XVII BOB. 0 ‘SPIRINLIK DAVRI
Reja:
1
. 0 ‘spirinlik psixologik yosh sifatida
rivojlanishning ijtimoiy
shart-sharoitlari.
2
. 0 ‘spirinlik davrida yetakchi faoliyat.
3. 0 ‘spirinlik davrida intellektual rivojlanish.
4. Shaxs rivojlanishi.
5. 0 ‘spirinlik davrida muloqot.
Mavzuning o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
Talabalarga o‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari,
bu davrdagi aqliy va
emotsional rivojlanish,
shaxs xususiyatlari
haqida tushuntirish va anglatishdan iborat.
Tarbiyaviy:
0 ‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari bilan
tanishtirish orqali shaxsda o‘z-o‘zini
boshqarishni, irodaviy va
shaxsiy sifatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:
Talabalarda o‘spirinlik davrining psixik xu
susiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar:
ilk o‘spirinlik, o‘spirinlik,
intellektual
rivojlanish, yetakchi faoliyat, muloqot, emotsional rivojlanish,
yangi psixologik tuzilma.
17.1. 0 ‘spirinlik psixologik yosh sifatida rivojlanishning ijtimoiy
shart-sharoitlari
Ilk o‘spirinlik davri «kamolot bo‘sag‘asi» deb ta’riflanadi. Bu
kamolot
bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni
o‘z ichiga oladi. Psixologiya fani o‘spirinlik muammosini
komp-
leks o‘rganishni da’vat etadi.
Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot sur’ati
bilan uning bosqichlari ijtimoiy yetilish muddati bilan hamma
vaqt ham to‘g‘ri kelavermaydi. Akseleratsiya
natijasida bugungi
ilk o‘spirinlarning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o‘rta-
cha ikki-uch yil avval yetilmoqda. Fiziologlar bu jarayonni 2-da-
rajali jinsiy belgilarning paydo bolishiga qarab, 3
ta bosqichga
ajratadilar:
Dostları ilə paylaş: