Demak, ilk
0
‘spirinlik davri katta mustaqil hayotga qadam
qo‘yish bo‘sag‘asidir.
17.5. 0 ‘spirinlik davrida muloqot
0
‘spirinlarda qadriyatli ma’noli muloqot dominantlik qila
di. Yigit va qizlarning kattalar va ota-onalar bilan muloqoti
demokratik xarakter kasb eta boshlaydi. 0 ‘spirinning kattalar bi
lan muloqotining mazmuni hayot mazmunini izlash, o‘zini bi
lish, hayotiy rejalar va ularni amalga oshirish yo‘llari, insonlar
orasidagi shaxslararo munosabatlar, kasb egalari haqidagi muam
molarni qamrab oladi.
Kattalar bilan muloqot bir xil davom etmaydi, o‘zini qiziqtir-
gan muammoni hal qilgach, keyingi muammo bo‘yicha savol
lar tug‘ilguncha kamroq muloqot qilishi mumkin. Yigit va qizlar
o‘ziga yaqin kattalar bilan muloqot qilishga kasb tanlash muam-
molariga duch kelganlarida hayotiy tajribalarini o‘rganish uchun
ehtiyoj sezadilar. Bir-birini tushunish, bir-birini qo‘llab-quv-
vatlashga asoslangan hamkorlik sharoitida muloqot samarali
kechadi. 0 ‘spirin uchun kattalar bilan ishonchli muloqotning
mazmuni shundan iboratki, uning muammolarini tushunish,
hamdardlik bildirish va uni hal qilish uchun yordamlashishdan
iboratdir. Muloqotdagi o‘zaro ishonch o‘spirin shaxsiga hur-
mat, hayotiy qiyinchiliklarni yenga olishiga ishonch bildirish —
ota-ona va farzand munosabatlarida uyg‘unlikni ta’minlashning
muhim asosidir. 0 ‘spirinlik davrida muloqotga ehtiyoj kuchaya-
di, muloqot vaqti ortadi, muloqot doirasi kengayadi. Muloqot
doirasining kengayishi bilan muloqot chuqurlashadi va indivi-
duallashadi.
Axloqiy va ijtimoiy, siyosiy hislarning rivojlanishi ayniqsa xa-
rakterlidir. Ular odatda muayyan axloqiy talablar bilan o‘zaro
to‘g‘ri munosabatda boladilar. Boshdan kechirgan his-tuyg‘ular-
ni anglab yetish mahorati ham rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: