N.A.Ribnikov 1920-yillarda katta odamlarning rivojlanish
qonuniyatlarini o‘rganadigan yosh psixologiyasi sohasini akme-
ologiya deb atagan. Bu g‘oya so‘nggi 10 yillikda akmeologiyaning
insonni yetuklik davridagi
rivojlanish mexanizmlari, qonuniyat-
lari va mexanizmlarini o‘rganadigan mustaqil ilmiy fanga aylani-
shiga sabab boldi. Akmeologiya insonning individ sifatida, shaxs
sifatida faoliyatning talantli subyekti sifatida, individuallik sifa
tida ota-ona, fuqaro, turmush o'rtoq, do‘st
sifatida shakllanish
sharoitlari, yollari va usullarini o‘rganadi.
A.A.Bodalevning ta’kidlashicha, yetuk inson «rivojlanishida-
gi cho'qqi», yetuklik cho‘qqisi sifatida а к т е fenomeni — ko‘p
0
‘lchamli holat bolib, variativ va o'zgaruvchandir turli yosh
davrlarida cho‘qqiga turlicha erishiladi1. Inson hayot yolini ku
zatish cho‘qqiga erishishda har bir yosh davrining (go‘daklik,
ilk bolalik, maktab yoshidagi davri va h.k.) inson b o lg ‘usi mak-
roakmesining namoyon bolish shakllari va mazmuniga tayyor-
lanishda katta ahamiyatga ega.
Fan va madaniyatda buyuk iz
qoldirgan mashhur insonlarning hayotini o‘rganish hayotining
har bir bosqichida mikroakmelar namoyon bolganligini kuza
tish mumkin.
Turli insonlardagi akmelarni solishtirishdan shu narsa
aniqlandiki, uning namoyon bolishi lokal (bir faoliyat doirasida)
va keng (ko‘p sohalarda) bolishi mumkin (misol sifatida Leonar
do da Vinchi va M.V.Lomonosovni olim-ensiklopedist va san’at
arbobi sifatida keltirish mumkin). Inson tomonidan akmega eri-
shishga yordamlashuvchi yoki unga
xalaqit beruvchi bir necha
omillarni ko‘rsatish mumkin:
—
Ijtimoiy makroomillar (jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy omil-
lar, shaxs yashagan tarixiy davr, ijtimoiy kelib chiqishi, aniq ijti
moiy vaziyat, insonning yoshi, jinsi);
Dostları ilə paylaş: