16.3. 0 ‘smir psixikasi va xulq-atvorining o‘ziga
xos xususiyatlari
Ijobiy sifatlar, ehtiyojlar va intilishlar har bir yoshda, jum-
ladan, ma’lum darajada yoldan ozgan o‘smirda ham b o la
di. 0 ‘smirlar hamma narsani bilishga qiziqadilar. Ko‘pchilik
o‘smirlar boshqalardan yomonroq bolishni xohlamaydilar va o‘z
muhitida ko‘zga tashlanib turishga hamda boshqalardan nimalar
bilandir farq qilishga intiladilar. 0 ‘smirlarning hammasi g‘ay-
ratli va faoldirlar, biroq, o‘zlarining kuch-quvvatlarini qayoq-
qa yo‘naltirishni hamma vaqt ham bilavermaydilar. Binobarin,
ularni bevosita natijalari bilan xursand qiladigan xilma-xil foy-
dali va qiziqarli ishlar bilan band qilish kerak. 0 ‘smirlar, garchi
hamma vaqt ham bunga tayyor emasliklariga qaramay, mustaqil
likka intiladilar. Ammo ko‘pincha mustaqil ish-harakatlar uchun
ularning imkoniyatlari bolmaydi. Demak, ularni mustaqil faoli-
yatga yaxshiroq tayyorlash va ularga mustaqil ishlarni ishonib
topshirish hamda muvaffaqiyatli bajarilishini hamma vositalar
bilan ta’minlash kerak. 0 ‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, o‘smirlar
psixikasida ijobiy tomonlar yetarli darajada mavjuddir. Bu ijobiy
tomonlardan foydalanib va ularni rivojlantirish, salbiy ishtiyoq,
mayl, ishlar va xatti-harakatlarni yo‘qotish kerak.
Katta o‘smirlar asta-sekinlik bilan bevosita ishlari va xat-
ti-harakatlarining natijalarini hamda oqibatlarini oldindan k o la
boshlaydilar. Ularda o‘z-o‘zini tuta bilish, matonat paydo b o la
di, qarorlari birmuncha qat’iy bola boshlaydi, iroda tarkib to-
padi. Ular o‘zlarining faoliyatlarida ishtiyoq va istaklardan kola
333
ko'proq soglom fikrga asoslanadigan boladilar. Ularning ichki
kechinmalari va hayajonlari endi irodaviy nazoratga bo‘ysundi-
rilgan boladi. Lekin axloqiy va estetik hislarning taraqqiyoti tu-
fayli ichki kechinmalari va hayajonlari yanada kuchliroq boladi.
Kattalarga nisbatan qo‘pol munosabatning paydo bolishi, noxush
xulq-atvor alomatlari, o‘smir yashaydigan ijtimoiy shart-sha-
roitlar, uning tengdoshlari va turli jamoalardagi mavqei, katta
lar bilan munosabati, maktab va oilasidagi munosabatlari sababli
yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoit-
larni o'zgartirish yoli bilan o‘smirlarning xulq-atvoriga to‘g‘ridan
to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Endi o‘smirlar o‘yin hamda damga kamroq vaqtlarini ajrat
gan holda ko‘proq jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va
ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi. Maktab ta’limi
o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo'nalishini sifat jihatidan
o‘zgarishda asosiy omil bolib xizmat qiladi. 0 ‘qish
0
‘smir
lar hayotida katta
0
‘rinni egallaydi. Ular uchun mashg‘ulotlar-
ning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan
o‘smirlarning fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari, qiziqish-
larining ortishi, o‘qituvchining o‘quv materialini tushuntira olish
mahoratiga bogliq. 0 ‘qish faoliyati asosida
0
‘smirning o‘z-o‘zini
anglash darajasi kengayadi, boshqa odamlar, atrof olam haqida
gi bilimlari chuqurlashadi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi
boshlanadi. Bilim olganish ehtiyojlari asosida asta-sekinlik bi
lan o‘quv fanlariga nisbatan qat’iy ijobiy munosabat shakllanadi.
Bu davrda o‘qishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar
o‘smirning, hayotiy rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bogliq
bolgan holda bilish jarayonlari rivojlanish xarakteriga o‘z ta’siri-
ni ko‘rsatadi.
Aynan
0
‘smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, ba-
diiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga
harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sa-
zovor boladi. Bilim o‘smirlarga alohida bir quvonch baglshlaydi
va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi.
334
Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq og‘zaki va yozma
mavjud bo‘lishi bilan kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o‘quv
jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bi
lan o'smir nutqining to'g'ri rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi.
Nutqni o'zlashtirishga harakat bu o‘smirning muomala, bilish va
ijodiy faoliyatga kirishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.
0
‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z
boyligining oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiat va
jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun-mohiyatini
anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu davrda o‘smir til yordamida at-
rof-borliqni aks ettirish bilan bir qatorda inson dunyoqarashi-
ni ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan
o‘smirlik davridan boshlab, inson nutq bilish jarayonlarining rivoj
lanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi. 0 ‘smirni ko'pin-
cha muomalada so'zlarni ishlatish qoidalari — «Qanday qilib
to‘g‘ri yozish kerak?» «Qanday qilib yaxshiroq aytish mumkin?»,
«Nima deyish kerak?» kabi savollar juda qiziqtiradi. 0 ‘smirlar
maktabdagi o‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchi-
liklariga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga
tez e’tibor beradilar. Bu holat o‘smirning bir tomondan o‘z nut-
qini nazorat etishga o‘rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham
nutq qoidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va o‘zida
mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi.
0
‘smir so‘zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq maz-
muni va mohiyatiga juda qiziqadi. U endi o‘z nutqida yosh bo
la singari emas, balki katta odamlardek so'zlarni tanlab ishla-
tishga harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o‘smir
uchun o'qituvchi, albatta, namuna bo'lishi shartdir. Aynan mak
tab ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat
jihatidan o'zgarishida asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Maktab
dagi o‘quv jarayonlarining to'g'ri tashkil etilishi va amalga oshiri
lishi bilan o'smir nutqining to'g'ri rivojlanishiga sharoit yaratila
di. Nutqni o'zlashtirishga harakat bu o'smirning muomala, bilish
va ijodiy faoliyatga kirishishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.
335
0
‘smirlik davrida o‘qish malakalari, yozma va monologik nutq
jadal rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o‘qish to‘g‘ri,
tez va ifodali bolish darajasidan, yoddan ifodali, ta’sirli aytib be
ra olish darajasigacha ko‘tariladi. Monologik nutq esa asarda-
gi kichik bir parchani qayta so‘zlab berishdan, mustaqil ravish
da nutq va chiqishlar tayyorlash, og‘zaki — mulohaza yuritish,
fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha o‘zgaradi. Yozma nutq
ham rivojlangan holda o‘smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu
bo‘yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. 0 ‘smirlarning nutqi
to la tafakkur bilan bogliq holatida amalga oshiriladi. 5—6-sinf-
lardagi o‘quvchilar og‘zaki va yozma matn uchun reja tuzib, unga
amal qila oladilar. 0 ‘zi yozgan fikrni qayta-qayta o‘qib, o‘z nut-
qini analiz qilib ko‘rishga majbur qiladi. 0 ‘quvchi yozib bayon
qilayotganida, ko‘pincha, bu ishini bir necha marta qayta ko‘rib
chiqishga, o‘zgartirishga, toldirishga, qaytadan ishlab chiqishga
majbur boladi.
0
‘quvchi o‘qituvchining topshirig‘iga binoan yozma ishlar ba-
jarayotganida o‘zining shu ishiga baho berilishini, ammo bu ba
ho ishning faqat mazmuniga qarabgina berilib qolmasdan, balki
shu bilan birga, o‘z fikrining «qanday til» bilan bayon qilingani-
ga qarab ham baholanishini oldindan bilib turadi. Mana shu hol-
larning hammasi bolani o‘z nutqini grammatika va logika ta
lablariga muvofiq keladigan qilib, ongli ravishda tuzishga majbur
etadi. Adabiyot darslari bilan shug‘ullanish o‘quvchilar nutqining
o‘sishiga ayniqsa katta ta’sir qiladi. 0 ‘quvchilar adabiyot darsla-
rida to‘g‘ri tuzilgan nutqning eng yaxshi namunalari bilan tani-
shadilar.
Bolalarning yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o‘sti-
rishda muhim bosqich boladi. 0 ‘quvchi yozma nutqni to‘g‘ri
tushunishni o‘rganib oladi, o‘z fikrlarini yozma nutq holida ba
yon qilish va boshqalarga tushuntirishni o‘rganadi. Kitob o‘qish
va ayniqsa o‘zidagi fikrlarni yozma tarzda ifodalab, bayon qilib
berish tilning grammatika tuzilishini egallashda katta ahamiyat
ga ega. Yozma bayon qilish vaqtida fikrni toliq tushuntirib be-
336
rish zarurligi o‘quvchini o‘zi yozayotganlarining mazmunigagi-
na diqqat qaratmasdan, balki qanday qilib yozayotganligiga ham
e’tibor berishga majbur etadi.
Yozma nutqni egallash og‘zaki nutqni va ayniqsa monolog
nutqni to‘g‘ri va kengroq qilib tuzishga yordam beradi.
0
‘quvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida
shu topshiriqni o'ziga-o‘zi gapirib berishni muttasil mashq qilib
turishi o‘quvchi nutqining o‘sishiga katta ta’sir qiladi. 0 ‘quvchi
darslarni tayyorlayotgan vaqtda shu darslarni kitobdan o‘qibgina
qolmasdan, balki, odatda, u kitobdan o‘qigan narsalarini kitobni
yopib qo‘yib, o‘z-o‘ziga yoki yonidagi sherigiga so‘zlab ham be
radi. Bunday hollarda o‘quvchi o‘zi tayyorlayotgan darsni gram-
matika qoidalariga to‘g‘ri rioya qilgan holda ayniqsa, tushunarli
qilib og‘zaki gapirib berishga intiladi. 0 ‘qituvchi o‘quvchining ni-
malarni bilganligi va bilganlarini qanday gapirib berishi bilangi-
na kifoya qilmasdan, balki, shu bilan birga, shu bilgan narsasini
qanday qilib va qay tariqa gapirib berayotganiga ham e’tibor be-
rishini o‘quvchi yaxshi tushunadi.
0
‘quvchi ovoz chiqarib, aynan yoki o‘z so‘zlari bilan takror-
lash yo‘li bilan o‘zining artikulatsiya apparatini mashq qildiradi,
o‘z nutqining qay darajada to‘g‘riligini nazorat qiladi, shu bilan
birga o‘zi o‘zlashtirgan bilimlarning to‘g‘riligini va mustahkam-
ligini ham nazorat qiladi.
Albatta, o‘quvchi nutqining o‘sishida o'qituvchining nut
qi katta rol o‘ynaydi, chunki o‘qituvchining nutqi o‘quvchilar
uchun namunali nutq hisoblanadi. Shu sababli, har bir o'qituv
chi o‘quvchilar nutqini o‘stirishga intilib, o‘zi ham o‘z nutqini
takomillashtirish ustida to‘xtovsiz va tinmay intilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |