Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


 Xalikova SH.T. Ko’rishda nuqsoni bo’lgan o ’quvchilar tafakkuri rivojlanishining



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Xalikova SH.T. Ko’rishda nuqsoni bo’lgan o ’quvchilar tafakkuri rivojlanishining
o ’ziga xos xususiyatlari (II va IV sinflar misolida): Psixol. fan. nomz. ... dis. —
Т., O’zM U, 2005. - 153 b.
2 Samarova Sh.R. Boshlang’ich sinf o ’quvchilari fikrlash jarayonlarining
diagnostikasi va dinamikasi (2-4-sinf o ’quvchilari misolida): Psixol. fan. nomz.
... dis. - Т .,O’zM U, 2007. - 157 b.
319


xususiyatlari bilan birga maxsus o'ziga xoslikka ega bolganli- 
gi tufayli kognitiv tizim diagnostikasi, harakatlantiruvchi mexa- 
nizmlari, uzviyligi, uzluksizligi o‘zaro bir-biridan tafovutlanadi. 
Sh.R.Samarova boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash jarayon­
lari, diqqatning nazorat funksiyasi diagnostikasi va dinamikasida 
jinsiy (gender) farqlar mavjudligi, ular o‘ziga xos davriy qonuniyat- 
larning hosilasi sifatida gavdalanishini e’tirof etadi.
Shunday qilib, kichik maktab yoshi 7—11 yoshli bolarlarni 
o‘z ichiga oladi. Bu davrda o‘qish yetakchi faoliyatga aylanadi, 
o‘qituvchining so‘zi bola uchun senzitiv hisoblanadi. Intellektual 
refleksiya bu davrda paydo bolgan yangi psixologik tuzilmadir.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘ziga xos psi­
xologik xususiyatlari.
2. Maktabga ijtimoiy-psixologik moslashuv yollari qanday?
3. Bolalar intellektual rivojlanishida kichik maktab davrining 
ahamiyati.
4. 0 ‘quv jarayoni davomida yuzaga keladigan muammolar.
5. Kichik maktab davridagi bolalar shaxsi rivojida yuzaga ke­
ladigan yangilanishlar.
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:
1. Kichik maktab yoshi davri necha yoshlarni o‘z ichiga oladi?
a) 6—7 yosh;
b) 9—10 yosh;
c) 6—10 yosh;
*d) 7—11 yosh.
2. Kichik maktab yoshida yuzaga keladigan yangi psixologik 
tuzilma nimalardan iborat?
a) erkinlik, ish-harakat va fikrlarning ichki rejasi;
b) erkinlik, refleksiya va katta bolganligini his etish;
*c) intellektual refleksiya;
d) tashabbuskorlik, tez xafa bolish.
320


3. Kichik maktab yoshi davrida yetakchi faoliyat qaysi?
a) predmetli faoliyat;
b) o‘yin va mehnat faoliyati;
*c) o‘qish faoliyati;
d) rasm chizish.
4. Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishida 
ta’limning rolini aniqlang.
a) jamoa shakldagi muloqot va faoliyatning shakllanishi;
b) kuzatuvchanlik, ixtiyoriy diqqat, ijodiy xayol, mavhum taf­
akkurning shakllanishi;
*c) bilish jarayonlarining rivojlanishi, ta’lim olishdagi muam- 
molarni yechishda tafakkur jarayonining shakllanishi;
d) harakatlantiruvchi mexanizmlari, uzviyligi, uzluksizligi.
5. Kichik maktab yoshidan o‘smirlikka o‘tishdagi inqirozning 
belgilari nimalarda namoyon bo‘ladi?
a) o‘z «Men»ini va o‘z psixologik xususiyatlarini anglay bosh­
laydi;
b) axloq normalari va xulq-atvor qoidalarini egallaydi;
*c) maktabga umuman salbiy munosabat, unga borish maj- 
buriy emas, o‘quv topshiriqlarini bajarishni istamaslik, o‘qituv- 
chilar bilan nizolashishlar;
d) intellekt ko‘rsatkichlarining nihoyatda notekisligi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin