Diqqat.
Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustun-
lik qilsa, o‘smirlik davrida bola o‘z diqqatini o‘zi boshqara oladi.
Dars davomida intizomning buzilishi aksariyat hollarda o‘quvchi-
lar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgila-
nadi. 0 ‘smir o‘z diqqatini to la ravishda o‘zi uchun ahamiyatli
bolgan va yuqori natijalarga erishishi mumkin bolgan faoliyat-
337
larga qarata oladi. 0 ‘smirning diqqati yaxshi boshqariladigan va
nazorat etiladigan darajada rivojlangan bo‘lishi mumkin. Bola
ning rivojlanayotgan ixtiyoriy diqqati o‘qituvchi tomonidan doi
mo qo‘llab-quvvatlanishi juda zarurdir. Pedagogik jarayonda ix
tiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat darajasiga ko‘tarish uchun bir
qancha uslublar ishlab chiqilgan. Shuningdek, o‘smirning dars
jarayonida o‘z tengdoshlari orasida o‘zini ko‘rsatishi uchun sha-
roitni yaratilishi ham o‘smirdagi diqqatni ixtiyorsizdan ixtiyoriy-
ga aylanishida zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
0
‘smirlik davrida juda qattiq charchash holatlari ham bola-
di. Aynan 13—14 hamda 16 yoshlarda charchash chizig'i keskin
ko‘tariladi. Bunday holatlarda o‘smir atrofdagi narsa va voqealar-
ga to‘liq diqqatini qarata olmaydi.
0
‘smirlik davrida xotiraning barcha turlari o‘zining sifat
ko‘rsatkichlari asosida jadal rivojlanadi. Bu davrda o‘quvchilar-
ga beriladigan o‘quv materialining hajmi katta bo‘lgani uchun
ham uni eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash yo‘li bilan
o‘zlashtirish qiyin. 0 ‘smirlik yoshida bolalar o‘qigan va o‘rgan-
ganlarini so‘zma-so‘z yodlashdan voz kechib uning ma’nosiga
ko‘ra eslab qolishga harakat qiladilar. Ularda faol ravishda man
tiqiy xotira rivojlanib boradi. Mexanik xotiraning rivoji esa bir
muncha sustlashadi. Bu esa ba’zan salbiy holatlarni ham keltirib
chiqarishi mumkin. 0 ‘smirlik davriga kelib yangi fanlar, jum
ladan, o‘quvchilar eslab qolishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar miq
dori ko‘payadi. Ammo mexanik xotiraning sustlashuvi ma’lumot
larni eslab qolishda muammolarni keltirib chiqaradi va o‘smirlar
tomonidan xotiralari zaiflashuvi haqidagi shikoyatlariga va o‘z-
o‘zidan o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarining pasayishiga sabab b o li
shi mumkin. Buning uchun o‘quvchi o‘quv materialining maz-
munini tahlil qilishi, undagi mantiqiy tuzilishni bilishi muhim.
0
‘smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega
b o la boshlaydi. Chunki bu davrdagi o‘quvchilar atrof-olamda-
gi boglanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga harakat
qiladilar. Bu davrda o‘smirning bilishga bolgan qiziqishida kes-
338
kin rivojlanish sodir bo'ladi. Ilmiy-nazariy bilimlarning egallab
olinishi o‘smir tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. Buning
ta’sirida isbot, dalillar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Unda
deduktiv xulosalar chiqarishga qobiliyati paydo boladi.
Maktabda o'qitiladigan fanlar o‘smir uchun o'z taxminlari-
ni yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bolib xizmat
qiladi. J.Piajening ta’kidlashicha, «Ijtimoiy hayot uch narsaning
ta’siri — til, mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi». Bu bora-
da o'zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o'z-o'zidan tafakkurning
yangi imkoniyatlarini yaratadi.
11—12
yoshdan boshlab o'smir endi mantiqiy fikrlab harakat
qila boshlaydi. O'smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng
qamrovli tahlil etishni o'rgana boshlaydi. O'smir tafakkurning
nazariy darajasiga qanchalik tez ko'tarila olishi, o'quv material -
larini tez va chuqur egallashi uning intellektini ham rivojlani
shini belgilab beradi. O'smirlik davri yuqori darajadagi intel
lektual faollik bilan farqlanadi. Bu faollik o'ta qiziquvchanlik
hamda atrofdagilarga o'z layoqatlarini namoyish etish, shu
ningdek, ularda yuqori baho olish ehtiyojining mavjudligi bilan
belgilanadi. O'smirning kattalarga beradigan savollari mazmun-
li, mulohazali va aynan o'sha masala doirasida boladi. Bu yosh
dagi bolalar turli farazlarni keltira oladilar, taxminiy fikr yuritib,
tadqiqot o'tkaza oladilar hamda ma’lum bir masala bo'yicha
muqobil variantlarni taqqoslay oladilar. O'smir tafakkuri ko'pin-
cha umumlashtirishga moyil boladi. Respublikamizning bozor
iqtisodiyoti sharoitiga o'tishida kishilardagi amaliy tafakkurning
ahamiyati oshmoqda. Amaliy tafakkur tizimiga quyidagi aqliy
sifatlar kiradi: tadbirkorlik, tejamkorlik, hisob-kitoblik, yuzaga
kelgan muammolarni tez yecha olishlik va boshqa shu kabi sifat
lar mavjud bolgan taqdirdagina amaliy tafakkurni rivojlangan
deb hisoblash mumkin. Bu sifatlarni 1-sinfdanoq rivojlantira bo-
rish nihoyatda muhim.
