368
1 bosqich -
prepubertat
'
II bosqich —
pubertat
III bosqich —
postpubertat
Akseleratsiya munosabati bilan o‘spirinlik yoshining chegara
si endi 15—16 dan 23 yoshgacha bolmoqda. Bunda ilk o‘spirinlik
15—18 yosh, o‘spirinlik 18—23 yoshdagi yigit va qizlarni o‘z ichi-
ga oladi. Demak, o‘spirinlik ham oldin boshlanadi. Lekin, bu ta
raqqiyot davrining konkret mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy
sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni,
ularning mavqei, ular egallaydigan bilimlarning hajmi va bir qa
tor boshqa omillar ijtimoiy sharoitlarga bogliqdir.
Ilk o‘spirinlik yoshidagi bolalar bu 15 yoshdan 17—18 yosh
gacha bolgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi-
laridir. 0 ‘spirinlik — bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi,
uning ijtimoiy jihatdan yetilishi, o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi, ijti
moiy hayotda faol ishtirok etishi davri, fuqaro va vatanparvarning
ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir. Faol ijtimoiy hayot,
o‘qishning yangi xarakteri (mustaqil bilim olish) yigit va qizlar-
da dunyoqarashning shakllanishiga, ularda mustaqillik va burch
hissining tarkib topishiga, bilimning turli sohalarida ularning
ijodiy qobiliyatini avj oldirishga katta ta’sir kolsatadi.
Rus psixologi L.I.Bojovich ilk o‘spirinlik davrida shaxs mo
tivatsion sohasining rivojlanishiga urg‘u beradi: o‘quvchilarning
hayotda o‘z o‘rnini va ichki pozitsiyasini aniqlashi, dunyoqarash
ning shakllanishi va uning bilish faoliyatiga, o‘z-o‘zini anglashga
va axloqiy ongga ta’siri nazarda tutiladi.
Ilk o‘spirinlar mustaqil hayot sohasida yaqin istiqbolga ega
bolar ekanlar, o‘zlarining hayot yollarini belgilab olishga, bun-
dan buyongi mehnat faoliyatlarining aniq istiqbollarini aniqlab
olishga, o‘zlarining kelgusi ixtisoslarini tanlashga intiladilar. Shu
369
munosabat bilan kasb-hunarga oid qiziqishlar tarkib topadi va
yanada barqarorroq bo‘lib qoladi, yigit va qizlar o‘z kelajaklari
haqida jiddiyroq o‘ylay boshlaydilar.
Ilk o‘spirinlik davridagi jismoniy rivojlanish ustida to'xta-
lib o'tamiz, bu narsa quyidagi sabablarga ko‘ra muhimdir. Jis
moniy rivojlanishning ayrim xususiyatlari ilk o‘spirin shaxsining
ayrim sifatlari rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi va
uning bundan keyingi hayot faoliyati sohasidagi imkoniyatlarini
bir qadar belgilab beradi. Birinchidan bu o‘rinda kasb tanlash
nazarda tutiladi, bu esa ma’lum darajada yigit va qizlarning indi
vidual jismoniy tuzilishi xususiyatlariga ham bog‘liqdir. Ikkinchi-
dan, jinslarning o'zaro mayli ta’sir ko‘rsatadiki, bunda jismoniy
rivojlanish xususiyatlari ancha muhim rol o'ynaydi. 0 ‘zining jis
moniy kuchini va jozibadorligini, sog'lomligi va mukammalligini
his etish yigit va qizlarda o‘ziga ishonch, dadillik, tetiklik, op-
timizm va xushchaqchaqlik singari sifatlarning tarkib topishiga
ta’sir ko‘rsatadi.
Bo‘yning o‘sishi o‘spirin qizlarda 15—16 yoshgacha, o‘g‘il bola
larda 17—18 yoshgacha davom etadi. Bu yoshda muskullar kuchi
tez o‘sadi. Masalan, 18 yoshli bola muskul kuchi 12 yoshli bola
ga nisbatan 2 baravar ko'p bo‘ladi. Jismoniy taraqqiyot, asosan,
to‘g‘ri ovqatlanish rejimiga va jismoniy tarbiya bilan shug'ulla-
nishiga ko‘p jihatdan bog'liq. Jinsiy taraqqiyot jihatdan bu yosh
dagi ko'pchilik yigit va qizlar postpubertat (tugallanuvchi) davrda
bo'ladilar. Bularning jismoniy rivojlanishi katta yoshdagi odam
ning jismoniy rivojlanishidan kam farq qiladi. Bo'yning va or-
ganizmning notekis o'sishi va rivojlanish davri tugallanadi hamda
jismoniy rivojlanishning nisbatan birmuncha tekis davri boshla-
nadi. O'spirinlik yoshida jismoniy sifatlar (bo'y, og'irlik) nisba
tan barqaror darajaga yetgan bo'ladi. Shuningdek, muskul kuchi
va ishchanlik qobiliyati sezilarli darajada ortadi.
Ko'krak qafasining hajmi kengayadi, skelet, naychasimon
suyaklar qattiqlashadi, to'qimalar va a’zolarning shakllanishi va
funksional taraqqiyoti tugallanadi. Odatda bu yoshda yurak va
370
qon tomirlarning rivojlanishida o‘smirlarga xos bo‘lgan notekis-
lik endi tekislashadi, qon bosimi baravarlashadi, ichki sekretsi
ya bezlari bir me’yorda ishlay boshlaydi. Nerv sistemasining va
xususan, miya rivojlanishidagi o‘zgarishlar ma’lum bolib qoladi.
Lekin, bu o‘zgarishlar miya massasining ortishi hisobiga emas,
balki miyaning ichki hujayralari tuzilishining murakkablashuvi
hisobiga ro‘y beradi.
Katta yarim sharlar qatlamidagi hujayralarning tuzilishi se-
kin-asta katta yoshdagi kishi miyasining hujayralariga xos bolgan
xususiyatlarga ega boladi. Bosh miya po‘stining qismlarida as
sotsiativ to‘qimalarning miqdori ko‘payadi. Natijada o‘qish va
mehnat jarayonida katta (yarim sharlar) qatlamining analitik-sin-
tetik faoliyati murakkablashadi. Ba’zan bu yoshdagi o‘quvchilar-
da nerv qo‘zg‘aluvchanligining ortishi, nerv sistemasi normal ish-
lashining buzilishi ko‘pincha noto‘g‘ri yashash rejimining: tungi
mashg‘ulotlar, to'yib uxlamaslik, toliqish, chekish, noratsional
ovqatlanish, zararli odatlar va boshqa ayrim sabablarning nati
jasida ro‘y beradi.
Ilk o‘spirlik yoshining boshlanishida odatda jinsiy yetilish tu-
gallanadi, ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanadi, bu hoi yigit va
qizlarning tashqi kolinishida ham sezilarli o‘zgarish hosil qila
di. Jinsiy yetilish davrining tugallanishi hali jismoniy yetuklikni
ham, buning ustiga psixik va ma’naviy yetuklikni ham anglat-
maydi. Faqat 18 yoshga borib, nikohdan olishga ruxsat beriladi-
gan davrda, shu yosh uchun minimal darajada zarur bolgan jis
moniy, ma’naviy, fuqarolik yetuklik darajasi boshlanadi. 18 yoshli
yigit va qizlar jamiyat tomonidan katta yoshli kishilar deb e’ti
rof etiladi.
Ilk o‘spirinlik davrini ikkinchi olish davri deb hisoblash
mumkin. Agar birinchi olish davri ko‘proq bolalikka yaqin
bolsa, ikkinchi olish davrida bolgan o‘spirin ko‘proq yoshlik
davriga yaqindir va shu jihatidan o‘rganiladi hamda tadqiq etiladi.
Ilk o‘spirinlik davri, asosan, unda mustaqil hayotning boshlani-
shi (o‘rta maktabni tamomlab, litsey, kollejlarga kirishi) bilan xa-
371
rakterlanadi. Hayotdagi bu o‘zgarishlar ilk o‘spirinning shaxsiga,
o‘z-o‘zini anglashiga ta’sir ko‘rsatadi. 0 ‘smirlardan farqli o£laroq
ilk o‘spirinlar katta hayotni tasavvur etmaydilar, balki unda ishti-
rok etadilar.
Ilk o‘spirinlarning mustaqilligi ortishi bilan kattalarning un
ga munosabatlari ham o‘zgaradi. Kattalar o‘smirga ko‘proq bola
deb qarasalar, ilk o‘spirin yoshdagilarga katta odamdek munosa
batda bo‘ladilar. Ilk o‘spirinlar hayotda o£z o‘rnini topishga nis
batan intilishi anglangan holatda bo‘ladi. U o‘z hayotiy rejala-
rini amalga oshirish uchun harakat qila boshlaydi va ma’lum bir
kasbni egallay boshlaydi yoki shu soha bo‘yicha akademik litsey-
larda o‘qishini davom ettiradi. 0 ‘spirinlar tanlagan sohalari yoki
kasblarida juda katta yangiliklar, kashfiyotlar qilgilari keladi, le
kin asta-sekinlik bilan yangilik va kashfiyotlar qilish uchun ular
da bilim va tajriba yetishmayotganligini, buning uchun ko£proq
o'qish va o‘rganishlari kerakligini anglay boshlaydilar.
Hayot faoliyati kengaygan sari, o‘spirinlarda ijtimoiy rollar
kengligi faqat miqdor tomondangina kengayib qolmay, balki sifat
tomonidan ham o‘zgarib boradi. Masalan: 16 yoshda pasport ola
di; 18 yoshidan faol saylash huquqiga va oila qurish imkoniyati
ga ega bo‘ladi. 0 ‘spirin jinoiy ishlar uchun javobgar bo‘ladi. Ba’zi
o‘spirinlar bu yoshdan boshlab ishlay boshlaydilar. Kasb tanlash
haqida o£ylay boshlaydilar. Lekin, shunga qaramay o£spirinlarda
kattalarga qaramlik xususiyatlari saqlanib qoladi.
0
‘spirinlar (16—18 yoshlar) o‘zlarining psixologik xususiyatlari
bilan boshqa yosh davrdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Jis
moniy hamda aqliy jihatdan voyaga yetgan, kamolotga erishgan,
dunyoqarashi, o‘z-o£zini boshqarishi kabi yetuk insoniy xususi
yatlari tarkib topgan bo'ladi. Ular vazmin, mulohazali bo‘ladilar,
katta yoshdagilarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar. Ular uzoqni
ko‘zlaydigan, kelajak uchun qayg£uradigan, ota-onalarining ya
qin yordamchisiga aylanadilar. O'quv faoliyati o‘spirinning aso
siy faoliyati bo‘lib qolaveradi, o‘qishga nisbatan o‘smirlik yoshiga
qaraganda o£spirinlikda birmuncha yuqoriroq bo'ladi. Mustaqil
372
hayotga tayyorgarligini o‘z-o‘zini anglashi bilan bogliq motiv
lar bu davrda yetakchi o lin n i egallaydi. Motivlar tizimida jami
yatning tolaqonli a’zosi bolishga intilish, insonlarga naf keltirish
kabi ijtimoiy motivlar ustunlik qiladi. Bu davrda o‘spirinIarning
kelgusi hayoti va tanlayotgan kasbiy rejalariga kola fanlarga nis
batan qiziqishlari o‘zgaradi. 0 £spirinning fanlarga hamda shu
fan o‘qituvchilariga nisbatan munosabati o‘zgaradi. 0 ‘spirinlik
davrida o‘zi ko‘zlagan maqsadlariga erishishga asoslangan mo
tivlar birinchi o‘ringa kolariladi. 0 ‘smirlar o‘zlarining o‘qish-
ga bolgan munosabatlari va ularning o‘qish-o‘rganishga undov-
chi sabablarni yaxshi anglaydilar. 0 ‘spirinlik yoshida boshdan
kechiriladigan his-tuyg‘ularning boyligi, xilma-xilligi bilan, ha
yotning turli tomonlariga emotsional munosabatda bo‘lishi bilan
ajralib turadi.
Rus psixologi L.S.Vigotskiy 1920-yillardayoq ilk o‘spirinlar
haqida nazariyalar ko£pligini ta’kidlagan edi. Ilk o‘spirinlar haqi
da 3ta yirik yo£nalishlarni ajratib kolsatish mumkin.
Birinchi yo£nalish biogenetik yo‘nalish deb ataladi, uning aso
sida yetilishning biologik jarayonlari yotadi. Ikkinchi yo£nalish
sotsiogenetik yo£nalish deb ataladi, unda asosiy e’tibor ijtimo-
iylashuvga qaratiladi. Uchinchi yo‘nalish psixogenetik deb ata-
lib, uning asosida psixik jarayonlar va funksiyalarning rivojlani
shi yotadi.
373
Taraqqiyotning biogenetik nazariyalarida rivojlanishning bi
ologik determinantlariga asosiy urg‘u beriladi. Rivojlanish ja
rayonining o‘zi bosqichlari universal bolgan yetilish sifatida
talqin etiladi. Bu yo‘nalishning yorqin namoyandalaridan bi
ri XX asr amerikalik psixolog S.Xolldir. Uning ta’kidlashicha,
rivojlanish psixologiyasining asosiy qonuni biogenetik «reka-
pitulyatsiya qonuni» hisoblanadi, unga k o la individual rivoj
lanish, ontogenez filogenezning asosiy bosqichlarini takrorlay-
di. Go‘daklik rivojlanishning hayvonot fazalarini takrorlaydi.
Bolalik qadimgi odamlarning asosiy mashg‘ulotlari ovchilik va
baliq ovlash bolgan davrga to‘g‘ri keladi. 8 dan 12 yoshgacha
bolgan davr o‘smirlikdan oldingi davr deb ataladi, yovvoyi-
lik tugallanib, madaniyatning boshlanishi deb ta’riflaydi. 12—
13 yoshdan 22—25 yoshgacha bolgan davrni o'spirinlik deb at
aladi, kattalikning boshlanishi, romantizm davri deb ataladi.
Bu davrda tashqi va ichki nizolar avj olib, insonda «individu-
allik hissi» paydo boladi. Holning bu nazariyasi psixologlar to
monidan tanqid qilinadi.
Biogenetik nazariyaning boshqa varianti nemis «konstitutsio-
nal psixologiya» vakillari tomonidan ishlab chiqildi. E.Krechmer
va E.Yensh ba’zi biologik omillar asosida (tana tuzilishi tiplari va
boshqalar) shaxs tipologiyalari muammolarini ishlab chiqib, in
sonning jismoniy tiplari va uning rivojlanish xususiyatlari orasida
qandaydir boglanish mavjud bolsa kerak, deb taxmin qiladilar.
E.Krechmer barcha insonlarni ikki tomonga joylashtirish mum
kin, bir tomonda sikloid (oson qo‘zg‘aluvchan, kayfiyati o‘zgaruv-
chan) ikkinchi tomonda shizoid (kamgap, hissiyotlari yorqin
bolmagan) tiplarni joylashtirish mumkin. Krechmerning shogir
di K.Konradning ta’kidlashicha, bu tavsiflarni yosh bosqichlari-
ga ham qollasa boladi: 0 ‘smirlikdan oldingi davr «sikloid», ilk
o‘spirinlik esa «shizoid» davrga to‘g‘ri keladi. Shizoid shaxsning
o‘spirinligi murakkab va o g lr kechadi, uning xislatlari indivi-
dual-tipologik xususiyatlar bilan yanada chuqurlashadi. Sikloid
shaxs ilk o‘spirinlik xavotirlanishlarini yengil shaklda boshidan
374
kechiradi, bu yoshning xususiyatlari uning tipologik xususiyatlari
bilan muvozanatlashadi.
Nemis olimi V. Seller «Konstitutsiya va rivojlanish» asari-
da (1952) ta’kidlashicha, psixik va somatik rivojlanish orasidagi
boglovchi zveno bola tana tuzilishining o‘zgarishi va uni anglash
hisoblanadi.
Biogenetik yo‘nalish namoyandalari olimlar e’tiborini taraq
qiyotning psixik va jismoniy o‘zaro bogliqligini o‘rganishga qa-
ratdilar. Bu psixofiziologiya uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Psixika taraqqiyotini faqat biologik qonunlar asosida tushunish
muvaffaqiyatga erishmadi. Ular taraqqiyotning ijtimoiy omil-
larining rolini yo‘qqa chiqarib, faqat biologik omillarning rolini
bo‘rttirmoqchi bo‘ldilar. Shunday nazariyalardan biri mashhur
amerikalik psixolog A.Gezell nazariyasidir. U taraqqiyotda bio
logik omillarga urg‘u beradi. Gezellning fikricha, ilk o‘spirinlik
yoshi 11 dan 21 yoshgacha davom etadi, ulardan birinchi besh yil
(lldan 16 yoshgacha) bo‘lgan davr juda muhimdir. Uning ta’kid
lashicha, o‘n yil, oltin davr bo‘lib bola muvozanatli, hayotni oson
idrok etadi, ota-onasi bilan muomalasi yaxshi, tashqi ko‘rinishi
haqida qayg‘urmaydi. 11 yoshdan organizmda qayta qurish bosh-
lanadi; bola ta’sirchan bo‘lib qoladi, qarshilik kolsatish (nega-
tivizm), kayfiyatning tez o‘zgarishi, tengdoshlari bilan janjallar,
ota-onaga qarshi isyon paydo bo‘ladi. 12 yoshda hayotga munosa
bat ijobiylasha boshlaydi, o‘smirning oiladan uzoqlashishi ham
da tengdoshlarining ta’siri kuchaya boradi. Bu yoshdagi asosiy
xislatlar: aqllilik, chidamlilik va hazil; o‘smir bajon-u dil tashab-
bus bilan chiqadi, tashqi kolinishi haqida qayg‘ura boshlaydi va
qarama-qarshi jins vakillariga qiziqishi ortadi. 13 yoshlilarning
asosiy xislatlari — o‘smir o‘zi bilan o‘zi bolib, introvertlik xislat
lari kuchayadi; o‘z-o‘zini tanqid qiladi, tanqiddan tez xafa b o la
di, psixologiya bilan qiziqa boshlaydi, ota-onaga ham tanqidiy
munosabatda b o la boshlaydi, do‘st tanlashi ham o‘zgarib boradi,
somatik o‘zgarishlar kuchayganligi sababli kayfiyatning tez o‘zga-
rishi namoyon boladi.
375
14
yoshda introversiya ekstroversiya bilan almashadi, o‘smir
muloqotchan, kuch-quvvatga to‘la, o‘ziga ishonchi ortgan, in-
sonlarga va ular orasidagi farqqa qiziqish ortadi. U o‘zini bosh-
qalar bilan solishtirishni, kino va adabiy qahramonlarga o‘zini
o‘xshatib, muhokama qilishni yoqtiradi. Gezellning ta’kidlashi
cha, 15 yoshlilarning xususiyatlarini yagona shaklda ifodalash qi
yin, chunki individual farqlar ortib boradi. Bu yoshdagi yangi
psixologik tuzilma — mustaqillik ruhining ortishi bolib, bunda
o‘smirning maktab va oilaga munosabati kuchayadi, tashqi na-
zoratdan qochish o‘z-o‘zini nazorat qilish va ongli o‘z-o‘zini tar
biyalash bilan uyg‘unlashadi. Bularning barchasi o‘smirning sal
biy ta’sirlarni idrok qilish va tez xafa bolishini orttiradi.
16 yoshda yana osoyishtalik boshlanadi: isyonchilik xushchaq-
chaqlikka aylanadi, ichki mustaqillik, hissiy barqarorlik, mulo-
qotchanlik, kelajakka intilish kuchayadi. Shunday qilib, Gezellda
biogenetik konsepsiya taraqqiyotning turli jihatlarini, xronologik
birlashtirilgan tavsiflashga aylanadi.
Sotsiogenetik nazariyalarda ilk o‘spirinlik xususiyatlari ja-
miyatning tuzilishidan, ijtimoiylashuv usullaridan, boshqalar bi
lan o‘zaro ta’sir xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ilk o‘spirinlikni
olganishda sotsiogenetik yo‘nalish ijtimoiy psixologiyaning ta’si
ri bilan bogliq. Nemis psixologi K.Levinning «maydon nazari
yasi» bo‘yicha insonning xulq-atvori, bir tomondan shaxsning,
ikkinchi tomondan uni o lab turgan muhitning funksiyasidir. Le
kin shaxs xususiyatlari va muhit xislatlari o‘zaro bogliq. Bola oi-
ladan, maktabdan tashqarida mavjud bola olmaydi, chunki bu
ijtimoiy institutlar alohida olingan individlarsiz bolishi mum
kin emas. Levin shaxsiy va muhit tarkibiy qismlarining birligi
va o‘zaro ta’sirini hayotiy yoki psixologik fazo deb ataydi. O lish
davrining muhim jarayonlari sifatida Levin shaxs hayotiy dunyo-
sining, muloqot doirasining kengayishi deb hisoblaydi. Ilk o‘spi-
rinning xulq-atvori o‘zgaruvchandir. Bolalikdan kattalikka olgan
o‘spirin, to liq unisiga ham, bunisiga ham kirmaydi. Uning ha
yotiy dunyosi va ijtimoiy vaziyatdagi bu xususiyati intilish dara-
376
jasining noaniqligi, ichki qarama-qarshilik, kuchli tortinchoq-
lik va agressivlik kabi psixikasining holatlarida namoyon bo‘ladi.
