XVIII BOB. YETUKLIK
Reja:
1. Yetuklik psixologik bosqich sifatida.
2. Yetuklikni davrlashtirish muammosi.
3. Yetuklik davrining yetakchi faoliyati va rivojlanishning ijti
moiy shart-sharoitlari.
4. Yetuklik davrida shaxs rivojlanishi.
5. Yetuklik davrining inqirozlari.
6
. Yetuklik davrida psixofiziologik
va bilish jarayonlarining
rivojlanishi.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
bolajak psixologlar tomonidan yetuklikni yosh che-
garalari muammosi, yetuklik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning
psixologik vazifalari, yetuklik davrida yetakchi faoliyat va rivoj
lanishning ijtimoiy shart-sharoitlari, yetuklik davrining shaxsiy
xususiyatlari, yetuklik davrida bilish jarayonlari haqida ma’lu-
motlar berish.
Tarbiyaviy:
bolajak psixologlar tomonidan yetuklik davrining
shaxsiy xususiyatlari, yetuklik davrida bilish jarayonlari haqida
bilim, malaka va ko‘nikmalari asosida dunyoqarashini kengay-
tirish.
Rivojlantiruvchi:
mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv
maqsadlari asosida talaba shaxsini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar:
yoshlik, o‘rta yetuklik,
yetuklik bos-
qichlari, mezonlari.
18.1. Yetuklik psixologik bosqich sifatida
Yetuklik ontogenezdagi nisbatan uzoq davom etadigan davr-
lardan biridir. Odatda yetuklikning uch bosqichi ajratiladi:
— ilk yetuklik (yoshlik);
— o‘rta yetuklik;
— yetuklik (qarilik va keksayish).
412
Yetuklik tushunchasi va yetuklikka erishish mezonlari.
Rivoj
lanish jarayonining ko‘p qirraliligini hisobga olgan holda yetuk-
likning ko‘pgina belgilarini ajratish mumkin1:
— jismoniy o‘sish
bilan kamroq, ko'proq kognitiv takomilla-
shish bilan boglangan rivojlanishning yangi xarakteri;
— yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashish, qarama-qar-
shilik va qiyinchiliklarni
ijobiy hal qilish, vaziyatga tez mosla
shish;
— tobelikni bartaraf etish va boshqalar va o‘zi uchun mas’u-
liyatni his qilish;
— xarakterning ayrim xislatlari (qat’iylik, umidvorlik, vijdon-
lilik, hamdardlik bildirish va boshqalar).
«Kattalik» va «yetuklik» tushunchalari aynan bir xil tu-
shunchalar emas. Yetuklik — hayot
faoliyatining eng ijtimoiy
faol va mahsuldor davridir, u kattalikning shunday davriki, un
da shaxs va intellekt rivojlanishining eng yuksak darajasiga eri-
shiladi. Qadimgi greklar bu yoshni va ruh holatini «акте» deb
atashgan, «cho‘qqi»,
oliy bosqich, gullagan davr degan ma’no-
larni anglatadi.
Gumanistik psixologiyada (A.Maslou, G.Olport, K.Rodjers va
b.) yetuk shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilishi jarayoniga katta
ahamiyat berilgan. Maslouning fikricha, o‘z-o‘zini namoyon qi
ladigan shaxslar elementar ehtiyojlarini qondirish bilan chegarala-
nib qolmaydi, haqiqat, go‘zallik, yaxshilik
kabi oliy qadriyatlar-
ga intiladi. Ular o‘z faoliyatlarida yuksak cho‘qqilarga intiladilar.
0
‘z-o‘zini namoyon qilish uchun o‘z ustida tinmay ishlashni ta
lab qiladigan jarayondir.
G.Olportning ta’kidlashicha, shaxsning yetukligi motivatsiyasi-
ning funksional avtonomligi bilan belgilanadi. Olportning fikri
cha, o‘z-o‘zini namoyon qiladigan shaxs quyidagi xislatlarga ega
bo'ladi:
A) tashqi dunyoga qiziqish, Men hissi kengaygan;
Dostları ilə paylaş: