
ma’lum yutuqlarga erishish ehtiyojini qondirishga, shuningdek,
tengdoshlari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga imkoniyat ham yara-
tadi. Aynan ana shu o‘rin yoki mavqega erishish uchun ham bola
yaxshi o‘qishga harakat qiladi. Bu yoshdagi bolalar doimiy ravish
da o‘zlari erishgan muvaffaqiyatlarini boshqa tengdoshlari muvaf-
faqiyatlari bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi bo‘lish
nihoyatda muhim. Kichik maktab davrida bolalardagi musobaqaga
kirishish motivi tabiiy psixologik ehtiyoj hisoblanib, bu motiv ularga
kuchli emotsional zo‘riqishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bog‘cha
davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va kichik maktab davrida,
shuningdek, o‘smirlik davrida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning u haqidagi fikr
va bergan baholariga qarab, o‘zlariga o‘zlari baho beradilar. Shu
ningdek, o‘quvchining o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi, turli faoliyat-
laridagi muvaffaqiyatlariga ham bogliq boladi. Kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarda o‘z-o‘ziga beradigan baholari turlicha —
yuqori, adekvat — mos yoki past bolishi mumkin. Bu yoshdagi
304
bolalarda mavjud bo‘lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlar-
ga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifati
da shakllantirish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab
davrida boshqarishdan o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tishi nihoyatda
muhimdir. Yetakchi bo‘lgan o‘quv faoliyatidan tashqari boshqa
faoliyatlar — o‘yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o‘quvchi
shaxsi rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu faoliyatlar asosida mu
vaffaqiyatga erishish motivlari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs xususi
yatlari tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab davrini bolaning tur
li faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy,
shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb
hisoblash mumkin. Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari
tarkib topa boshlaydi. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolg‘iz hol
da sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari mumkin va shu-
lar asosida ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakl
lanadi. Kichik maktab davridan boshlab o‘quvchilarni mustaqil
mehnat faoliyatiga amaliy va psixologik jihatdan tayyorlashga e’ti
bor beriladi. Bu davr ichida bolalarda mehnatga nisbatan ongli,
ijobiy munosabatda bolish asoslari tarkib topa boshlaydi. Ularda
mehnatga havas uyg‘onadi, mehnatga va mehnat ahllariga hurmat
bilan qarash, ijtimoiy foydali ishlarda qatnashishga intilish singari
fazilatlar tarkib topadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda
mehnatsevarlik, asosan, o‘qish va mehnat faoliyatida rivojlanadi
va mustahkamlanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar zarur bo‘lgan
harakat va amallarni darhol o‘zlashtirib va egallab ololmaydilar,
ko‘proq ortiqcha va chalkash harakatlar qiladilar. Mehnat jara-
yonidagi turlicha ish harakatlarini, chunonchi: tikish, to‘qish, ki-
yish yoki taxtalarni randalash kabi ish harakatlarni qiynalmas-
dan va birmuncha silliq bajaradigan bolishi uchun har bir ishda
har qanday harakatlar qilish kerakligini va bu harakatlarning qay
yo‘sinda amalga oshirilishini aniq bilib olish va esda qoldirish ke
rak boladi. Harakatlarni qayta-qayta takrorlash, mashq qilib bo
rish natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilarda uchrab turadigan or
tiqcha va chalkash harakatlar yo‘qolib boradi.
305
0
‘qituvchilar mehnat darslarida o‘quvchi laming mehnatiga
yetarli darajada e’tibor berishlari, mehnat darsiga alohida tayyor
garlik ko‘rishlari, o‘quvchilarning har bir harakatlarini ziyraklik
va kuzatuvchanlik bilan nazorat qilishlari, ularga individual mu
nosabatda bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir.
Boshlanglch sinf o‘quvchilarining mehnati:
— bolalarni yosh, individual va jismoniy rivojlanishiga mos
bolishi;
— o‘quvchilar uchun qiziqarli bolishi;
— undan kundalik ish jarayonida o‘z-o‘ziga xizmat qilishga
asoslanganligi;
— jamoa bolib mehnat qilish orqali bolalarda bir-biriga nis
batan hamkorlik, do‘stlik, o‘rtoqlik tuyg'ularini shakllantirishi;
— o'quvchini o‘zini tuta bilishga, sabr-toqatli bolishga, qiyin-
chiliklarga bardosh berishga o‘rgatadigan va ularni shakllantirishi;
— o‘quvchi o‘z mehnati natijasidan bahramand boladigan
mehnat xususiyatlariga ega bolishi lozim.
Bola o‘z mehnat mahsuli sinf yoki maktab jamoasiga, ja-
moatchilikka manfaat keltirayotganligini bilib, undan xabardor
bolib borsa undagi ijtimoiy foydali mehnatga bolgan ishtiyoq ya
rn ham ortadi va mehnatga nisbatan faol, ijodiy va ongli mu-
nosabat shakllana boradi. Mehnatsevarlik bolada o‘zi qilayotgan
mehnati unga zavq bergan taqdirdagina yuzaga keladi va rivojla
nadi.
Bu davrda mustaqillikning poydevori yuzaga kelib, o‘quv va-
zifalarini mustaqil bajarish layoqati yuzaga keladi. Mustaqillikka
moyillikning rivojlanishi ikki yo‘nalish asosida amalga oshiriladi1.
1.
Mustaqillikning shaxs xislati sifatida vujudga kelishi ijti
moiy muhitga bogliq. Bu bogliqlik mustaqillikka bolgan ehtiyoj-
ni qondirish imkoniyatlari sohasida va qadriyatlarda ifodalangan
mustaqillik mazmuni xarakterida ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: |