O'smirlik davrida ishbilarmonlik sifatini o'quvchilarning o'z-
o'zini boshqarishini yo'lga qo'yishi, umumiy foydali tadbirkor-
339
lik ishlarida ishtirok etishi orqali rivojlantirish mumkin. Bu bora
da o‘quvchi ijrochi rolida emas, balki boshqaruvchi, mustaqil yo‘l
tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida o‘zi ishtirokchi bo‘lgan
taqdirdagina rivojlanish amalga oshishi mumkin. Bu yosh
da tadbirkorlikni rivojlantirishda ko‘proq mustaqillikning beri
lishi o‘smir amaliy tafakkurining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
0
‘smir yoshdagi bolalarda tejamkorlikni rivojlantirish aqlning
boshqa sifatlariga nisbatan osonroq kechadi, buni ko‘proq ularni
qiziqtiradigan narsalarga mustaqil ravishda hisob-kitob qilib bo-
rishga yollash orqali amalga oshirish mumkin, o‘smirlarda yuza
ga kelgan muammolarni tez va operativ holda yechish malakasini
shakllantirish birmuncha qiyinroq kechadi. Albatta, bu bolaning
temperamentiga ham bog‘liq. Barcha o‘smirlarni ham tez yollab,
tez harakat qilishga o‘rgatish mushkul, lekin ularni biror muam-
mo yuzaga kelishi bilan orqaga chekinmay, zudlik bilan muam
moni yechishning umumiy qoidalariga o‘rgatib borish mumkin.
0
‘smirlik davrida intellektning yuqori darajada rivojlangan boli-
shi qimmatli va obro‘li hisoblanadi. 0 ‘smir shaxsida va uning bi
lishga qiziqishidagi o‘zgarishlar o‘zaro bogliq boladi. Ixtiyoriy
psixik jarayonlarning rivojlanishi o‘smirdagi shakllanib kelayot-
gan shaxs mustaqilligiga tayanadi, o‘zining shaxsiy xususiyatlari
ni anglash va shakllantirish imkoniyatlari esa undagi tafakkur
ning rivojlanishi bilan belgilanadi.
0
‘smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti
xarakteri ularning katta bolganlik hissi asosida tuzilgan boladi.
Kattalar tomonidan qilinadigan o‘smirlarning haq-huquqlari-
ni cheklashlariga bildirgan qarshilik va e’tirozlariga o‘zlari ham
qattiq qayg‘uradilar. Ular muloqotda kattalarning qollab-quv-
vatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat o‘smirga kat-
talarni yaxshiroq tushunishlari uchun yordam beradi. 0 ‘smir
o‘zida bolayotgan o‘zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muam-
molar haqida kattalar bilan bolishishga katta ehtiyoj sezadi, le
kin buni hech qachon birinchi bolib o‘zi boshlamaydi. 0 ‘smir
o‘ziga nisbatan yosh bolalardek qilinadigan muomala-munosa-
340
batiga qattiq norozilik bildiradi, o‘smirlar muloqoti nihoyat-
da o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. 0 ‘zini kattalardek his
qilish tuyg‘usi bolaning shaxsan o‘ziga bo‘lgan munosabatini
muayyan darajada o‘zgartiradi va har qanday ichki munosabat
singari bu ham tashqi munosabatlarning ta’siri ostida, mazkur
shaxsga nisbatan boshqa odamlarning munosabatlari tashkil to-
padi. Shuning uchun o‘smir o‘zi haqida atrofdagi kishilar qanday
fikrga kelishi to‘g‘risida ko‘p o‘ylaydi hamda buning uchun qulay
muhit yaratish yollarini faollik bilan izlaydi. Bu shunday muhit
bo‘lmog‘i kerakki, undagi munosabatlar endi o‘smirning katta
kishi, mustaqil odam bolib qolganligi yaqqol namoyon bolishi-
ni istaydi. Har bir o‘smir bilan muloqotda uning shaxsidagi eng
yaxshi tomonlarni topa bilish, nimaga qobiliyati bor ekanligi-
ni aniqlab olish hamda ularga tayangan holda o‘smirning o‘zi-
ga bolgan ishonchini har tomonlama qollab-quvvatlash g‘oyat
muhimdir. Aks holda tarbiya sohasida katta qiyinchiliklar ke
lib chiqishi muqarrar. 0 ‘smir o‘ziga yaqin bolgan kishilarning
ko‘z o‘ngida o‘z shaxsining mustaqilligini tasdiqlash, o‘zligini
bildirib, o‘z «men»ini anglatish maqsadida u yoki bu darajada-
gi o‘z imkoniyatidan tashqari ishlarga qo‘1 urishga va shu orqa
li o‘z shaxsining ta’sirini atrofdagi kishilarga olkazishga harakat
qilib kolishga majbur boladi. Basharti, bola o‘zini ijobiy tomon
dan kolsatishning ilojini topa olmasa, u holda psixologik ehti
yoj tufayli u salbiy ishlarda o‘zini kolsatishi, o‘z kamchiliklarini
oshirib kolsatishi, qilish mumkin bolmagan ishlarni atayin qi
lishi, ko‘proq o‘jarlik va qaysarlik qilishi va boshqa salbiy ishlarni
qilishi mumkin. Ushbu yoshdagi bolalarning o‘z-o‘zini hurmat
qilish tuyg‘usini shakllantirish uning shaxsi rivojida muhim hi
soblanadi. Bunda o‘qituvchi bolaning sinf va maktab jamoasi
oldidagi obro‘sini kolarish yollarini izlashi, turli sohalardagi
yutuqlarini ko‘pchilikka ma’lum qilib, xato va kamchiliklarini
yo‘qotishda donolik bilan harakat qilishi uning o‘z kuch va im-
koniyatlariga ishonishiga zamin yaratadi. Bu bilan o‘smirda
shakllanib kelayotgan «katta kishi» bolib qolish tuyg‘usini hur-
341
mat qilishini bildiradi, o‘qituvchi o‘smirning zarur munosabat-
larini yo‘lga qo‘yishida unga zarur kishiga aylanadi.
0
‘smirda psixik jarayonlarning keskin o'zgarishi bilan aqliy
faoliyatida ham burishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo
munosabatda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi muloqotida, kattalar bi
lan o£smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jarayonida qi-
yinchiliklar paydo boladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y be
radi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va
usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi.
Odobli, dilkash o‘smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo‘pol,
serzarda bo‘lib qoladi. 0 ‘smir xulqidagi bunday o‘zgarishlar taj-
ribasiz o‘qituvchi va ota-onasini qattiq tashvishga soladi.
Xo£sh, o‘smirlarning psixik o£sishini harakatga keltiruvchi kuch
nima? 0 ‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch —
uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni
qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar t.izimi-
ning namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni
0
‘smir-
ning psixologik kamolotini ta’minlash, faoliyat turlarini murak-
kablashtirish, uning shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib
toptirish orqali asta-sekin yo‘qotish mumkin.
Ota-onalarning o‘smirga shu erkinlikni bermasligi yoki
o‘smirning shunday deb bilishi natijasida, ular ota-onaga qar
shi pozitsiyada bo‘ladilar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ana
shu muloqot va munosabat asosida
0
‘smirlarda g£urur hissi shakl-
lana boshlaydi. Albatta, g‘urur me’yor va qoidalari kattalardan
o‘rganiladi, lekin o‘z g‘ururini qanday himoya qilishi o‘smirlar-
ning alohida nazoratida boladi.
Muxammed Gabdulgalimovich Davletshin 0 ‘zbekistonda il
miy maktab yaratgan, o‘smirlar ruhiyatini chuqur o£rgangan ye
takchi psixologlardan biri. Respublikamizda professor M.G.Dav-
letshin tomonidan psixologiya fanining turli masalalari bo£yicha
250ga yaqin ilmiy ish chop etilgan. Ustoz tomonidan qoldirilgan
eng yirik monografiya va o£quv qo£llanmalar sirasiga «Qobiliyatlar
va uning diagnostikasi» (1979), «Yosh va pedagogik psixologiya»
342
(1974), «Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi» (1999),
«Umumiy psixologiya» (2001), «Yosh va pedagogik psixologiya»1
(2004) va boshqalarni kiritish mumkin. M.G.Davletshin 1957-
yil «5—7 sinf o‘quvchilarida texnik qiziqishlarni shakllantirish»
mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Olim 1971-yil
« 0 ‘quvchilarda texnik qobiliyatlarning psixologiyasi» mavzusidagi
doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan.
Professor M.G.Davletshin mehnat ta’limi va kasbga yollash
muammolariga, texnik qiziqish va texnik qobiliyatlarni shakl-
lantirishning psixologik xususiyatlariga, respublikamizdagi peda-
gogika oliy o‘quv yurtlari va universitetlarida o‘qituvchi kadrlar
tayyorlash samaradorligini oshirish muammolariga ko‘p e’tibor
beradi. M.G.Davletshinning ilmiy qiziqishlari asosan oliy mak-
tablarda psixologiyani o‘qitish samaradorligini oshirish muam
molariga qaratilgan edi.
M.V.Vohidov rahbarligida M.Dadajonov tomonidan «5-sinf
o‘quvchilarida geografik kartani o‘rganish jarayonida fazoviy
tasavvurlarning shakllanishi» nomli tadqiqotida aniqlanishi-
cha, geografik kartani o‘zlashtirishning mustahkamligi undagi
obyektlarning joylashishi haqida o‘quvchi ongida fazoviy tasav
vurlar tizimining vujudga kelishiga bogliq2. Bu tizim rivojlanib,
o‘z ichiga murakkab assotsiatsiyalarni jalb qiladi.
Dostları ilə paylaş: |