Bunday nizolar qanchalik ko‘p bolsa, bolalar dunyosi va kattalar
dunyosi orasida farq shunchalik ko‘p boladi.
Levin konsepsiyasining yutugl shundaki, u o‘spirinlikni ijti-
moiy-psixologik hodisa sifatida qaraydi, shaxsning psixik taraqqi-
yotini uning ijtimoiy holatining o‘zgarishi bilan boglaydi.
Ilk o‘spirinlik biogenetik va sotsiogenetik yo‘nalishlarining
umumiy xususiyati shundaki, taraqqiyotning manbaalari va hara
katga keltiruvchi kuchlarini ular psixik omillardan tashqarida
izlaydilar. Birinchi holda organizmda ro‘y beradigan biologik ja-
rayonlarga urg‘u beriladi, ikkinchisida shaxs ishtirok etadigan ij
timoiy jarayonlarga urg‘u beriladi.
Psixogenetik yo‘nalish har ikkala yo‘nalishning ahamiyati
ni kamaytirmagan holda, psixik jarayonlarning rivojlanishini
birinchi olinga qo‘yadi. Bu yo'nalishni uchga bolib olganish
mumkin. Ular:
Xulq-atvorni hissiyot, mayl va boshqa psixikaning ratsional
bolmagan tarkibiy qismlari bilan tushuntiruvchi nazariya psi-
xodinamik nazariya deb ataladi. Bilish qobiliyatlari va intellekt-
ning rivojlanishiga urg‘u beriladigan konsepsiya kognitiv yoki
kognitiv-genetik konsepsiya deb ataladi. Shaxsning rivojlanishi
ga urg‘u beriladigan konsepsiyalar personologik konsepsiyalar deb
ataladi.
377
Ilk o‘spirinlik haqida psixodinamik nazariyaning yirik namo-
yandasi mashhur amerikalik psixolog E.Erikson hisoblanadi.
Uning falsafiy-metodologik qarashlari freydistik-psixoanalizning
davomi hisoblanadi. Z.Freyd shaxs taraqqiyotining asosiy hara-
katlantiruvchi kuchi biologik jinsiy mayl («libido») deb hisoblaydi.
Eriksonning ta’kidlashicha, insonning rivojlanishi, o‘zaro bogliq
uch jarayondan iborat: biologiya olganadigan jismoniy taraqqi
yot, psixologiya olganadigan ongli «Men»ning rivojlanishi, ijti-
mioy fanlar olganadigan ijtimoiy rivojlanish. Taraqqiyotning aso
siy qonuni — «epigenetik prinsip» bolib, rivojlanishning har bir
yangi bosqichida oldingi bosqichlarda bolmagan yangi hodisa va
xislatlar paydo boladi. Taraqqiyotning yangi fazasiga olish «nor
mativ inqiroz» shaklida oladi, u tashqaridan patologik hodisa-
ga o‘xshaydi, lekin o‘sishning normal qiyinchiliklarini ifodalaydi.
Taraqqiyotning yangi bosqichiga olish oldingi bosqichga
xos bolgan asosiy qarama-qarshilikni hal qilish asosida mum
kin boladi. Agar qarama-qarshilik hal qilinmasa u albatta keyin
namoyon boladi.
Erikson hayotiy siklni sakkiz bosqich (faza)ga boladi.
Birinchi bosqich — go‘daklik. Uning asosiy maqsadi — tashqi
dunyoga «ishonish» hissini hosil qilishdir. Uning asosiy vositasi
ota-onaning muhabbati va g‘amxo‘rligidir. Agar go‘dakda «asos-
li ishonish» vujudga kelmasa, unda dunyoga «asosli ishonmaslik»,
xavotirlanish hissi paydo boladi.
Ikkinchi bosqich — ilk bolalik — bolada uyat va shubhalanish
kabi hislar paydo boladi. Bolada mustaqillik, mas’uliyat, tartib va
intizomni hurmatlash kabi xislatlar paydo boladi.
Uchinchi bosqich — o‘ym yoshi (5—7 yosh) tashabbus hissi,
nimadir qilish hissi paydo boladi. Bu yoshda guruhiy o‘yinlar,
tengdoshlari bilan muloqot, xayolning rivojlanishi muhim hi
soblanadi. Bu yoshda adolat, qoidaga mosligini tushunish hissi
paydo boladi.
Toltinchi bosqich — maktab yoshidagi yangi psixologik tuzil-
ma — maqsadga erishish qobiliyati, tashabbuskorlik hissidir.
378
Beshinchi
bosqich
— o‘spirinlik
bolib,
boshqalarga
o‘xshamaslik, individuallik hissining paydo bolishi bilan xarak-
terlanadi. Erikson o‘z-o‘zini anglash, vaqtni yangicha his qilish,
jinsiy qiziqishlar shakllanishi mexanizmlarini toliq tavsiflaydi.
Oltinchi bosqich — yoshlik — boshqalar bilan intim psixologik
yaqinlik, jumladan, jinsiy yaqinlik ehtiyoji va qobiliyati paydo
boladi.
Yettinchi bosqich — yetuklik davrida hayotiy faoliyatning
barcha sohalarida (mehnatda, ijodiyotda, g‘amxo‘rlikda, pusht
qoldirishda, tajriba uzatish va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg‘usi
uzluksiz hamroh boladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida
turtki vazifasini bajaradi.
Sakkizinchi bosqich, ya’ni qarilik — inson sifatida o‘z burchi-
ni uddalay olganligidan, turmushning keng qamrovliligidan qa-
noatlanish tuyg‘ulari bilan xarakterlanadi.
Personologik yo‘nalish vakillari, jumladan E.Shprangerning
ta’kidlashicha, bu davrdagi asosiy o‘zgarishlar: shaxsiy «Men»ni
kashf qilish, refleksiyaning o‘sishi, o'zining individualligini anglash
va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof etish, hayotiy ezgu rejalarning
paydo bolishi, o‘z shaxsiy turmushini ongli holda qurishga inti
lish va hokazolardir. Shpranger o‘spirinlikni ikki davrga boladi.
Birinchi davr 14—17 yoshlarda vujudga keladigan inqiroz o‘spiri-
nlarda o‘zlarini kattalarning bolalarcha munosabati doirasidan
qutulish tuyg‘usi paydo bolishidan iboratdir. 17—21 yoshlilarning
asosiy xususiyati ularda tengqurlaridan «ajralish» inqirozi va tan-
holik istagining paydo bolishidir. Bu holat tarixiy shart- sharoit-
lardan kelib chiqadi. Shpranger ilk o‘spirinlarda o‘z-o‘zini anglash
va qadriyatlar yo‘nalganligiga asos solgan. Bu yo‘nalishni ke
yinchalik K.Byuler, A.Maslou va boshqalar davom ettirganlar.
Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje,
Dj.Kelli, L.Kolberg, D.Bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm
va boshqalarni kiritish mumkin. J.Piajening intellekt nazariyasi
aql-idrok funksiyalari hamda uning davrlari haqidagi ta’limotni
o‘z ichiga oladi. Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik va
379
m oslashish , k o 'n ik is h d a n iborat bo'lib, a q l- id ro k n in g fu n k sio n a l
invariantligi deb yuritiladi.
U intellektni quyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi: 1) s e n
s o m o to r intellekt (tu g‘ilish d an 2 yoshgacha); 2) o p e ratsiyalardan
ilgarigi ta f a k k u r davri (2 y o shd an 7 yoshgacha); 3) k o n k ret o p e -
ratsiyalar davri 7—8 y o s h d a n 11—12 yoshgacha); 4) rasm iy o p e -
ratsiyalar davri.
Hayotiy istiqbol rejalarni qu rish , kelajakka y o 'n a lg a n lik o'spi-
rin h a y o tin in g m a z m u n ig a aylanadi. Ilk o 's p irin lik d a v rid a m u s t a
qil hayot oston asig a q a d a m q o 'y ish — ta ra q q iy o tn in g m u h i m ijti
m oiy vaziyatidir. 17 yoshdagi in q iro z ja r a y o n id a shaxsiy taraqqiyot
subyekti sifatida i n s o n n i n g sh a k lla n is h vazifasi hal qilinadi. Ilk
o 's p ir in lik d a n katta o 's p ir in lik k a o 'tis h d a kasbiy o 'z - o 'z i n i belgi-
lash tugallan ib , o 'z - o 'z i n i n a m o y o n qilish a m a lg a oshadi.
Dostları ilə paylaş: |